O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

Sistematik yozuv deb, sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalalarini schot-
lar tizimi bo‘yicha belgilangan schotlar aloqasi orqali qayd qilishga ay-
tiladi.  
Xronologik va sistematik yozuvlar birlashtirilishi yuqori samara 
beradi. Hisob registrida bunday kombinatsiyadagi yozuv sinxronistik 
yozuv deyiladi. 
Ro‘yxatga olish, hujjatlarga ishlov berish, buxgalteriya yozuvlarini 
tuzish va ularni schotlarga tarqatib yozishning zamonaviy usullari bu 
ishlarning sermehnatligini kamaytiradi. Hozirgi vaqtda ikki yoqlama 
yozuvning mohiyatida mujassamlashgan «eng buyuk kashfiyot»ning 
qadr-qimmatini amalga oshirish uchun to‘la sharoitlar yaratilmoqda. 
Birinchidan, debetlanuvchi va kreditlanuvchi schotlar bo‘yicha summa-
larni jamlash avtomatik rejimda amalga oshirilib, oborotlarni jamlash va 
qoldiqlarni chiqarishda xatolaring oldi olinadi hamda shu bilan birga 
xo‘jalik muomalalarining to‘liq ro‘yxatga olinganligini tasdiqlaydi. 
Ikkinchidan, tegishli xo‘jalik muomalalarini amalga oshiruvchi 
xodimlar o‘rtasida o‘zaro nazoratni ta’minlaydi. 
Uchinchidan, schotlar korrespondensiyasi asosida xo‘jalik 
muomalasining o‘z vaqtida amalga oshirilishi va maqsadga muvofiqligi 
aniqlanadi. 
To‘rtinchidan, bir xildagi muomalalarni ularni guruhlash zarur 
bo‘lgan jarayonda yig‘ib borish yo‘li bilan hisobot davrining oxirida 
umumiy jami bo‘yicha bitta yozuv bajarish imkoni yaratiladi. Bunda 
xo‘jalik muomalasining iqtisodiy mohiyati buzilmaydi. Shu bilan birga 
hisob jarayonning sermehnatligi pasayadi. 
 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling