O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/72
Sana18.10.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1708023
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   72
Bog'liq
Arxivshunoslik. Ma\'ruza matni

 
 
12 - Mavzu: Arxiv ro’yxatlari 
 
Reja: 
1. Arxiv ro’yxatlarining vazifalari 
2. Ro’yxat tuzish usullari 
3. Ro’yxatni tuzishda differensial yondashuv 
Ro’yxatlar bir vaqtning o’zida ham hisob hujjati 
hamda 
hujjatlarning 
mazmuni 
haqidagi 
ma’lumotnomadir. Arxiv ro’yxati – bu ma’lum bir 
fondda saqlanayotgan yig’majildlarning sarlavhasi va boshqa ma’lumotlarni o’zida 
Ro’yxatlarning
vazifasi 
Муаммоли савол: Йиғмажлидларни тавсифлашдан 
асосий мақсад нима? 


54 
aks ettirgan ma’lumotnoma hisoblanadi.
Ro’yxatlar bir vaqtning o’zida 3 xil vazifani bajaradi: yig’majildlar hisobini 
ta’minlash, ularning fondlar ichidagi tizimini ta’minlash, ularnin tarkibi va 
mazmunini aks ettirish. Ro’yxatlar birlamchi ma’lumotnoma bo’lib, boshqa 
axborot-qidiruv ma’lumotnomalari bo’lmish kataloglar, yo’lko’rsatkichlar va arxiv 
sharhlarini tuzish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 
Yig’majildlar ro’yxati 2 qismdan, ya’ni ro’yxatning 
o’zidan va unga doir ko’makchi ma’lumotnoma 
apparatidan iboratdir. Ro’yxatning tavsifiy qismi har bir 
yig’majild haqida ma’lumot beradi. Ro’yxat yakuniy yozuv bilan nihoyasiga 
yetadi, unda mazkur ro’yxatdagi yig’majildlar soni ko’rsatiladi. 
Ro’yxatning ko’makchi ma’lumotnoma apparati titul varaqasi, so’zboshi, 
qisqartirilgan so’zlar ro’yxati va mundarijadan iborat bo’ladi. 
Ro’yxat quyidagi materiallar majmuiga tuziladi: 
1. 
Fondning 1 yillik materiallarning ma’lum bir qismiga 
(strukturaviy yoki funksional tamoyildan kelib chiqqan holda); 
2. 
Fondning 1 yillik materiallarining barchasiga; 
3. 
Birlashgan arxiv fondi yoki arxiv kolleksiyalari materiallariga 
(agar bu materiallarning miqdori ko’p bo’lmasa). 
Alohida ro’yxatlar quyidagi materiallar uchun tuziladi: 
1. muassasaning shaxsiy tarkibiga oid materiallarga; 
2. uzoq muddat (10 yildan ko’p) saqlanishi kerak bo’lgan materiallarga; 
3. mazkur fondning hujjatlariga ilmiy-ma’lumotnoma apparati bo’lib xizmat 
qiluvchi materiallarga 
Davlat arxivlarida ro’yxatlar ikki nusxada tuziladi. Ulardan biri daxlsiz 
bo’lib, ikkinchisi foydalanish uchun mo’ljallangan. Arxivlarda ro’yxatlar hisob 
bo’limida saqlanadi va fondlar tartibi bo’yicha joylashtiriladi. Fond doirasida esa 
ro’yxatlar raqam tartibiga qarab joylashtiriladi. Ro’yxatlar va fondlar to’g’risidagi 
umumiy ma’lumotlarni topish uchun qulaylik tug’dirish maqsadida ro’yxatlar 
reyestri tuziladi. 
Ro’yxatlar tuzishning turli usullari mavjuddir. O’zbekiston arxivlarida 
ro’yxatlarni alohida varaqlarga yozish (listovaya forma) ko’proq qo’llaniladi. 
Ro’yxatlarning tavsifiy qismida yig’majildning raqami, indeksi, sarlavhasi, 
hujjatlarning tashqi belgilari, asl nusxa ekanligi, yaratilish usuli, annotasiya, 
sanalari hamda varaqlarning umumiy miqdori ko’rsatiladi. 
Yig’majildning muqovasida keltirilgan barcha ma’lumotlarning to’g’riligi 
tekshirib ko’rilgach, yig’majild ro’yxatiga kiritiladi. Bir necha jild (tom) dan iborat 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling