O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/69
Sana18.11.2021
Hajmi0.72 Mb.
#175532
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   69
Bog'liq
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

11.2. Sug’orish tizimi va tarmoqlari 

 

 

Namligi  yetarli  bo’lmagan  tuproqlarga  suv  keltirish  sug’orish 



tizimi  va  tarmoqlari  yordamida  amalga  oshiriladi.  Sug’orish 

tarmoqlari  deganda  suvni  manbadan  olib  sug’oriladigan  dalaga 

yetkazib  beruvchi  doimiy  va  muvaqqat  suv  o’tkazuvchilar  (kanallar, 

quvurlar)  tushuniladi.  Sug’orish  tarmoqlari  uchta  asosiy  turga 

bo’linadi:  ochiq  (kanallar,  nov  ariqlar),  yopiq  (quvurlar)  va  aralash.  

Suv  manbai,  sug’orish  tarmoqlari  va  gidrotexnika  inshootlari 

birgalikda sug’orish tizimini tashkil etadi. 

 Sug’orish  tizimi  umumiy  holda  quyidagi  tarkibiy  qismlarni  o’z 

ichiga  oladi  (11.1-rasm):  1)  suv  manbai  (daryo,  soy,  suv  ombor  va 

sh.o’.);  2) bosh suv olish inshooti, mazkur inshoot tug’onli, tug’onsiz 

yoki nasos stantsiyali tarkibda bo’lishi mumkin;  3) magistral (bosh) 

kanal  (MK)  –  bosh  inshootdan  olingan  suvni  keyingi  tartibli 

taqsimlagichlarga  (xo’jaliklararo  yoki  xo’jalik  kanallariga)  uzatib 

beradi; 4) xo’jaliklararo kanal – suvni xo’jalik taqsimlagichlari (XT) ga 

yetkazib  beradi;  5)  xo’jalik  ichki  kanallari  (XIT)  –  suvni  xo’jaliklararo 

yoki  xo’jalik  kanalidan  olib,  vaqtinchalik  tarmoqlarga  (o’qariqlar, 

vaqtinchalik  kanallarga)  uzatadi;  6)  vaqtinchalik  sug’orish  kanallari 

(o’qariqlar);    7)  –  egatlar.  Sug’orish  tizimi  tarkibida  shuningdek, 

yuqoridagilardan  tashqari  rostlovchi  inshootlar,  tashlamalar,  yo’llar, 

gidrometrik  postlar  va  boshqa  turdagi  inshootlar  ham  mavjud 

bo’ladi.  

 

 




 

64 



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling