O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

 
 
Muammoni yechish yo‘llari: 
1. Avval muammoni yaxshilab o‘rganib tahlil 
qiling. 
2. Muammoning hal qilish yo‘llarini topishda 
har xil usullardan foydalaning. 
3. Ushbu muammoning yechimini topishda 
biron restoran misolida ko‘rib chiqing. 


75 
4 - Mavzu: RESTORANLAR VA OVQATLANTIRISH 
KORXONALARINING TASHKILIY BOSHQARUV TUZILMASI 
 
 
Reja: 
1. Restoranlar va ovqatlantirish korxonalarining 
tashkiliy boshqaruv tuzilmasi 
2. Korxonalar 
faoliyatini 
tashkil 
etishda 
boshqaruv funksiyalarining o‘rni 
3. Korxonalarda 
boshqaruv 
usullaridan 
foydalanish 
 
1. Restoranlar va ovqatlantirish korxonalarining tashkiliy boshqaruv 
tuzilmasi 
 
Jamiyatda mehnat qiladigan insonlar butun hayoti davomida korxonalar yoki 
tashkilotlarda o‘z hissalarini qo‘shib keladi. Korxona yoki tashkilotlar esa xizmat 
ko‘rsatadi, mahsulot ishlab chiqaradi, kishilik jamiyati ular iste’mol qilib yoki 
ulardan foydalanib, hayot kechiradi hamda rivojlanadi. Ular jamiyatdagi hayot 
tartibini belgilab beradi va bu tartibga qanday rioya etilayotganini nazorat qiladi.
Korxonalar o‘z - o‘zidan paydo bo‘lmaydi, ularni insonlar o‘zlarining 
muayyan maqsadlarga erishish uchun vosita sifatida vujudga keltiradilar. Korxona 
yoki tashkilot rivojlanib borgan sari maqsad va vazifalari murakkablashib o‘zgarib 
boradi. 
Korxona va tashkilotga avvalo 3 ta omil ta’sir ko‘rsatadi: 

mijozlar (iste’molchilar yoki bozor); 

mulk egalari (korxona va tashkilotga mablag‘ qo‘shgan insonlar);

xodimlar. 
Ba’zan bu omillarga to‘rtinchisi - rahbarlarni ham kiritadilar. Ular bir 
tomondan mulk egalarining vakillari bo‘lsalar, ikkinchi tomondan, boshqa 
xodimlar singari yollangan xodimlar xisoblanishadi. 


76 
Mamlakatimiz va xorij olimlarining fikrlarini tahlil qilib, quyidagi 
xulosalarni keltirish mumkin:
 Xodimlar
9
- o‘zi yig‘ma ma’noga ega, malakaviy xususiyatlar bo‘yicha 
birlashgan korxona, tashkilot yoki muassasalarning shaxsiy tarkibini anglatadi.
 Kadrlar - korxona, tashkilot, muassasa yoki malakali guruhlarning asosiy 
tayyorlangan ishchilar tarkibini tashkil qiladi. Demak, har ikki tushunchani ham 
ekvivalent deb, «Inson resurslari» yoki «mehnat resurslari» ma’nosini yuqoridagi 
tushunchalardan ko‘ra kengroq ma’noda yoritish mumkin bo‘ladi. 
 Mehnat resursi - mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholining (ayollar 16 - 55 
yoshda, erkaklar 16 - 60 yoshda) sonida o‘z ifodasini topadi. Bu yoshdagi 
nogironlik va boshqa sabablar bilan ishlamaydiganlar mehnat resursiga kirmaydi. 
Demak, mehnat resursi aholining ma’lum chegaralangan yoshdagi ishga layoqatli 
faol qismi tushuniladi.
Tashkiliy maqsadlarga erishish korxona va tashkilot xodimlari bo‘lgan 
insonlarning birgalikda ishlashini nazarda tutadi. Har bir korxona va tashkilot, u 
xoh mas’uliyati cheklangan va bor - yo‘g‘i besh kishi ishlaydigan shirkat bo‘lsin, 
xoh yuzlab xodimlari bor universitet, zavod bo‘lsin, mazkur o‘zaro harakatni 
muvofiqlashtirishga, muayyan ichki tartib o‘rnatilgan bo‘lishiga ehtiyoj sezadi. 
Mazkur tartib tashkiliy tuzilish va tashkiliy madaniyat shaklida namoyon bo‘ladi. 
Tashkiliy tuzilish tashkilot xodimlari bajaradigan vazifalar o‘rtasidagi 
nisbatni (o‘zaro bo‘ysunishni) belgilab beradi. Tashkiliy tuzilish mehnat taqsimoti, 
ixtisoslashgan bo‘linmalar tashkil etilishi, lavozimlar pog‘onasi (iyerarxiyasi), 
tashkilot ichidagi tadbirlar shakllarida namoyon bo‘ladi va samarali tashkil 
etishning zarur jihati xisoblanadi. Chunki unga ichki barqarorlik bag‘ishlaydi va 
resurslardan foydalanishda muayyan tartibga erishish imkonini beradi. 
Tashkiliy tuzilish bu - an’anaviy ravishda mehnat taqsimotiga asoslangan 
tamoyil. Ayrim tashkilotlar vazifalarning funksional bo‘linmalar o‘rtasida 
taqsimlanishi tamoyili bo‘yicha tuzilgan. Bunda har bir bo‘lim faoliyatning biron 
9
Amriddinova R.S., Ibadullayev N.E., Aliyeva M.T., Abduhamidov S.A. Mehmonxonalarda xodimlar faoliyatini 
boshqarish. –T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti.2018 


77 
yo‘nalishiga - ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, moliya, xarid qilish va 
xodimlarga javobgardir. Bunday tashkil etish funksional tashkil etish deyiladi.
Bajariladigan vazifalari nuqtai nazaridan korxona va tashkilot xodimlari 
an’anaviy ravishda rahbarlar, mutaxassislar va ijrochilarga bo‘linadi. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling