Pedagogika fani - maxsus institutlarda (oila, ta‘lim va tarbiya, madaniyat muassasalari)
maqsadga muvofiq tashkil etiladigan real, yaxlit pedagogik jarayon.
Pedagogik jarayon - ta‘lim masalalari, uning taraqqiyotini hal qilishga qaratilgan, maxsus
tashkil etilgan pedagog va tarbiyalanuvchilarning maqsadli o‗zaro munosabatlari.
Pedagogik malaka - muayyan toifadagi vazifalarni hal qilish imkoniyatiga ega bo‗lgan
mutaxassisning kasbiy pedagogik tayyorgarligi darajasi va turi.
Pedagogik masala - pedagogik jarayonning asosiy birligi, o‗ziga xos tizimidir. У воқеликни
билиш ва қайта яратиш зарурияти билан боғлик тафаккур қилинадиган педагогик
вазиятдир. Таълим қатнашчиларининг маълум бир мақсадини кўзлаган таълим ва
тарбиядаги моддийлаштирилган вазиятдир.
Pedagogik texnika – 1) har bir ta‘lim oluvchiga va jamoaga pedagogik ta‘sir o‗tkazishning
samarali qo‗llash uchun zarur bo‗lgan malaka va ko‘nikmalar majmuasi;
2) har bir ta‘lim oluvchi va jamoaning faolligini pedagogik jixatdan ta‘minlash uchun zarur
bo‗lgan malaka va ko‘nikmalar.
Pedagogik tizim - shaxsni rivojlantirish va yaxlit pedagogik jarayonni birlashtirgan ta‘limning
o‗zaro bog‗langan tashkiliy tuzilmasi.
Pedagogik faoliyat - ta‘lim maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyatning
alohida turi.
Pedagogik o‘yin - bilim olishga qaratilgan va ma‘lum bir pedagogik natijani ko‗zlagan hamda
ta‘lim jarayonida muayyan maqsadni amalga oshiruvchi faoliyat turi.
Pedagog nuqtai nazari (pozitsiyasi) - pedagogning dunyoga, pedagogik voqelikka va
pedagogik jarayong'a bo‗lgan intellektual va hissiy munosabati.
Pedagogik haqqoniylik – o‗qituvchining obyektivlik mezoni, uning ma‘naviy tayyorgarlik
darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |