O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq va suv
Download 1.9 Mb.
|
Дисс.иши lotin yangisi
2.2. Tadqiqot o‘tkazish uslubi.
Tadqiqot davomida 2020-2021 yilda rejalashtirilgan ilmiy tadqiqot ishlari quyidagi uslublar asosida amalga oshirildi. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi (adabiyotlar sharhi) xorijiy va mahalliy ilmiy manbalarni o‘rganish asosida amalga oshirildi. Bunda kanada arg‘uvonining introduksiyasi, undan keng ko‘lamda foydalanishni boshlanishi,turli hududlarga introduksiya qilingandagi uning o‘sish darajasi, bizning hududimizga introduksiyasi va ular asosida olingan natijalar tahlil etildi. Tahlil etilgan mah’lumotlar asosida mavzuning o‘rganilmagan sohalari keng yoritilib uni o‘rganish uchun nima qanday ishlarin amalga oshirilishi ko‘rsatib o‘tiladi. Joyning iqlim sharoiti “Andijon” meteostansiyasi ma’lumotlari asosida tahlil etildi. Iqlim ko‘rsatkichlarini tahlil etishda dastlab ushbu hududdagi havo harorati, yog‘ingarchilik miqdori, havoning namligi va shamol tezligining o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlari tahlil etildi. Shundan so‘ng tadqiqot ishlari amalga oshirilgan davrdagi iqlim ko‘rsatkichlari tahlil etilib, ularning grafiklari tayyorlandi. Grafiklar asosida o‘rtacha ko‘p yillik va tadqiqot ishlari amalga oshirilgan davrdagi iqlim ko‘rsatkichlarining ko‘rsatkichlari tahlil etildi.tuproq sharoiti esa ilmiy manbalar asosida tahlil etildi. Bunda tuproqning mexanik tarkibi, gumus miqdori, unumdorligi va o‘simlik dunyosi o‘rganildi. Arg‘uvon turlarining manzarali xususiyatlarini o‘rganishda uning manzarali xususiyatlari (tashqi tuzilishi, gulining rangi, gullash davomiyligi, shakli).o‘rganiladi. Kanada arg‘uvonining biologik xususiyatlarini o‘rganishda uning tashqi muhit omillari: issiqlik, qurg‘oqchilik, namlik, havo tarkibi, yorug‘lik kabilarga munosabati tahlil etildi. Daraxtlar hayotini va ulardagi fasliy hodisalarni o‘rganish maqsadida quyidagi kuzatishlar olib borildi: o‘simliklar tanasida shira harakati boshlanishi; barg kurtak va gul kurtaklarning bo‘rtishi; kurtaklarning yozilishi; yangi kurtaklarni paydo bo‘lishi; boshlang‘ich-birinchi bargning paydo bo‘lishi; barglarning to‘liq ochilishi; gul g‘unchalarni rivojlanishi, ochila boshlashi, to‘liq ochilishi va ochilib bo‘lishi changlanish va urug‘lanish meva va urug‘larning yetilishi; meva va urug‘larning to‘kila boshlashi va tarqalishi; novdalarning o‘sishi va o‘sishdan to‘xtashi. yangi kurtaklarni paydo bo‘lishi gulkurtaklarni rivojlanishi kuzda barglarning sarg‘ayishini boshlanishi va yoppasiga sarg‘ayishi; barglarning to‘kila boshlashi; barglarning batamom to‘kilishi; qishgi tinim muddati o‘rganildi. Kuzatiladigan daraxtlardagi shira harakati daraxt tanasini chuqur kesish orqali aniqlandi. Kesilgan joyda tomchilar paydo bo‘lishi shira harakati boshlangan kun sifatida kuzatish jurnalida qayd etildi. 6. Urug‘ko‘chatlarni o‘stirish bo‘yicha tajribalar-urug‘larni stratifikatsiya qilish usullari va ekish muddatlari, ularni o‘stirish agrotexnikasi bo‘yicha dala tajribalari o‘tkazildi. 7. Ko‘chatlarni o‘stirish xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha agrotexnik tadbirlar ilmiy asoslandi. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling