O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Download 152.48 Kb.
|
disertatsiya new april ZZZ
Ayting, kimning paymonasi to‘lmagan, Qiz bor — ota yot bag‘irda o‘lmagan. O‘g‘lim yo‘q deb o‘kinganlar — johillar,
Hatto, payg‘ambarning o‘g‘li bo‘lmagan!.. Bilib ayting aytganda har so‘zingiz, Qay o‘g‘ildan kamdir, ayting, qizingiz?!. 28 Berilgan banddagi birinchi gap ritorik so‘roq hisoblanadi. Ayting, kimning paymonasi to‘lmagan gapi shaklan inkor ma’nosini bildirmoqda, unda ritorik gapning belgilaridan bo‘lgan tinish belgisi ham yo‘q. Albatta, buning o‘ziga xos sabablari mavjud. She’riyat qoidalariga ko‘ra, muallif tinish belgilarini qo‘llashi yoki qo‘llamasligi ham mumkin. Bunday holatda ham mazmunan u so‘roqmi, oddiy so‘roq gapmi yoki buyruq, ritorik gapmi yoki darak ekanligi matn mazmunidan anglashilaveradi. Bu misol ham xuddi shunday. Ya’ni undagi inkor aslida yashirin tasdiq ma’nosiga ega. “hammaning paymonasi to‘ladi” degan ma’no ritorik so‘roq gap ortidagi implitsit tasdqiqdir. E’tibor bersak, ritorik so‘roq gap tarkibida keladigan kim so‘roq olmoshi tasdiq yoki inkor ma’nosiga aylantirilganda hamma, hech kim kabi boshqa belgilash olmoshlari bilan almashadi. Buni ham ritorik gaplarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri sifatida baholashimiz mumkin. Yuqoridagi bandning oxirgi gapi ham ritorik so‘roq gapga misoldir. Qay o‘g‘ildan kamdir, ayting, qizingiz?!. Gapida “qizingiz hech qaysi o‘g‘ildam kam emas” degan mazmun va kuchli hayajon ifodalanganini ko‘rishimiz mumkin. Tinchlik — shudir mening eng tansiq so‘zim, Ovutib yashayman o‘zimni-ku, o‘zim, Ko‘zimga javdirar bir yashar qizim... Yigirmanchi asr, bu qanday gap axir?!29 Ritorik so‘roq gapning bu turida muallif yigirmanchi asrga nisbatan kuchli hayajon va g‘azab bilan murojaat qilmoqda. Bu ma’nolarni oldingi misralarda keltirilgan fikrlardan osongina ilg‘ab olish mumkin. Bizning bo‘ston qayda bor, Shohimardon qayda bor, So‘lim surxon qayda bor? Samarqandnon qayda bor-a, O‘zbekiston qayda bor?!. Bu band esa to‘lig‘icha ritorik so‘roq gaplardan tashkil topgan. Agar bu she’riy parchani oddiy nasriy gaplarga aylantirsak, quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi: Bizning bo‘ston hech qayerda yo‘q, Shohimardon hech qayerda yo‘q, So‘lim surxon hech qayerda yo‘q, Samarqand non ham hech qayerda yo‘q, O‘zbekiston ham hech qayerda yo‘q. Yuqorida kim so‘roq olmoshi ritorik so‘roq gapda faol qo‘llanilishini va u hamma, hech kim kabi belgilash olmoshlariga ishora qilishini aytgandik. Bu baytda esa qayerda olmoshining qisqargan shakli qayda so‘zi qo‘llangan va bu leksik vosita ham ritorik so‘roq gapni shakllantiruvchi asosiy vositalardan biri sanaladi. U esa bevosita hech qayer so‘ziga ishora qiladi va ritorik gap bu olmosh bilan yasalgan payti yashirin inkor ma’nosini anglatadi. Shoir bu she’rida ayni shu vositani qo‘llash orqali juda chiroyli matn yarata olganligini ko‘rish mumkin. Umuman olganda, tilning barcha imkoniyatlaridan foydalana olish, ularni o‘z o‘rnida qo‘llay olish ijodkorning mahorati va bilimi, dunyoqarashidan darak bersa, ikkinchi tomondan uning ijod namunalarini xalq uchun, kitobxon uchun manzur bo‘lishiga yo‘l ochadi. Ritorik gaplar ham tilimiz ma’no nozikliklarini o‘zida aks ettirishi va oddiy darak yoki so‘roq gaplardan ta’sirchanroqligi uchun ham badiiy matnlaarga o‘ziga xos joziba, shu bilan birga ularning qabul qilinishida katta ahamiyat kasb etadi. Bir kun boshing botar bo‘lsa bolishga, Qizlaringdan yaqin yana kiming bor?! Sovchilari eshigida zor bo‘lsin — Nozimalar, Madinalar bor bo‘lsin. Bu banddagi ritorik so‘roq gap Qizlaringdan yaqin yana kiming bor?! gapi bo‘lib, u orqali muallif, bir kuni boshing bolishga botar bo‘lsa, ya’ni kasal bo‘lib qolganingda senga qaraydigan qizlaringdan yaqin birorta kishing yo‘q, ular joningga malham bo‘ladi degan fikrni ifodalagan. Bu ham oddiy gapdan ko‘ra o‘zining ta’sir kuchi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Bu ritorik so‘roq gapda ham kim so‘roq olmoshi asosiy vosita sifatida qo‘llangan. Muhammad Yusuf ijodi xalq tilining bor imkoniyatlarini, o‘zbek tilining barcha go‘zalliklarini o‘zida jamlay olgan, sodda, xalqona ohanglar bilan yo‘g‘rilgan, shuningdek, kuchli falsafiy ma’nolarga egaligi bilan o‘z davridayoq barchaning diliga birdek kirgan, shu kirish barobaridan yuraklardan chuqur joy egallangan bir xazina hisoblanadi. Tilimizga xos qaysi xususiyatni tahlil qilishga harakat qilsak, albatta, uning ijod namunalari orasidan istagancha misol, tadqiq obyekti topishimiz mumkin. Jumladan, uning har bir she’rida ritorik gaplarning har bir mazmuniga mos keladiganini, ularni rang-barangligini va ma’lum bir vazifani bajarish uchun qo‘llaganini ko‘rishimiz mumkin. O‘zbek she’riyatida esa bunday ijodkorlar talaygina. Quyida boshqa ijodkorlar, shoirlar asarlarida uchraydigan ritorik gaplaning ham tahliliga e’tibor qaratamiz. E voh, yer shuncha qattiq, Osmon shuncha uzoqmi?! 31 Bu misralar bugungi o‘zbek she’riyatining eng iste’dodli va yirik vakillaridan biri Usmon Azim qalamiga mansub. Bu ritorik so‘roq gap orqali muallif o‘zining kuchli hayajonini ifodlashni niyat qilgan. Chunki bu oddiy, odatiy savol gap emas. Uning kuchli hayajonni ifodlayotgan ritorik gap ekanligi esa, misra boshida kelgan e, voh undovi va bayt oxiridagi tinish belgilaridan anglashilmoqda. Ritorik gaplarni hosil qilishda tinish belgilari ahamiyatli bo‘lganidek, undov so‘zlar, olmoshlar va yuklamalarning ham o‘z o‘rni borligi xususida yuqorida fiklarimizni bayon qilgandik. Bu misolda esa olmosh yoki yuklama emas, aynan undov so‘z orqali ritorik gapga kuchli his-hayajon ma’nosi yuklanmoqda. Quyida Erkin Vohidovning hammaga mashhur “Kamtarlik haqida”gi she’ridan olingan parchadagi ritorik gapni aniqlashga va uni tahlil qilishga urinamiz: Garchi shuncha mag‘rur tursa ham, Piyolaga egilar choynak. Shunday ekan, manmanlik nechun, Kibr-u havo nimaga kerak? Bu bandning yuqoridagi ikki misrasida berilgan fikrlarga nisbatan keyingi ikki misra javob sifatida ritorik so‘roq gap vositasida ifodalangan. Ya’ni garchi shuncha mag‘rur turgan choynak piyolaga egilar ekan, manmanlk va kibr-u havo odamzotga ham kerak emas degan yashirin inkor aynan ritorik so‘roq gap vositasida ifodalangan. Shoirning bunday ta’sirli, yuksak mahorat bilan yozgan misralari talaygina. Mana yana ulardan biri: O‘n sakkizga kirmagan kim bor, Bog‘ingdan gul termagan kim bor… Bu gap orqali ham yashirin tasdqi ma’nosi ifodalanganini ko‘rish mumkin. Bu ma’no kim so‘roq olmoshi vositasida yuzaga kelgan, ifodalangan. Agar bandni mazmuniga diqqat qiladigan bo‘lsak, o‘n sakkiz yoshga hamma kirgan, bog‘ingdan hamma gul tergan degan fikr ifodalanganini ko‘ramiz. Kimni etmas bu ko‘ngil shaydo, Kim sher yozmas mening yoshimda? Bu band ham xuddi oldingisi kabi shakllantirilgan bo‘lib, unda ham olmosh, ya’ni kim so‘roq olmoshi vositasida yashirin tasdiqli gap berilgan. Uning impliqit ma’nosi quyidagicha bo‘ladi: bu ko‘ngil hammani shaydo etadi, mening yoshimda hamma she’r yozadi degan mazmun mujassamlashgan. Sevgi vodiysida menga Teng bo‘lolgay qaysi qays?! Ko‘nglim ochmas, ikki dunyo Bu kabi afsona yo‘q. Bu bandda esa muallif afsonaviy qays, ya’ni sevgi yo‘lida majnunga aylangan oshiq yigit timsolini qo‘llab, ritorik so‘roq gap hosil qilgan. Ya’ni band mazmuni shuki, sevgi vodiysida menga hech bir qays teng bo‘lolmaydi tarzidagi mazmunni uqish mumkin. Bilamizki, majnun, ya’ni qays sevgi olamida eng mashhur shaxslardan. Undan-da kuchli sevgan bo‘lish, undan-da baland mavqeda ekanligi aytish orqali shoir she’riyatdagi mubolag‘a san’atidan ham mohirona foydalangan. Umuman, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov ijodida ham ritorik so‘roq gaplarning xilma-xil mazmunni ifodalagan holda qo‘llangani, bu orqali shoir o‘z tuyg‘u va kechinma, g‘oyalarinini berganligini uning yana ko‘plab ijod namunalari orqali bilishimiz mumkin. Download 152.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling