O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


52 
IV Bob. XALQARO TURIZM STATISTIKASI 
4.1. Turistlar oqimi statistikasi 
4.2. Turistik daromadlar va harajatlar statistikasi 
4.3. Turizmda statistik hisoblar usullari 
4.4. Xalqaro turizm statistikasini takomillashtirishga
qaratilgan asosiy yo‘nalishlar. 
4.1. Turistik oqimlar statistikasi 
Turistik oqimlarni hisobga olish statistikasiga XX asrning birinchi yarimida 
asos solingan. 1929 yilda Avstriyaga 2 mln. ga yaqin, Shvesariga -1,5 mln., Italiyaga 
– 1 mln. dan ziyod kishi tashrif buyurgan. Bir qator Yevropa mamlakatlarida erkin 
turistik harakatning sayohat statistikasi yuritila boshlaydi. Biroq, ular hali mustaqil 
ahamiyatga ega bo‘lmagan ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash milliy xavfsizlik 
manfaatlaridan kelib chiqib, soliq to‘lash qonunchiligi va migratsiya ustidan nazorat 
qilish orqali amalga oshirilgan. Turistik maqsadlar orqali rejaga kiritilgan turistlar 
boshqa sayohatchilar qatorida alohida toifa sifatida ajratilmagan. 
Xalqaro turizm statistikasi taraqqiyoti yangi bosqichiga XX asrning 40 - yillari 
oxiri, 50- yillar boshida qadam quyildi. Urushdan keyin Yevropa mamlkatlari juda 
ko‘p xo‘jalik muammolariga duch keldilar: vayronagarchilik, boshqaruvning izdan 
chiqqanligi, moliya va tovar ishlab chiqarish tizimining buzilishi shular 
jumlasidandir. Vaziyatni barqarorlashtirish butun bir koordinatsiyalashgan kompleks 
harakatlarni talab qilardi. Ana shunday sharoitda hukumatlar katta umid bilan xalqaro 
turizmga e’tibor qildilar. Bunda to‘lov balansini faolllashtirish, moliyaviy 
muvozanatga erishish, bu bilan uzoq muddatli iqtisodiy yuksalishga o‘tishni ko‘zda 
tutilgandi. 
1960-yillarga kelib g‘arb industrial mamlakatlari xukumatlari va xalqaro 
tashkilotlar diqqati rivojlanayotgan mamlakatlar ahvoliga qaratiladi. BMT Bosh 
Assamblyasi mustamlaka mamlakatlar va xalqlarga mustaqillik berish (1960 y.) 
to‘g‘risida Dekloratsiya qabul qildi. Joriy o‘n yillik «Rivojlanish («o‘n yilligi») 
dekadasi» deb e’lon qilindi. Uchinchi Dune mamlakatlari uchun konsultantlar 
iqtisodiy qoloqlikni bartaraf etish dasturini ishlab chiqdilar. Ushbu dasturda esa 
turizmga muhim o‘rin berildi. 
Turizmning iqtisodiy ahamiyati va hajmi o‘sishi bilan turizm statistikasi ham 
rivojlanib bordi. Asta-sekin oddiy hisob-kitob operatsiyalari murakkablashib, unga 
turistik migratsiya tahlillari ham qo‘shildi. Hozirgi paytda turizm statistikasi katta 
doiradagi savollarni qamrab olgan holda, mamlakatlar iqtisodiyotiga qo‘shayotgan 
hissasini baholash maqsadida yuritilmoqda. Xususan, uning to‘lov balansiga ta’siri, 
turizmni moddiy – texnik bazasini rivojlantirishga qaratilgan asosiy yo‘nalishlar va 
tendensiyalarni aniqlash, marketing tadqiqotlari o‘tkazish va turistik mahsulotlarni 
potensial iste’molchilarga yetkazib berishdan iboratdir. 
Sanab o‘tilgan statistik kuzatuvlarning har biri zamirida axborotlardan aniq 
foydalanuvchilar mavjud. Bular – hukumat, milliy turistik ma’muriyatlar va turistik 
mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar hamda turli xil xizmatlardir. Ish jarayonida mijoz 


53 
ularning hammasi turizm haqida eng yangi axborotlarga ehtiyoj sezishadi. Uning 
mazmuni, hajmi, shakllari va taqdim etilishi davriyligi bilan qiziqishadilar. 
Xalqaro turizm statistikasi asosan ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, turistik oqimlar 
statistikasi va turistik daromadlar hamda harajatlar statistikasidan iborat. Ularning har 
biri uchun BTT asosiy ko‘rsatkichlar ruyxatini ishlab chiqqan. Bular ixcham 
axborotli va nisbatan oson o‘lchanadi. Turistik oqim ko‘rsatkichlarining eng muhimi 
kelish (ketish) va mazkur mamlakatda bo‘lishning davomiyligidir.

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling