Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/183
Sana07.10.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1695026
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   183
Bog'liq
Kolloid kimyo

138- rasm. Elektrofiltr sxemasi: 
1 – katod; 
2 - nay shaklidagi anod. 
Sanoatda keng qо‗llaniladigan elektr filtrlarning katodi vazifasini bajaruvchi 
metall tayoqchasiga bir necha ming volt yuqori kuchlanish berilganida katod 
yaqinidagi havo kuchli ravishda ionlanadi. Bu apparat orqali aerozol о‗tkazilganda 
aerozol zarrachalari manfiy zaryadlanadi. Apparatning trubalariga musbat zaryad 
beriladi. Aerozolning manfiy zaryadli zarrachalari truba devorlariga urilib, 
о‗zining zaryadini yо‗qotadi va neytral zaryadli kukun shaklida apparat devorlariga 
о‗tiradi. Aerozolning yemirilishidan hosil bо‗lgan gazlar aralashmasi esa gazlarni 
tozalashda qо‗llaniladigan usullar bilan ayrim-ayrim komponentlarga ajratiladi. 
Yoqilg‗i sanoatida quruq va qattiq adsorbent (aktivlangan kо‗mir) yoki 
maxsus katalizatorlar ishtirokida tayyorlangan «suyuq yutuvchilardan» foydalanib 
havo gazlardan tozalanadi. Ba‘zan kimyoviy reaksiyalar yordamida zaharli 


254 
moddalar zaharsiz moddalarga aylantiriladi. Masalan, gazlarni 
dan tozalash 
uchun gaz natriy sulfit, natriy bisulfit yoki temir (II)-sulfat eritmalari orqali 
о‗tkaziladi.
ni yuttirish uchun natriy karbonat eritmasidan foydalaniladi. 
Adsorbsion usulda gazlarni tozalash turli gazlarning qattiq jismga (adsorbentga) 
tanlanib (selektiv) yutilishiga asoslangan. Masalan, gazni 
dan tozalash uchun 
adsorbent sifatida alyuminiy oksid
dan tozalashda esa silikagel ishlatiladi. 
Gazni qо‗shimchalardan nihoyatda samarali tozalash uchun kimyo sanoatida 
katalitik usul qо‗llaniladi. Masalan, gazni 
dan tozalash uchun alyuminiy-
vanadiy katalizator ishtirokida 
ning ammiak bilan qaytarilish reaksiyasidan 
foydalaniladi: 
 
Havoni zararli gazlardan tozalash. Tabiiy toza havo bir necha gazdan iborat 
aralashma bо‗lib, unda hajm jihatidan 78,09 % azot, 20,95 % kislorod, 0,93 % 
argon, 0,03-0, 06 % uglerod (IV)-oksid, 0,0018 % neon, 0,0005 % geliy bor. Bu 
asosiy tarkibiy qismlardan tashqari havoda suv bug‗i, juda oz miqdorda metan 
, kripton Kr, azot (I) -oksid 
, vodorod
, ksenon Xe, azot (IV) -oksid 
, ozon 
, ammiak 
ham bо‗ladi (ularning miqdori metan 
dan 
ammiak 
ga tomon о‗tgan sari kamayib boradi). 
Gaz holatidagi chiqindi asosan tutun va tuman holida bо‗ladi. Tutun- ichida 
qattiq modda zarrachalari bо‗lgan gazlar aralashmasidan iborat sistema. Tuman- 
ichida suyuqlik tomchilari bо‗lgan gazlar aralashmasidan iborat sistemadir. 
Chiqindi gazlar tarkibida zararsiz moddalar bilan birga zaharli moddalar (masalan, 
) ham bо‗lishi mumkin. 
Gaz holatidagi chiqindilarni tozalash uchun quruq va ho‗l usullar qо‗llaniladi. 
Quruq usullar bilan ishlaganda turli konstruksiyadagi filtrlar yoki maxsus 
apparatdan foydalaniladi. Chiqindi gazlar zaharli moddalardan maxsus 
adsorbentlar (aktivlangan kо‗mir, sintetik va tabiiy materiallar) yordamida 
tozalanadi. Adsorbent gaz muhitidagi moddalardan ayrim komponentlarni о‗ziga 
tanlab yutadi. Keyin adsorbentdan yutilgan moddalarni ajratib olib, adsorbentni 


255 
qaytadan ishlatish mumkin. Shu yо‗l bilan gazlarni azot oksidlaridan, oltingugurt 
(IV)-oksididan va sianid kislotadan tozalash mumkin. 
Gazlar aralashmasini tozalashda ho‗l usullar gaz aralashmadagi turli 
komponentlarning suyuqliklarda turlicha erishiga asoslanadi. Erituvchi sifatida 
suv, ishqorlarning eritmalari, ohakli suv, marganes oksidlari suspenziyalaridan 
foydalaniladi. Gazlar aralashmasidagi ayrim komponentlar shu suyuqliklarga 
yutilgan (absorbsiya) dan keyin erituvchilarni qizdirish yо‗li bilan yutilgan gazlar 
chiqarib olinadi. Erituvchini tozalab, qaytadan ishga tushiriladi. 
Qattiq va suyuq qо‗shimchalardan ozod bо‗lgan gaz aralashmani kimyoviy 
usullar bilan tozalash mumkin. Bu maqsadda neytrallash, oksidlash-qaytarish 
usullari keng qо‗llaniladi. Gazlarni tozalash uchun qо‗llaniladigan oksidlanish-
qaytarilish reaksiyalarini amalga oshirishda katalizatorlardan keng foydalaniladi. 

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling