O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


O’zbekistonda gidroenergetikani rivojlantirishning


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/69
Sana18.11.2021
Hajmi0.72 Mb.
#175532
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   69
Bog'liq
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

9.4. O’zbekistonda gidroenergetikani rivojlantirishning  

istiqboldagi vazifalari 

 

Hozirgi  paytda  respublikamizda  yildan-yilga  elektr  energiyani 

iste‘mol  qilish  miqdori  oshib  bormoqda.  Ishlab  chiqarilayotgan 

elektr energiyasining aksariyat qismi (85%) issiqlik elektr stantsiyalari 

orqali amalga oshirilmoqda.  

Respublikamizda,  bugungi  kunda  31  ta  GES  tomonidan 

umumiy elektr energiyasining 15 % ga yaqini ishlab chiqarilmoqda. 

Shu  bilan  bir  qatorda  respublika  suv  xo’jaligi  tizimi  inshootlarida 

yiliga  8  mlrd  kVt  –  soat  elektr  energiyasini  ishlab  chiqarish 

imkoniyatlari  mavjud.  Ushbu  imkoniyatlardan  samarali  foydalanish 

maqsadida  1995  yilda    respublikamiz  hukumatining  «O’zbekiston 

respublikasida  kichik  gidroenergetikani  rivojlantirish  Dasturi»,  «Suv 

omborlari,  irrigatsiya  kanallari  va  kichik  daryolar  gidroenergetik 

potentsialidan 

mukammal 

foydalanish 

asosida 

kichik 


gidroenergetikani  rivojlantirish  kontseptsiyasi»  va  «2010  yilgacha 

bo’lgan  davrda  O’zbekistonda  elektroenergetikani  rivojlantirish 

kontseptsiyasi»  qabul  qilindi.  Bu  dastur  va  kontseptsiyalarga  ko’ra 

respublikamizda  umumiy  quvvati  422,8  MVt  bo’lgan  14  ta  birinchi 

navbatdagi gidroelektr stantsiyalarini qurish mo’ljallangan. 

O’zbekistonda  kichik  va  o’rta  quvvatli  gidroelektrostantsiya 

(GES)  lar  va  (GAES)  larni  qurish  va  ulardan  keng  ko’lamda 

foydalanish  uchun  barcha  imkoniyatlar  mavjud.  Bunday 

stantsiyalarni  birinchi  navbatda  mavjud  suv  omborlari  tarkibida, 

shuningdek tog’li hududlardagi irrigatsiya tarmoqlarida barpo etish 

maqsadga muvofiqdir. 



 

58 


 GAES    o’zining  ish  jarayonida  nasos  stantsiyasi  va  GES 

funktsiyalarini bajaradi. Kichiq yuklanishlar soatlarida (asosan tunda) 

GAES  nasos  stantsiyasi  tartibida  ishlab,  quyi  b‘efdagi  maxsus 

havzada  yig’ilgan  suvni  yuqori  b‘efga  ko’tarib  beradi  va  bu  bilan 

GAES  ning  GES  tartibida  ishlashi  uchun  qo’shimcha  napor  va  suv 

sarfini hosil qiladi. Bunda GAES dagi nasoslarda  nisbatan o’zgarmas 

quvvat  bilan  ishlaydigan  issiqlik  va    boshqa  stantsiyalarning  elektr 

energiyasidan foydalaniladi. 

GES  va  GAES  larning  quvvati  va  ish  tartiblarini  tez  boshqarish 

(rostlash)  mumkin.  Ularda  gidroagregatni  qo’shish,  sinxronlash  va 

yuklanish olish  uchun 1...2 daqiqa  yetarli.  GES va GAES larni  kunlik 

rostlash  orqali  ularning  energotizim  yuklanishi  maksimumini 

qoplashdagi  qatnashuvini  oshirib,  boshqa  elektr  stantsiyalari 

quvvatiga bo’lgan ehtiyojni kamaytirish imkoniyatlari yaratiladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling