O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti


Download 2.97 Mb.
bet75/76
Sana28.09.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1688798
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

Mushranda tuzilish jihatidan taxta randadan farq qilmaydi. Mushranda tig‘ida qo‘shimcha temir pushtak bo‘lib, u payraxani sindirish vazifasini o‘taydi. SHuning uchun temir pushtaki tig‘ning kesuvchi qirrasiga yaqin o‘rnatiladi. SHu tariqa o‘rnatilganda tig‘ chiqargan payraxani darhol qayirib sindiradi va randalashni engillashtiradi (13-rasm, v).


Japs randa. Taxta randa va mushranda yordamida uzun va enlik taxtalarning sirti silliqlansa ham, ular bilan tekis randalab bo‘lmaydi. Bunday sirtlarni japs randa bilan randalab tekislanadi. Japs randa kundasi uzun (700-800 mm), eni (70-80 mm), tig‘ining eni 55-60 mm bo‘ladi (24-rasm, d).
YOg‘och yoki metall kundali randalarning tuzilishi 14-15-rasmlarda keltirilgan.
Randalarning vazifasiga karab ularning tig‘lari ham xar xili bo‘ladi. Masalan, tozalab randalashga mo‘ljallangan randaning tig‘i to‘g‘ri chizik bo‘yicha charxlanadi, dag‘al randalanadigan mushtrandaning tig‘i esa ensiz va biroz dumaloklanadi.


14-rasm. 15-rasm.


To‘g‘ri o‘rnatilgan tig‘ning dami qiyshaymay joylanadi va kundaning ostidan (japsrandaning tig‘i 1—3 mm, taxtarandalarning tig‘lari 0,1—0,3 mm) chiqib turadi. Randalash vaqtida ishlov beriladigan ashyo dastgohga mustahkam o‘rnatilishi zarur. Ashyolar ishlov berishning qandaylngnga ko‘ra har xil yo‘sinda mustaxkamlanishi mumkin. Masalan:
a) dastgox iskanjasi yordamida;
b) taroqtirak yoki qoziq-tirak yordamida;
v) qaldirg‘och quyruq tirak yordamida
Randalash vaqtida asbobni to‘g‘ri ushlashga va gavdaning holatini tegishlicha tutishga jiddiy rioya qilish kerak.



    1. Asboblar bilan ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari

YOg‘ochga ishlov berish mashg‘ulotlari maktabning tegishli ustaxonasida o‘tkaziladi. Unda har biringizga doimiy ish o‘rni, ya’ni xonaning dastgoh o‘rnatilgan muayyan qismi ajratiladi.
Ish o‘rnida hamma vaqt namunali tartib bo‘lishi va u erga faqat mazkur dars uchun kerakli asboblar qo‘yilishi lozim.
Maktab ustaxonalarida belgilangan ichki tartib koidalariga rioya kilish zarur.
Mashg‘ulot boshlanishi oldidan ish kiyimi (korjoma) ni kiyish kerak. Ustaxonaga ko‘ng‘irok chalinmasdan oldin kelish, xar bir o‘quvchining ko‘lida kundalik, daftar, darslik, qalam, chizg‘ich, o‘chirg‘ich bo‘lishi shart.
Mashg‘ulot boshlanishida xar kim o‘zining ish o‘rnini ko‘zdan kechirishi va uni ishlash uchun taxt qilishi lozim. SHuningdek, hamma o‘z ish o‘rnida ishlashi va o‘kituvchining ruxsatisiz xech kim u erdan ketmasligi kerak. Asboblarni, moslamalarnn za uskunalarni ehtiyotlab saqlash, ashyolardan tejamkorlik bilan foydalanish zarur. O‘qituvchining ko‘rsatmasi bilan ishni to‘xtatish va uning tushuntirishlarini diqqat-e’tibor bilan tinglash kerak.
Tanaffus vaqtida deraza darchalarini ochib qo‘yib, so‘ng ustaxonadan chiqish lozim. Tanaffusdan keyin xar kim o‘zining ish o‘rniga keladi va ishlashni davom ettiradi. Ish tugagach asboblar, moslamalar, materiallar artib tozalanadi va joy-joyiga qo‘yiladi, ish o‘rni yig‘ishtiriladi, tayyorlangan buyum topshiriladi, kiyimlar tozalanadi va qo‘llarni yuviladi. O‘qituvchi ruxsat berganidan keyingina ustaxonadan chiqish mumkin.
Ustaxonada barcha mexnat topshiriqlarini bajarishda ishning xavfsizligi qoidalarini yaxshi bilib olish va ularni aniq bajarish lozim. Bu qoidalar quyidagilardan iboratdir:

  1. Ish kiyimi to‘g‘ri kiyilganini tekshirish (xalatlarning qo‘l va old tugmalari qadalgan, galstuklar echib qo‘yilgan bo‘lishi kerak), sochni tartibga
    keltirib, ixcham qilib olish, rumol va bo‘yinbog‘ uchlarini qistirish.

  2. Ish o‘rnining axvolini tekshirish, asboblarning borligi
    va ishlatishga tayyorligini aniqlash.

  3. O‘qituvchining ruxsatisiz ish o‘rnidan uzoqlashmaslik.

  4. Asboblar va ashyolarni ehtiyotkorlnk bilan ishlatish.

  5. O‘qituvchining ruxsatisiz dastgoxlarda ishlamaslik. Tuzilishi o‘rganilgan uskunalardangina foydalanish.

  6. Faqat ishga yarokli asboblardan foydalanish, ularni o‘z
    o‘rnida ishlatish. Asboblarni ish o‘rniga ulardan foydalanish
    uchun qulay holatda joylashtirish.

  7. Ishni yakunlangandan keyin ish qurollarini ko‘zdan kechirish kerak. Nosoz asboblar to‘g‘risida o‘qituvchi ogohlantirilishi kerak.

  8. Ish o‘rnini payraxa va qipiklardan maxsus cho‘tka bilan
    tozalash.

  9. Mehnat xavfsizligi qoidalari buzilgan yoki jaroxatlanish yuz bergan hollarda darrov o‘qituvchiga xabar qilish.

Arralashda xavfsiz ishlash uchun:
1. Arralashdan oldin zagotovkani mustaxkam o‘rnatish zarur
2. Arraning tishlariii ko‘l barmoklari bilan to‘g‘rilash
mumkin emas. Bunda taxtacha yoki maxsus tiraklardan foydalanish kerak.
3. Arralash vaktida chap ko‘lpi arra polotnosi yaqiniga qo‘yib turish yaramaydi.
4. Arra bilan ishlashda polotnoii siltamaslik va uning
bukilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
5. Dastgoh ustini xurrak va kipiklardan sidirgich cho‘tka
bilan tozalash lozim.
Randalashda xavfsiz ishlash uchun:
1. Randalashdan oldin randalarning sozligini tekshirish;
2. Randalashdan oldin zagotovkani dastgohga mustaxkam o‘rnatish;
3. Randani ishlatishda o‘ng qo‘lda uning ponasi bilan temirini qo‘shib ushlash kerak.
4. Ishlov berilgan sirtlarning sifatini va tig‘ning o‘tkirligini qo‘l bilan siypalab tekshirmaslik lozim.
5. Ishlash vaktida kirindilarni asbobning ost tomonidan
tozalash kerak.
6. Jarohatlanishshshg oldini olish uchun tanaffus paytida
randalarni yonboshlatib, tig‘ini narigi tomonga qilib ko‘yish lozim.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling