O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


INJЕNЕRLIK  MЕLIORATSIYАSI  ASOSLARI


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/69
Sana18.11.2021
Hajmi0.72 Mb.
#175532
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   69
Bog'liq
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

11. INJЕNЕRLIK  MЕLIORATSIYАSI  ASOSLARI 

 

11.1. Melioratsiya tushunchasi 

 

 Melioratsiya  (lot.  melioratio  –  yaxshilash)  deganda  ma‘lum 



maydondagi  ekinlardan  muttasil  yuqori  hosil  olish  maqsadida  shu 

maydonning  noqulay  tuproq,  gidrogeologik  va  mikroiqlim 

sharoitlarini  yaxshilash  tushuniladi.  Melioratsiyaning  ko’plab  tur  va 

tarmoqlari  mavjud.  Masalan,  agrotexnik  melioratsiya,  o’rmon-

texnika  melioratsiyasi,  gidrotexnikaviy  melioratsiya,  suv  xo’jaligi 

melioratsiyasi,  iqlim  melioratsiyasi,  sug’orish  melioratsiyasi,  zax 

qochirish melioratsiyasi, madaniy-texnik melioratsiya va boshqalar. 

 Tuproqda  nam  yetishmaganda  unga  suv  berish  va  suvni  dala 

bo’yicha  bir  tekis  taqsimlashdan  iborat  tadbirlarni  sug’orish 

melioratsiyasi amalga oshiradi. Tuproqning unumdorligini oshirish 

maqsadida unga o’simliklar  uchun qulay nam tartibotini va u bilan 

bog’liq  bo’lgan  havo,  tuz  hamda  oziq  moddalar  tartibotlarini 

vujudga  keltirish,  shuningdek,  tuproqdagi  ortiqcha  namlikni 

qochirish  tadbirlari  majmui  bilan  zax  qochirish  melioratsiyasi 

shug’ullanadi. 

 Yangi yerlarni o’zlashtirish va tuproq unumdorligini oshirishga 

yo’naltirilgan  tadbirlar  tizimi  madaniy-texnik  melioratsiya  deb 

ataladi.  O’rmon-texnika  melioratsiyasi  muayyan  joyning  iqlimini 

o’zgartirish  maqsadida  chakalakzor  va  o’rmonlar  yaratish,  cho’l 

o’simliklarini  ko’paytirib,  dehqonchilikka  zarar  yetkazuvchi  qum 

ko’chmalarini to’xtatuvchi, qorni va nam zahiralarini saqlab qoluvchi 

va sh.o’. boshqa tadbirlar bilan shug’ullanadi. 

Injenerlik  tadbirlaridan  foydalanish  orqali  noqulay  tabiiy 

sharoitlarni  yaxshilash,  ya‘ni  sug’orish  va  suv  chiqarish 

shaxobchalarini  qurish,  sizot  suvlarini  chiqarib  tashlash  uchun  zax 

qochiruvchi  hamda  tog’  etaklarida  selga  va  toshqinga  qarshi 



 

63 


inshootlar  qurish  kabi  tadbirlar  gidrotexnikaviy  melioratsiya  deb 

ataladi.    Sug’orish  va  zax  qochirish  melioratsiyasining  barcha 

injenerlik yechimlari va tadbirlari bir vaqtning o’zida gidrotexnikaviy 

melioratsiyaning ham tadbirlari bo’lib hisoblanadi. 

 

 


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling