O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

 
 
2.1. Geografik omillar 
2.2. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va demografik omillar 
2.3. Sayyohlar xavfsizligi 
2.4. Transport tarmoqlari va kommunikatsiyalar 
2.5. Turistik infratuzilmalar 
2.6. Ilmiy texnika taraqqiyoti (yangi texnologiyalar) 
 
2.1. Geografik omillar 
Tabiiy geografik omillar. Kishilar tabiat qo‘yniga chiqib, juda ko‘p 
manzarali joylarni ko‘rish va ulardan bahramand bo‘lishga intiladi. Sayyohlik, dam 
olish uchun tabiiy sharoitning xilma-xilligi darajasi va xususiyati muhim ahamiyatga 
ega. Ya’ni ma’lum bir hududning yer usti ko‘rinish manzarasi (landshafti), iqlimi, 
o‘simlik va hayvonat dunyosi xilma-xilligi kishilarning dam olishi, o‘z salomatligini
tiklashi uchun asosiy vositalardan biri bo‘lib hisoblanadi. 
Shu sababli sayyohlik firmalari ekzotik, betakror tabiiy ob’ektlarni ko‘proq 
reklama qilishadilar. Ayniqsa Osiyo, Afrika, Markaziy va Janubiy Amerika
Avstraliya va Okeaniya kabi mamlakatlar o‘zining diqqatga sazavor tabiiy 
ekzotikalari bilan Yevropa va Shimoliy Amrikalik sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. 
Kolumbiyada «Kolumbiya qushlari» nomi bilan ataladigan noyob sayyohlik turi, 
«Pan-Ameriken» aviakompaniyasining 24 kunlik Avstraliya va Yangi Zelandiyaga 
qimmat baho toshlar va minerallarni topish uchun sayohat uyushtirishi misol bo‘ladi. 
Xalqaro turizmni rivojlantirishda mamlakat va hududning geografik o‘rni 
ya’ni uning dengiz va okeanga yaqinligi, qirg‘oq chiziqlarining xususiyati, turli xil 
suv, avtomobil va temir yo‘llar bilan kesishish joyi, tog‘li va o‘rmon manzarali 
joylarga yaqinligi, ular bilan ta’minlanganlik darajasiga ham bog‘liq bo‘ladi. 
Jumladan, xalqaro turizmni rivojlanishda Yevropa mamlakatlari, Vest Indiya
Singapur kabi mintaqalar va hududlar geografik joylanish xususiyati bilan alohida 
ajralib turadi. 
Ko‘p minglab turistlarning kelib ketishida turistik o‘lkaning yer usti tuzilishi 
relefi katta rol o‘ynaydi. Tog‘li, xush manzarali, murakkab relef tuzilishiga ega 
bo‘lgan o‘lkalar turistlar oqimini o‘ziga ko‘proq jalb qilishadi. Murakkab tog‘ relfi 
landshafti estetik jihatdan tekislik, yassi hududlarga nisbatan turistlarni ko‘proq jalb 
etish imkoniyatiga ega. Tog‘li o‘lkalar o‘zining toza va sof havosi bilan ajralib, tog‘ 
sportini rivojlantirish imkonini tug‘diradi. Yevropaning Alp, Osiyoning Ximoloy, 
Afrikaning Atlas, Amerikaning Kordilera va Avstraliyaning Katta suv ayirg‘ich 
tog‘lari, Yangi Zellandiyaning Janubiy Alp tog‘lari xalqaro turizm sohasida yirik 
markazlarga aylanishi bejiz emas. 
Xalqaro turizmning rivojlanish jarayonlari ko‘p xollarda mamlakatlar va 
hududlarning tabiiy iqlim sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Bu o‘rinda tabiiy iqlim sharoiti 
yetakchi o‘rinni egallaydi. Tabiiy išlim sharoiti turizm harakatini mavsumiy 
harakterga aylantiruvchi asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Tabiatda ob-havoning 


22 
o‘zgarishi, tabiiy ofatlarning tez-tez takrorlanish hodisalari, tabiat injiqliklari turistlar 
oqimining keskin kamayishiga sababchi bo‘ladi. Shu sababli turizmning eng 
rivojlangan mintaqalari yer sharining mutadil iqlim zonalariga to‘g‘ri keladi. 
Jumladan, O‘rtayer dengizi, qora dengiz, Karib dengizi, Adriatika dengizi, Boltiq 
dengizi, Yapon dengizi, Janubiy Xitoy dengizi qirg‘oqlarida joylashgan 
mamlakatlarda turizm xalqaro ahamiyatga ega.

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling