O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qishloq xo‘jalik mahsulotlari sifatini baholash


Analoglar guruhining shakllanishi va ko‘rsatkichlarining ahamiyati


Download 197.26 Kb.
bet34/50
Sana30.10.2023
Hajmi197.26 Kb.
#1734591
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-www.fayllar.org

Analoglar guruhining shakllanishi va ko‘rsatkichlarining ahamiyati:
Analoglar guruhiga kiritilganlarning hammasi va baholanayotgan mahsulot ishlatilish maqsadlari va qo‘llanish sohasiga ko‘ra mos bo‘lishi, ya’ni bir xil guruhlovchi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi kerak.
Guruhlarga quyidagilar kiradi:
— ishlab chiqarishga joriy etilayotgan mahsulotni baholashda - baholanayotgan mahsulotni ishlab chiqarish davrida jahon bozoriga kelib tushishi kutilayotgan ilg‘or hamda eksperimental namunalar;
— ishlab chiqarilayotgan mahsulotni baholashda - ko‘rsatkichlarining qiymati ularning hujjatlari yoki sinov natijalari asosida o‘rnatilgan, jahon bozorida sotilayotgan namunalar.
Analoglar guruhidan bazis namunalarni ajratish:
Bazis namuna sifatida baholanayotgan ko‘rsatkichlar qiymati bo‘yicha barcha analoglarni ketma-ket jufti bilan taqqoslash usuli bilan analoglar guruhidan bazis namuna sifatida eng yaxshilari ajratib olinadi.
Bazis namunalarni analoglarni jufti bilan taqqoslash usulida ajratish quyidagi amalga oshiriladi:
— agar analog jami baholovchi ko‘rsatkichlar bo‘yicha boshqa analoglardan qolishmasa, ya’ni birorta ham ko‘rsatkich bo‘yicha boshqa analogdan qolishmay, boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha ustun bo‘lmasa, u namuna sifatida tan olinmaydi va keyingi taqqoslash ishlarida ishtirok etmaydi;
— agar birinchi analog ba’zi ko‘rsatkichlari bo‘yicha ustun bo‘lsa, boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha esa ikkinchi analog ustun bo‘lsa, bunda analoglarning ba’zi ko‘rsatkichlarining qiymati bir-biriga mos kelsa, ikkala analog ham boshqa analoglar bilan keyingi taqqoslash ishlarini bajarish uchun qoldiriladi.
Analoglarni jufti bilan taqqoslash natijasida har bir baholovchi ko‘rstkichlar to‘plamida qolganlardan ustun bo‘lgan analoglargina qoladi. Bu analogalar bazis namunalari hisoblanadi.
Baholanayotgan namunani bazis namuna bilan taqqoslash - bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda mahsulotni va uning ko‘rsatkichlari qiymatlarini xalqaro standart ko‘rsatkichlariga havfsizlik ko‘rsatkichi, ekologiya ko‘rsatkichi va boshqa ko‘rsatkichlarni ham inobatga olgan xolda mos kelishi tekshiriladi. Ushbu shartlardan birortasiga javob bermaydigan mahsulot jahon bozori darajasiga javob bera olmaydi. Yuqoridagi shartlar bajarilsa, ikkinchi bosqichga o‘tiladi.
Ikkinchi bosqichda baholanayotgan mahsulotni har bir bazis namuna bilan baholash ko‘rsatkichlarining qiymati bo‘yicha jufti bilan taqqoslash usuliga ko‘ra solishtiriladi. Bunda taqqoslash quyidagi natijalardan biriga olib kelishi mumkin:
— baholanayotgan mahsulot ko‘rsatkichlarining juda bo‘lmasa bittasi bo‘yicha bazis namunaga javob bermasa bunday mahsulot bazis namunadan past hisoblanadi;
— baholanayotgan mahsulot ko‘rsatkichlarining juda bo‘lmasa bittasi bo‘yicha bazis namunadan ustun bo‘lsa va qolgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha bazis namunadan qolishmasa, bunday mahsulot bazis namunadan ustun bo‘ladi;
— baholanayotgan mahsulot barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha bazis namunaga mos kelsa, u bazis namunaga teng qiymatli hisoblanadi.
Agar baholanayotgan mahsulot ba’zi ko‘rsatkichlar bo‘yicha bazis namunadan ustun bo‘lsa, boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha esa bazis namunaga javob bermasa, taqqoslash natijasi aniqmas hisoblanadi.
Mahsulotning texnikaviy darajasini baholashning ushbu bosqichlarini amalga oshirish yakuniga ko‘ra mahsulot yuqoridagi 3 ta guruhdan qaysi biriga kiritish mumkinligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
Baholanayotgan mahsulotning analoglari bo‘lmagan hollarda, agar mahsulot avtorlik guvohnomalari yoki patentlari bilan himoyalangan yangi texnik echimlar bilan tavsiflansa, u jahon darajasiga javob beradigan hisoblanadi.
Ishning yakunida qo‘yilgan maqsadlar va olingan natijalarga bog‘liq xolda mahsulot ishlab chiqarishga qo‘yish, ishlab chiqarish va takomillashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun taklif va mulohazalar tayyorlanadi.



Download 197.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling