O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Boshqarishning iqtisodiy usuli iqtisodiy 
manfaatlardan 
foydalanishga 
asoslanadi. Boshqaruv usuli erkin bozor munosabatlari sharoitida juda ananaviy 
qo‘llaniladi. Chunki tashkilotning barcha azolari tashkilot iqtisodiyotining barqaror 
rivojlanishidan manfaatdor bo‘lishliligini juda yaxshi bilishadi. Boshqarishning 
iqtisodiy usuli tashkilot xodimlarining tadbirkorligi, ixtirochilik imkoniyatlarini 
uyg‘otadi, tashabbuskorlikni kuchaytiradi. Tashkilotda bunday ijobiy xolatlarning 
yuzaga kelishi natijasida tashabbuskorlik, ixtirochilik, yangilikka intilish, tavsiya va 
takliflarni joriy qilishdan qo‘shimcha daromad oladi. Bu qo‘shimcha daromadning 
malum bir qismidan jamoa a’zolari manfaatdor bo‘lishadi. 
Har qanday jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo manfaatlarda 
namoyon bo‘ladi. Manfaatlar 3 xil bo‘ladi: 
 umumjamiyat manfaatlari; 
 jamoa manfaatlari; 


88 
 shaxsiy manfaatlar. 
Bu manfaatlarni uyg‘un holda boshlab olib borish muammosi bir qator 
muammolarni hal qilishni, har bir davr sharoitlariga muvofiq keladigan 
munosabatlarni o‘rnatishni talab qiladi. Masalan, bozor iqtisodiyoti sharoitida 
umumjamiyat manfaatlarini ruyobga chiqarish maqsadida quyidagi iqtisodiy 
boshqaruv usullariga, ya’ni, bu usulda kishilarning shaxsiy va guruh manfaatlarini 
yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashi ta’minlanadi. Bu maqsadda 
qo‘shimcha ish haqi to‘lash, mukofotlar berish, bir yo‘la katta pul bilan taqdirlash 
kabilar muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy usullar boshqarishning barcha usullari ichida yetakchi o‘rinni 
egallaydi. Har qanday darajadagi rahbar bu usulning mazmunini yaxshi bilishi va 
ularni kerakli paytda qo‘llay olishi kerak. Boshqariluvchi ob’ektga iqtisodiy usullar 
orqali ko‘rsatiladigan ta’sir korxonalarni: 

jiddiy rejalar qabul qilishiga; 

mehnat va moliya resurslaridan yanada unumliroq foydalanishiga

yangi texnologiyalarni joriy qilishiga; 

mehnat unumdorligini oshirishiga; 

raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishga rag‘batlantiruvchi va 
shunga da’vat etuvchi bo‘lishi kerak. 
Shu bilan birga iqtisodiy usullar shunday tanlanishi va qo‘llanilishi kerakki, 
bunda jamoalar va har bir xodimning manfaatlarigagina emas, balki butun jamiyat 
manfaatlariga to‘g‘ri keladigan hamda bir korxona uchun foydali tadbir davlatga ham 
foyda bo‘lishi lozim. 
Agar tashkiliy - ma’muriy usuli o‘zini - o‘zi boshqaradigan bozor 
mexanizmlariga qarshilik ko‘rsatsa, yoki, ularga to‘sqinlik qilsa, iqtisodiy usullar esa 
aksincha, ulardan foydalanishga tayanadi. Xo‘jalik sohasiga davlatning ta’siri ham 
tubdan o‘zgaradi. Binobarin, ma’muriy boshqarish usulida davlat korxonalarga o‘z 
ta’sirini qat’iy belgilangan reja orqali o‘tkazadi. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling