O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
Korxonalar faoliyatini tashkil etishda boshqaruv
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
2. Korxonalar faoliyatini tashkil etishda boshqaruv
funksiyalarining o‘rni «Funksiya» bu - lotincha so‘z bo‘lib, biron kishi yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi degan ma’nolarni bildiradi. 10 «Vazifa» bu - amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim bo‘lgan masala, erishilishi lozim bo‘lgan va ko‘zda tutilgan maqsaddir. Yoki biron - bir topshiriq xizmat, yumush, xizmat lavozimi, mansab, amal 11 demakdir. «Funksiya» tushunchasi «vazifa» tushunchasiga nisbatan torroq ma’noga ega. Ya’ni, funksiya faqat o‘z faoliyat doirasidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi. «Vazifa» esa o‘z faoliyat doirasidan tashqarida ham bo‘lishi mumkin. F.Teylor aytganidek, boshqaruv – bu eng yaxshi va arzon usullar bilan nima qilish va qanday bajarish kerakligini aniqlash san’atidir 12 . Boshqaruvning umumiy ko‘rinishi asosan o‘zaro harakatdagi aniq ikki ob’ektning, bunda ulardan biri boshqaruvning sub’ekti, ikkinchisi esa boshqaruvning ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi. Boshqarish funksiyasi deganda u yoki bu ob’ektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmuidir. Demak, boshqaruv muayyan funksiyalar orqali amalga oshiriladi. Funksiyalarni aniqlash, ularning mohiyatini ochish va o‘rganish boshqaruv jarayonini to‘g‘ri tashkil qilishning muhim shartidir. Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib chiqadi. Masalan, ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida: 10 O‘zbek tilining izohli lo‘g‘ati. M., 1981, T., II, 308-bet. 11 O‘zbek tilining izohli lo‘g‘ati. M., 1981, T., II, 170-bet. 12 Пардаев О. Менежмент. Ўқув қўлланма. Самарқанд 2018 й. 83 loyihalash; konstruktorlik; rejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan bog‘liq funksiyalar paydo bo‘ladi. Keyingi funksiyalar ishlab chiqarishni tayyorlash, ya’ni, mahsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish; mehnat me’yorlari, mahsulotlar sarfini belgilash; asbob - uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bog‘liq funksiyalar paydo bo‘ladi. Ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun: ishlab chiqarish vositalari texnikasi; xomashyo; energiya; taransport kabi moddiy ta’minot vositalari zarur. Boshqaruv stili - menejerning tajriba faoliyatidagi bir qator usullar, metodlar va shakllar tizimi sanaladi, ya’ni, boshqa so‘z bilan aytganda, tayyorlash va amalga oshirish ishlari qarorlarida menejer harakati hamda xulqi boshqarish stilidagi ko‘pincha u qaysi masalani o‘z oldiga qo‘yganligiga qaraydi: boshqarish - boshqaruvchi o‘z xodimlariga ko‘rsatma berib, o‘zi masalalar bajarilishini kuzatadi; yo‘nalish berish - menejer qarorlarni xodim bilan muzokara qiladi, taklif kiritishlarini va tashabbuskorlik ko‘rsatishlarini so‘raydi. qo‘llab - quvvatlash menejer xodimlariga ish faoliyatida yordam ko‘rsatadi va ular bilan birga to‘g‘ri qaror qabul qilish mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladi; vakillikni deligirovka qilish - menejer o‘z vakilligining bir qismini xodimlariga beradi va korxona maqsadlariga erishish hamda qaror qabul qilish mas’uliyatini beradi. Birinchi bo‘lib boshqaruv stili masalasini K.Levin ko‘rib chiqqan va u demokratik, anarxik stillarni ajratgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling