O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mutaxassislar
- Ijrochilar
Rahbarlar tashkilot resurslarini tasarruf qiladilar va ulardan foydalanish
to‘g‘risida qarorlar qabul qiladilar. Rahbarlarga turistik korxona direktori, restoran direktori, mehmonxona bosh menejeri, institut rektori, jamoa uyushmasi raisi va shu kabilar kiradi. Mutaxassislar ma’muriy hokimiyatga ega bo‘lmaydilar, lekin muayyan sohada ekspert xisoblanib, rahbarlarga qarorlar qabul qilishda yordam beradi. Bunday mutaxassislarga turoperator, bosh oshpaz, maslahatchi - shifokor, o‘quv kafedrasining mudiri va shunga o‘xshash xodimlar kiradi. Ijrochilar (bajaruvchilar) rahbarlar qabul qilgan qarorlarni hayotga tatbiq etadilar, korxona va tashkilot rejalarini bevosita amalga oshiradilar. Ijrochilar jumlasiga restoran ofitsiantlari, mehmonxonadagi xona bekalari, davolovchi shifokorlar, universitet professorlari va shunga o‘xshash kasb egalarini kiritish mumkin. Tashkiliy tuzilishning muhim tarafi korxona va tashkilotning yuqori bo‘g‘ini bilan quyi bo‘g‘ini o‘rtasidagi masofaning katta - kichikligi va pog‘onaviyligidir. Rahbar bilan oddiy ijrochi o‘rtasidagi masofa qanchalik katta bo‘lsa (darajalar soni) tashkilotdagi pog‘onaviylik darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Ovqatlantirish korxonalari tomonidan restoranlarni boshqarish jarayoni ishchi kuchi, moddiy va moliyaviy mablag‘larni muvofiq ravishda moslashtirishni ta’minlashga qaratilgan. Restoran va ovqatlantirish korxonalarida bir maromda mahsulotlar tayyorlash, xizmatning oliy darajada bo‘lishi faqat restoranning texnik holatiga, binoning shinamligiga va zallarning texnologik jihozlanishiga bog‘liq bo‘libgina qolmay, balki rahbarlarning ishchanlik qobiliyatiga ham bog‘liqdir. Quyidagilarni bajarish ovqatlantirish korxonalarini boshqarishga kiradi: ovqatlantirish korxonasi va uning filiallari ustidan umumiy rahbarlik; 78 ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni texnologik va texnik jihatdan tayyorlash; texnik - iqtisod bo‘yicha rejalashtirish; xisob va moliya faoliyati; texnik va ishlab chiqarish ta’minoti. Boshqarishning eng muhim qismi bu - mehnatni tashkil qilish bo‘lib, unga xodimlarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish kiradi. Restoranlar boshqaruvining tuzilmasi tegishli vazifalarni bajaruvchi, bir - biriga itoat qiluvchi tomonlar birlashmasidir (1 - rasm). Bir qancha xodimlardan iborat turli guruhlar boshqaruv organi tomonidan boshqariladi va ularning bajaradigan asosiy vazifasi bu - iste’molchilar ehtiyojini qondirishdan iboratdir. Bu guruhga alohida xodim rahbarlik qiladi. U ishonib topshirilgan sohani (restoran, uning filiallari, bo‘limlar va h.k.) boshqaradi. Restoran jamoasini ma’muriyat boshqarib turadi. Download 6.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling