Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/183
Sana07.10.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1695026
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   183
Bog'liq
Kolloid kimyo

Suvni tozalash. Suvning muhim xossalaridan biri erituvchilik qobiliyati 
bо‗lsa, ikkinchisi dispersion muhit vazifasini о‗tashdan iborat. Daryo va boshqa 
suv havzalariga ishlab chiqarishda hosil bо‗lgan oqava suvlarni oqizish natijasida 
oqar suvlar ifloslanadi. Suvda uchraydigan (va uni ifloslaydigan) moddalarning 
hammasini quyidagi uch guruhga bо‗lish mumkin: 

Oksidlanishi uchun kislorod iste‘mol qiladigan moddalar (turli kasalliklar 
tarqatuvchi bakteriya hamda viruslar, organik moddalar, hayvonot va о‗simlik 
qoldiqlari, о‗simliklar iste‘mol qilishi mumkin bо‗lgan ozuqa moddalar, о‗g‗it 
sanoatining chiqindilari, yuvish vositalari, insektitsidlar, gerbitsidlar) 

Oksidlanmaydigan moddalar (minerallar, turli kimyoviy reagentlar, kislota, 
asos, tuzlar, shaxtalardan chiqadigan oqava suvlar, anorganik kimyo 
sanoatining chiqindilari, radioaktiv moddalar (radioaktiv izotoplar va 
chо‗kindilar) 

Mikrogeterogen va ultramikrogeterogen dispers sistemalar (tabiiy noorganik 
va organik kolloidlar, botqoqlar, suspensiyalar suvni iflos qiluvchilar)
Suvda yashaydigan jonivorlar (ayniqsa baliqlar) suvda erigan holatdagi 
kislorodni iste‘mol qilib kun kechiradi. Agar suvda erigan kislorodning miqdori 
yetarli bо‗lmasa, ular yashay olmaydi. Lekin suvga qо‗shilib qolgan birinchi tur 
moddalar suvda erigan kislorodni о‗zining oksidlanishi uchun sarf qiladi. Demak, 


256 
suvga kо‗p tashlandiq moddalar qо‗shilganida suvdagi tabiiy hayot tarzi buzilib, 
о‗simlik va hayvonlar nobud bо‗ladi. 
Suvdagi barcha oksidlanuvchi moddalarning parchalanishi uchun zarur 
bо‗lgan kislorod miqdori suvning kislorodga nisbatan biokimyoviy ehtiyoji deb 
ataladi. Agar suvda tashlandiq moddalar kо‗payib ketsa, tabiiy suvda bо‗ladigan 
oksidlanish mahsulotlari 
о‗rnida qaytarilish 
mahsulotlari (
) bо‗ladi, chunki kislorod yetishmasligidan 
oksidlanish reaksiyalari sodir bо‗lmay qoladi. Shu sababli kemalar tо‗xtaydigan 
portlarning suvidan noxush hidlar kelib turadi.
Agar tashlandiq moddalar ichida о‗simliklar uchun zarur ozuqa moddalar, 
shuningdek nitrat va fosfatlar bor bо‗lsa, bunday suv havzalarida о‗simliklar tez 
о‗sadi va unda turli jonivorlar ham paydo bо‗ladi. О‗simlik va hayvon 
organizmlarining qoldiqlari suv tubiga chо‗kib, suv havzasini sayozlab qо‗yadi, 
havza tubida botqoq hosil bо‗ladi; keyinchalik u yerdan daraxtlar о‗sa boshlaydi. 
Ayniqsa suvga ozuqa moddalar kо‗p tashlansa, bu jarayon juda tezlashadi. Shu 
sababli kemalar yuradigan daryolarga ozuqa moddalar tashlashga ruxsat etilmaydi. 
Iflos suvlarga xlor yuborilganida kislorodga bо‗lgan ehtiyoj kamayadi, chunki 
xlor suv bilan reaksiyaga kirishib gipoxlorit kislota (
) hosil qiladi. Bu modda 
nihoyatda kuchli oksidlovchi bо‗lganligi uchun tashlandiq moddalarning 
yemirilishini tezlashtiradi. 
Ichimlik suv tayyorlashda oqar suvni besh bosqichli ketma-ket jarayon 
yordamida tozalanadi. Bular mexanik filtrlash, tindirish, shag‗al va qum orqali 
asta-sekin filtrlash, aeratsiya (aerob bakteriyalar yordamida organik moddalarni 
yemirish) va xlor qо‗shib suvni sterillashdan iborat. Suv mexanik filtrlanganidan 
keyin undagi loy, qum zarrachalari suv tagiga batamom chо‗kishi uchun suvga 
ohak (
) qо‗shib, suvda asosli muhit hosil qilinadi, sо‗ngra suvga
(alyuminiy sulfat) solinib, 
tarkibli jelatinsimon chо‗kma hosil qilinadi. 
Bunda 
ionlari 
ionlar bilan birikadi. Hosil bо‗lgan gel asta-sekin chо‗kib 
qum va hokazolarni о‗zi bilan birga suv tubiga olib ketadi. Suv tinganidan keyin 
uni aeratsiyadan о‗tkazib, xlor qо‗shib, mikroblardan batamom tozalanadi. Hozirda 
chuchuk suvni tejash va uni muhofaza qilish yо‗lida qator tadbirlar kо‗rilmoqda. 


257 
Suvni tejash maqsadida, kо‗pincha, berk texnologik sikllar yaratiladi. Siklik 
sistemada suvni qayta-qayta tozalab undan bir necha marta foydalanish imkoniyati 
yaratiladi. Oqava suvlarda kolloid (dispers) sistemalar hosil bо‗lishiga kelganda 
shu narsani e‘tiborda tutish kerakki, suvda yaxshi eriydigan moddalar odatdagi 
sharoitda hech qachon kolloid sistemalar hosil qilmaydi va faqatgina suvda oz 
eriydigan moddalargina barqaror kolloid eritmalar hosil qila oladi.
Sanoatning oqava suvlarining tabiiy oqar suvga tushishi ikki jihatdan xavfli 
hisoblanadi: birinchidan, ularning tarkibida zaharli qо‗shimchalar bor bо‗lishi 
mumkin, ikkinchidan oqar suvdagi kislorod oqava suvda bо‗lgan organik 
moddalarni oksidlash uchun sarflanib ketib, suvdagi о‗simlik va baliqlar uchun 
kislorod yetishmay qoladi. Natijada ular nobud bо‗lishi mumkin. Shu sababli 
oqava suvlarni doimo tozalab turish lozim. Bu maqsad uchun amalda mexanik
adsorbsion, termik, kimyoviy va biokimyoviy usullardan foydalaniladi. 
Mexanik usul asosan, suvni tinitish va filtrlashdan iborat. Adsorbsion usulda 
suvni tozalash uchun katta sirtga ega bо‗lgan maxsus sorbentlar qо‗llaniladi. 
Masalan, suvni metall ionlaridan tozalash uchun maxsus organik smola- 
kationitlardan foydalaniladi. Termik usul esa iflos suvni qaynatib bug‗lantirish va 
chо‗kmada qolgan qattiq moddani ajratib olishdan iborat. Kimyoviy usullar 
asosida turli jarayonlar (neytrallash, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari) yotadi. 
Biokimyoviy usullarda organik moddalarning mikroorganizmlar vositasida 
yemirilishiga asoslaniladi. Mikroorganizmlar ta‘sirida organik modda oksidlanib 
ketadi; shu sababli suvni biokimyoviy tozalash vaqtida suv orqali havo oqimi 
о‗tkazib turishga tо‗g‗ri keladi. Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilish mumkin-ki
kolloid kimyo fani kelajakda yanada kо‗proq rivojlanadi va uning yutuqlari xalq 
xо‗jaligining barcha tarmoqlarida samarali ravishda qо‗llanilaveradi. 

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling