80
Maxsus guruhlar bir sohada ishlovchilarni birlashtiradi. Bularga oshpazlar,
qandolatchilar, yuk tashuvchi va ofitsiantlarni misol qilish mumkin.
Ish muddatiga
qarab guruhlar smenali yoki smenasiz, barchaa ishlarni o‘zlari bajaradiganga
bo‘linadi. Bunda esa moddiy qiymatga ega bo‘lgan buyumlar qo‘ldan - qo‘lga o‘tib
yurmaydi.
Guruhlar restoran direktori buyrug‘iga binoan unga kiruvchilarning xohishiga
qarab tuziladi. Agar guruh tarkibi 10
kishidan oshsa, jamoa umumiy majlisi qarori
bilan guruh kengashi tuziladi. Brigadirlarni odatda guruh a’zolari saylaydi. Mehnatni
guruh shaklida tashkil qilish jamoa va shaxsning moddiy mas’uliyatini,
moddiy
manfaatdorlik hissini kuchaytiradi. Mehnatga haq to‘lash guruhda ish natijasiga qarab
belgilanadi.
Restoran faoliyati ishlab chiqarish - xo‘jalik faoliyatidan hosil bo‘lgan
daromad xisobiga hamma xarajatlarni qoplaydigan tamoyil asosida tashkil topadi.
Bunda
ishlab
chiqarishni
yanada
rivojlanshitirish,
xodimlarni
moddiy
rag‘batlantirishni ham xisobga olish kerak.
Restoran va ovqatlantirish korxonalari boshqaruv jihozining tuzilishi uning
bo‘limlari
tarkibiy qismi bilan, ularning o‘zaro munosabatlari, o‘zlari ishlab
chiqargan va sotib olgan mahsulotlar miqdori bilan belgilanadi. Boshqacha qilib
aytganda, restoranning turi, zallarning sig‘imi va ishning o‘ziga xos xususiyatiga ham
bog‘liq bo‘ladi. Restoran xodimlarining huquq va burchlari maxsus yo‘riqnoma va
ichki tartib - qoida hujjatlari bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: