O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
«Ringer Hut» xalqaro restoranlar zanjiri (Yaponiya)
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Ringer Hut» xalqaro restoranlar zanjiri tarkibidagi restoranlari
- «Bon!» zanjiri tarkibidagi kafe
- «Bon!» kafesi mahsulotlari
- «Bon!» kafesining non mahsulotlari
- «Bon!» kafesining asal va mayizli shirinligi
«Ringer Hut» xalqaro restoranlar zanjiri (Yaponiya)
«Ringer Hut» Yaponiyada joylashgan «Fast Food» tayyorlashga mo‘ljallangan xalqaro restoranlar zanjiri nomi bo‘lib, unda Nagasakining Champon va Sara udon taomlari tayyorlanadi. Hamakatsu zanjirining asoschisi 1966 - yilda Nagasakida ochilgan «Ringer House» nomli turistik hudud nomidan «Ringer» so‘zini oldi. Shundan keyin «Pizza Hut» so‘zidan «Hut» so‘zini olib qo‘shdi. «Ringer Hut» boshqaruvida 550 ta Yaponiya, Tayvanda joylashgan va San Xose, Kaliforniyada 100 ta Hamkatsu (Tonkassu restoranlar zanjiri) restoranlari bilan hamkorlikda ishlaydigan restoranlari mavjud. «Ringer Hut» restoranining ikkita asosiy Fukoka va Tokioda markazlari bor. 68 «Ringer Hut» «Champon» nomli Nagasaki uslubida pishiriladigan ugrali taomi bilan tanilgan. «Champon» Xitoycha taom bo‘lib, Nagasakida yashovchi xitoylik fuqaro tomonidan XIX asr oxirlarida o‘ylab topilgan. «Champon» to‘yimli va vitaminlarga boy taom xisoblanadi. Uning tarkibida 6 xil barra sabzavotlar (karam, sabzi, loviya novdasi, yashil no‘xat, yashil piyoz va piyoz), qisqichbaqa, kalamar, baliq va go‘sht, har kuni un qorishmasidan tayyorlanadigan ugradan iborat. Bundan tashqari ushbu restoranlarda xitoycha taom bo‘lmish «Radna»ga o‘xshash «Sara udon» nomli taom ham pishiriladi. «Sara udon» to‘liqligicha tabiiy mahsulot xisoblanadi. Unga maxsus un yuqorishmasidan tayyorlangan ugra ishlatiladi. Bu ugralar uchun ishlatiladigan unni dunyoning boshqa nuqtalaridan topish qiyin. Ingichka, qarsilloq ugra qimmat va ajoyib sirli sous bilan tortiladi. Ushbu sousning siri barra sabzavotlar va tovuq go‘shti xisoblanadi. 7 - rasm. «Ringer Hut» xalqaro restoranlar zanjiri tarkibidagi restoranlari Yuqorida dunyoga mashhur xalqaro restoranlar zanjirlarining ayrimlarini ko‘rib chiqdik. Ularning aksariyati rivojlangan mamlakatlarda joylashgan. Shundan kelib chiqqan holda ushbu sohani bemalol yuqori daromad keltiruvchi soha deb ayta olamiz. Masalan, birgina «Yum!» brendining daromadi 2017 - yilda dunyo bo‘ylab sotuvlari orqali 32,45 mlrd AQSH dollariga yetganini aytish mumkin. Bu ko‘rsatkichlar shuni anglatadiki, xalqaro restoranlar zanjiri nafaqat mijozlarga xizmat ko‘rsatish, ularning ovqatlantirishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, balki, mamlakatda minglab yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, davlat byudjetiga sezilarli darajada hissa qo‘shayotganligini bemalol aytish mumkin. 69 Mana shu dalillarning o‘zi bunday restoran zanjirlari filiallarini yoki o‘zbek milliy taomlarini tayyorlashga mo‘ljallangan boshqa restoranlar zanjiri sonini ko‘paytirishga asos bo‘la oladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda xalqaro restoranlar zanjiriga kiruvchi restoranlarni faqatgina Toshkent shahrida uchratish mumkin. Lekin ularning asosini qimmat narxdagi taomlarga mo‘ljallangan taomnoma bilan ishlovchi restoranlar tashkil qiladi. Ulardan biri «Bon!» kafesidir. «Bon!» bu - uchta fransuz kafesining birinchisidir. Bu yerda kunni foydali nonushta bilan boshlab, hamkasblar bilan birgalikda biznes lanch yoki kechqurun bir finjon kofe bilan fransuzcha tayyorlangan dessertni tanovvul qilish mumkin. Har qanday mahsulot yoki taomni, kofeni ham mijoz o‘zi bilan olib ketishi mumkin. «Bon!» kafe zanjiri tarkibidagi uning Toshkent shahrida yana ikkita filiali mavjud. 8 - rasm. «Bon!» zanjiri tarkibidagi kafe «Bon!» zanjiridagi kafelarga mijoz atayin ovqatlantirish maqsadida yoki yonidan o‘ta turib yangi yopilgan fransuzcha shirin kulchalar hidiga mast bo‘lib tashrif buyurishadi. Yog‘ochdan yasalgan jihoz, devor va yog‘och obligatsiyalaridan kofe rangidan foydalanib bezatilgan zal sokin muhitni yaratadi, uchala kofeynyada ham Fransiyadan keltirilgan bejirim qandillarni ko‘rish mumkin. Barcha binolar o‘rtacha 40 kishiga mo‘ljallangan. 70 Bundan tashqari 11 - iyul dunyoda «Bon!» shokolad kuni xisoblanadi. O‘sha kuni «Bon!» kafelarining barcha zanjirida chegirmalar bo‘ladi. 9 - rasm. «Bon!» kafesi mahsulotlari Shuni aytish mumkinki, «Bon!» kafesidagi nonlar juda ham mashhur bo‘lib, pishirilgan yangi nonlarning yoqimli hidi eng jozibador hidlarning o‘ntaligiga kirdi. Shuning uchun faqat «Bon!» kafesida doim yangi pishirilgan qandolat mahsulotlari va chiroyli, hushbo‘y hidli nonlar taklif etiladi. Butun dunyoda 16 - oktabr «Xalqaro non kuni» yoki «Xalqaro oziq – ovqat kuni» nishonlanib, ushbu kunda «Bon!» kafesi mijozlar uchun 10% chegirmalar e’lon qiladi. 10 - rasm. «Bon!» kafesining non mahsulotlari «Bon!» kafesida eltib berish xizmati ham mavjud. Jumladan, mijozlarga qulaylik bo‘lishi maqsadida ichish uchun olingan qahvani o‘tirib ichishi yoki o‘zlari bilan olib ketishi, mashinasida ham iste’mol qilishlari mumkin. 71 Bu kafeda reklama juda kuchli bo‘lganligi uchun ham doim mijozlar bilan gavjum. Bunga misol tariqasida «milk shake» uchun takliflar mavjud bo‘lsa, unga ikkita kokteyl buyurtma qilib, uchunchisini bepul olish imkoniyati mavjud. «Bon!» kafesida asal va mayiz bilan birgalikda bodom qo‘shilgan ushbu shirinlik inson immunitetini oshirish uchun eng yaxshi vosita sifatida taklif qilinadi. 11 - rasm. «Bon!» kafesining asal va mayizli shirinligi «Bon!» kafesidagi xodimlar o‘z faoliyatini samarali olib borishidan tashqari xayriya ishlarida ham juda faol. 12 - rasm. «Bon!» kafesi xodimlarining xayriya ishlari 72 Eng qizig‘i shundaki, «Bon!» kafesining telegrammdagi saytiga obuna bo‘lish mumkin. Bu orqali har bir mijoz ushbu kafedagi taom va shirinliklarning yangi turlari, narxlari va chegirmalari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lib boradi. Xulosa. O‘zbekistonda xalqaro restoranlar zanjiri sonining kamligi unda asosan qimmat narxdagi taomlarni taklif qilishidir. Xulosa qilib aytish mumkinki, O‘zbekistonda arzon narxdagi taomlarni tayyorlovchi restoranlarni tashkil qilish, ularni bir zanjirda birlashtirish yoki chet ellardagi dunyoga mashhur restoranlar zanjirini milliy bozorimizga olib kirish yo‘llarini izlash lozimdir. Bizda mamlakat yoshlarining aksariyati uyidan tashqarida ovqatlanishlarini xisobga olgan holda «Fast Food» tayyorlovchi zanjirli restoranlar faoliyatini tashkil qilishni ham tavsiya etish mumkin. Ularda tayyorlanadigan taomlarning arzonligi, tez tayyor bo‘lishi va dunyoga tanilgan brendga ega ekanligi ushbu restoranlarning faoliyati O‘zbekiston bozorida tezda moslashishi va rivojlanishidan dalolat beradi. Download 6.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling