O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Xalqaro restoranlar zanjirining hududlar bo‘yicha joylashuvi


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Xalqaro restoranlar zanjirining hududlar bo‘yicha joylashuvi 
Nomi 
Ishlab chiqaradigan 
mahsuloti 
Bosh
kompaniya 
Birinchi 
binosi 
joylashgan
joyi 
Tashkil 
topgan
yili 
Butun 
dunyodagi 
markazlari 
soni 
Applebee’s 
Qo‘zichoqning
orqa qovurg‘asi 
Dine Equity, 
Ink. 
Dekatur, 
Gruziya 
1980 
2,033 
Arby’s 
Go‘shtli sandvichlar 
Roark 
Sapital 
Group 
(majority) 
Boardman, 
Ogayo shtati 
1964 
3,342 
Burger King 
Burger 
Burger King 
Corporation 
Mayami, 
Florida 
1954 
12,500 
Kosta Coffee 
Kofe 
Whitebread 
London, 
Angliya 
1971 
3,401 
Domino‘s 
Pitsa
Domino‘s 
Pizza, Ink. 
Ypsilanti, 
Michigan 
1960 
11,600 


62 
Dunkin’
Donuts 
Shirin bo‘g‘irsoq 
DD IP 
Holder LLK. 
Kanton, 
Massachusets 
1950 
12,000 
MsDonald’s 
Burger 
MkDonald’s 
Korporation 
San 
Bernardino, 
Kaliforniya 
1940 
36,000 
Papa John’s 
Pizza 
Pitsa
Papa John’s 
International 
Kentukki 
1984 
5,000 
Pizza Hut 
Pitsa
Yum! 
Brands 
Vichita, 
Kansas 
1958 
15,000 
Subway 
Sub sendvich 
Doktor’s 
Assokiates 
Ink. 
Brijport, 
Konnektikut 
1965 
44,380 
Taco Bell 
Tako 
Yum! 
Brands 
Dovney, 
Kaliforniya 
1962 
6,400 
Yoshinoya 
Kosada tortiladigan
mol go‘shti 
Tokiyo, 
Yaponiya 
1899 
1,300 
Manba: en.wikipedia.org sayti ma’lumotlari
Yuqorida keltirilgan restoran zanjirlari dunyoda mavjud xalqaro restoran 
zanjirlarining bir qismi xolos. Ushbu 5 - jadvalda butun dunyoda markazlari soni, 
tayyorlanadigan taomlari va restoran zanjirlari soni bo‘yicha AQSH va Yevropa 


63 
mamlakatlari ustunlik qiladi. Osiyo, O‘rta Osiyo davlatlarida ular kamchilikni 
tashkil qiladi. Bu esa ushbu hududlarda yangi yoki mavjud xalqaro restoranlar 
zanjirini tashkil etish imkoniyatlari yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Shuni ta’kidlash joizki, dunyoda mavjud xalqaro restoranlar zanjirlari asosan 
tez tayyor bo‘luvchi taomlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. Ulardan dunyoga 
mashhur bo‘lgan xalqaro restoranlar zanjirlari bilan yaqindan tanishib chiqamiz. 
 
«Subway» xalqaro restoranlar zanjiri (AQSH) 
 
«Subway» restoranlari soni bo‘yicha dunyoda 
birinchi o‘rinda turadi. AQShda ochilgan ushbu 
restoran tez xizmat va franchayzing uslubida 
ishlaydi.
Sotiladigan 
taomlarining 
asosini 
sendvich 
va 
salatlar 
egallaydi. 
Kompaniyaning rasmiy nomi «Doktorlar Assosatsiyasi» bo‘lib, 1965 -yil Frederick 
Adrian DeLuca tomonidan tashkil etilgan. 2017 - yil ma’lumotlariga ko‘ra 
dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida 44380 ta «Subway» restoranlari mavjud. 
«Subway» restoranlaridagi taomnoma bir davlatdan boshqa davlatga 
o‘zgarib boradi. Masalan, musulmon mamlakatlarida xizmat ko‘rsatuvchi 
restoranlarda cho‘chqa go‘shtidan foydalanilmaydi. Asosiy taom va mahsulotlar 
tarmoqdagi barcha restoranlarda bir xildir. Mijozlarga bir necha turdagi non, har 
xil mahsulotli sendvichlar (mol, tovuq, jo‘ja go‘shti, pishloq va turli xildagi 
tuzlangan yoki barra sabzavotlar) bir necha turdagi souslar taklif qilinadi. 
«Subway» restoranlarida sendvich va gazaklardan tashqari pitsa va 
shirinliklarni tanavvul qilish mumkin. Boshqa tez xizmat ko‘rsatuvchi 
restoranlardan «Subway» restoranining farqi shundan iboratki, unda qovurilgan 
kartoshka (fri) ni o‘z mijozlariga taklif etmaydi. «Subway» restoranlarida asosan 
standart alkogolsiz ichimliklar, issiq ichimliklardan kofe, choy va kakao, salqin 
ichimliklardan sharbat va boshqa ichimliklar taklif etiladi.


64 
Shuningdek, «Subway» restoranlari nonushta uchun sendvichlar, inglizcha 
keks va yubqa nonni realizatsiya qiladi. 
Bundan tashqari «Subway» restoranlarida tayyorlanadigan pitsalar mijozlar 
orasida «shaxsiy pitsa» nomini olgan. 
8
 
 
 
 
2 - rasm. «Subway» xalqaro restoranlar zanjiri 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling