O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti “pedagogika” fakulteti


Download 164 Kb.
bet1/42
Sana19.02.2023
Hajmi164 Kb.
#1214094
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
HFX mustaqil ishlar to\'plamiii



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA” FAKULTETI

“TASDIQLAYMAN”


Texnologik ta’lim kafedrasi mudiri _________ X.Maxamov “___” ______________ 2022 yil
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI”
fanidan auditoriyadan tashqari ishlarni bajarish uchun vazifalar va metodik ko’rsatmalar

Qarshi-2022 yil




Ushbu uslubiy ko‘rsatma barchata’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga“Hayotfaoliyatixavfsizligi” fanidan mustaqil ishlarni bajarishi natijasida fandan o’zlashtirgan amaliy va nazariy bilimlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish yuzasidan dastlabki ko’nikmalar hosil qilishlarigaamaliy yordam beradi. Undan o‘qituvchilar ham foydalanishlari mumkin.
Tuzuvchilar: dots.Xurramov M dots.Nurmamatova R k.o‘q.Ochilov A o‘q.Kaxxarova T
k.o’q.Astanova M
Taqrizchi: QarDU, t.f.n. dots.Turdiyev E

MUNDARIJA


Kirish ………… ………………………………………………………………….……………. 5
Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan mustaqil ishlarning tematik rejasi ………………….….… 6 1 Mavzu: HFX muammolarini о‘rganishga katta hissa qо‘shgan jahon va vatanimiz olimlari.
Ularning asosiy ilmiy-amaliy ishlari ………………………………………………………….. 8
2-Mavzu: Xavflarni kvantifikatsiyalashning sonli, balli va boshqa uslublarini tahlil qilish ….… 9
3-Mavzu: Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari va uslublarini tahlil qilish ……………………. . 10 4-Mavzu: Faoliyatning turli bosqichlarida xavfsizlik shartlarini tahlil qilish …………………. 11
5-Mavzu: Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomik kо‘rsatkichlarini tahlil qilish…… ..12
6-Mavzu: Ish о‘rnini tashkillashtirishning talablari ……………………………………………. 13
7-Mavzu: Inson antropometrik kо‘rsatkichlarining faoliyat xavfsizligiga ta’siri ……………… 14
8-Mavzu: Faoliyat xavfsizligini ta’minlashda psixologik omillarning ahamiyati ………….. ... .15
9-Mavzu О‘zbekiston Respublikasida hayot faoliyat xavfsizligini ta’minlash sohasida qabul
qilingan qonun va meyoriy hujjatlar tizimi ……………………………………………………. 16
10-Mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligi fani bo’yicha glossariy tuzish ……………………… ...... 17
11-Mavzu: Insonning fiziologik va psixologik tavsiflarining xavfsizlikni ta’minlashdagi
ahamiyati ………………………………………………………………………………….. ….. .18
12-Mavzu: Odam anatomiyasining (antropometrik parametrlarining) xavfsizlikni ta’minlashdagi
ahamiyati ……………………………………………………………………………………… ..19
13-Mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashga oid xalqaro tajriba va izlanishlar
taxlili ……………………………………………………………………………………………20
14-Mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashga oid chet davlatlarda qabul qilingan
qonunlar va meyoriy hujjatlar taxlili ……………………………………………………………21
15-Mavzu: Shovqin va titrashdan himoyalanish texnik vositalarining guruhlanishi va tuzilish..22
16-Mavzu: Mashina va mexanizmlar uchun texnika xavfsizligi talablari keltiriladigan
meyoriy hujjatlar tizimi …………………………………………………………………………23 17-Mavzu: Davlat yong’in xavfsizligi xizmati ………………………………………………… 24
18-Mavzu: Respublika bо‘yicha yong‘inlar sodir bо‘lishi va ularda kо‘riladigan zararlar
tо‘g‘risida statik ma’lumotlar taxlili …………………………………………………………… 25 19-Mavzu: Yong‘indan himoyalanishning zamonaviy texnik vositalari ………………………. 26
20-Mavzu: Xalqaro tеrrorizm va tеrroristik tashkilotlar ………………………………………..27
21-Mavzu: O’zbеkistonda bo’lishi mumkin bo’lgan tеxnogеn xavflar ……………………... 28
22-Mavzu: Markaziy Osiyoda bo’lishi mumkin bo’lgan tabiiy xavflar ……………………..… 29
23-Mavzu: “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan
muhofaza qilish tо‘g‘risida”gi qonun. ………………………………………………………… 30
24-Mavzu: Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) ning strukturaviy tuzilishi ……………………………………………………………………. .31 25-Mavzu: “Fuqaro muhofazasi tо‘g‘risida”gi qonuni. …………………………………………32
26-Mavzu: “Terrorizmga qarshi kurash tо‘g‘risida”gi qonuni. …………………………………33
27-Mavzu: “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi tо‘g‘risida” gi qonuni … 34
28-Mavzu: Favqulodda vaziyatlarda xa vfsizlikni ta’minlash bо‘yichaqabul qilingan davlat
standartlari tizimi ……………………………………………………………………………….35
29-Mavzu: “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi tо‘g‘risida” gi qonuni …………………..36 30-Mavzu: “Sanitariya nazorati tо‘g‘risida”gi qonuni. …………………………………………37
31-Mavzu: “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash tо‘g‘risida”gi qonuni. …………………………….. 38
32-Mavzu: Tashkilotlardagi mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini boshqarishdagi
xavfli obyektlari …………………………………………………………………………………39
33-Mavzu: Mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini boshqarishni xududiy, ishlab
chiqarishdagi darajasi. ……………………………………………………………………….. 40
34-Mavzu: Korxonalarda ishchilarni mehnatini muhofaza qilishni tashkillashtirish. …………. 41
35-Mavzu: Ish joylarini sharoitiga kо‘ra attestatsiya qilish, korxonalardagi mehnatni
muhofazalash ishlari bо‘yicha sertifikatsiyalash ………………………………………………. 42 36-Mavzu: Davlatimizda va chet ellardagi hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini holati 43
37-Mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini umumiy tavsifi, uning tarixiy, falsafiy,
ijtimoiy va diniy asoslari ……………………………………………………………………... 44


KIRISH
Ushbu ishlanma “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani tarixi, rivoji va istiqboli hamda Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, ishlab chiqarish va xududiy xavfsizlik muammolarining inson hayoti xavfsizligiga ta’siri masalalarini qamraydi. Zero hozirgi vaziyatda xavfsiz hayotni ta’minlash masalalari eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki texnosferalarda ishlab chiqarish jarayoni buzilishi, ishlovchilar uchun sanitariya va gigiyena meyor va qoidalarini yaratilmasligi, muhit rivojlanishdagi noxush vaziyatlarning murakkablashuvi, davlatlar o‘rtasida insoniyat hayotiga xavf-xatar soluvchi holatlarning ro‘y berishi, insoniyat tomonidan qo‘llanilayotgan turli zaharli va zararli moddalar va vositalar ko‘plab xavflarni yuzaga keltirib, insonlarning hayotiy faoliyatiga, sog‘lig‘iga, atrof-muhit tozaligiga va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga tahdid solmoqda. Shu sababli ham mamlakatimizning eng muhim va kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalari qatorida aholi hayotining xavfsizligini ta’minlash masalalari dolzarb o‘rin olgan.
Mustaqil ishlarni o’rganishdan maqsadi – bo‘lajak mutaxassislarning hayotiy faoliyatlarida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, xususiyatlarini, oqibatlarini va ularni yo‘qotish qoidalarini, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, tabiiy, texnogen, ekologik va boshqa tusdagi favqulodda vaziyatlardan aholini himoya qilish, ularni nazariy va amaliy jihatdan himoyalanishga hamda jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini o‘rgatishdan iborat.
Mustaqil ishlarni o‘rganishning asosiy vazifalari: hayotiy faoliyatda yuzaga keladigan xavflarni identifikatsiyalash va ularni o‘rganish, ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, texnosferada kasb kasalliklarini kamaytiradigan va baxtsiz hodisalarni oldini oladigan chora-tadbirlarni o‘rganish. Shuningdek, aholini tabiiy ofat, avariya va halokatlardan himoyalanish usullariga o‘rgatish, zararlangan shikastlanish o‘choqlaridagi fuqarolarni qutqarish va tiklov ishlarini o‘tkazish, yong‘inga qarshi xavfsizlik choralarini ko‘rish, jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish va boshqa muhim vazifalarni bajara oladigan bilim, ko‘nikma va kasbiy malakaga ega insonni tarbiyalashga qaratilgan

Download 164 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling