O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
Dunyoning mashhur restoran zanjirlari
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
4. Dunyoning mashhur restoran zanjirlari
Transmilliy kompaniyalar. BMT hujjatlariga muvofiq, transmilliy kompaniyalarga yuridik shakllari, xo‘jalik yuritish sohasidan qat’iy nazar ikki yoki undan ortiq mamlakatlarda filiallari bo‘lgan, ularning faoliyatini boshqarib 58 turadigan kompaniyalar kiradi. TMK doimiy ravishda tovar eksportidan tortib, xorijda xizmatlarni ishlab chiqishgacha qonuniy tarzda o‘tib o‘zining chet ellardagi ishtirokini kengaytirib boradi va tashqi ekspansiyani amalga oshiradi. Ular shuningdek, ssuda pullari ham beradi va boshqaruv bo‘yicha noinvestitsion bitimlar tuzadilar. To‘g‘ridan - to‘g‘ri qo‘yilmalar TMKlar xorijiy investor qo‘lidagi mablag‘ning saqlanishi ustidan nazorat qilishni mo‘ljallaydi. Ona kompaniya chet elda aksiyadorlik firmalarini ta’sis etadi yoki amaldagi mavjud xorijiy firmadan aksiyalarning nazorat paketini sotib oladi. Aksiyalarning yarmidan ko‘proq qismi (ulushlar), uning faoliyati ustidan to‘liq nazorat qilishda hissasi kam bo‘lsa-da, filialga tegishli bo‘ladi. TMK chet elda xorijiy filiallarning bo‘limi singari turli ko‘rinishlari orqali faoliyat olib boradi. Ular xorijda ro‘yxatdan o‘tkazilsalarda, o‘z qiymatiga ega mustaqil kompaniya xisoblanadi. To‘liq (100%) onalik firmasi, ya’ni TMKga tegishli bo‘ladi. Kompaniya xorijiy firmalarga qarzga mablag‘lar berib, o‘zining chet eldagi ishtirokini kengaytirishi mumkin. U ssuda berishda qarzni to‘lagungacha ssuda oluvchining mulkini ushlab turishga haqli yoki qarz oluvchi bilan unga ssuda foizidan tashqari qo‘shimcha manfaat ko‘rishi yuzasidan shartnoma imzolaydi. Boshqaruv bo‘yicha investitsion bitimlar tuzish firmalar o‘rtasida keng tarqalgan tajribadir. Bunday holda ona kompaniya korxona bo‘g‘inlarini shartnoma (kontrakt) asosida boshqaradi. Korxona mustaqilligini saqlaydi, turli egalar bo‘lishi, turli manbaalardan moliyalashtirilishi mumkin. Lekin mahsulotni yagona savdo markasi ostida sotadi. Boshqaruv bo‘yicha investitsion bitimlar tizimi uning ishtirokchilariga ishlab chiqarish ko‘lamidan tejash imkonini beradi. Ularning hammasi xorijiy investitsiyalashdan maksimum daromad olishni bosh maqsad qilib qo‘yadi. Ulardan biri kapital migratsiyasining xalqaro shartlari bo‘lib, daromad me’yori va foiz stavkalari farqi xisoblanadi. Dunyoda yagona foiz stavkasini belgilashga to‘sqinlik qiluvchi katta yoki kichik darajadagi qaltisliklar mavjud. Ammo qayerda mablag‘larni erkin 59 qo‘yilishiga sharoit bo‘lsa, xorijiy investitsiyalash xuddi ichki tartiblardagidek kechadi. Bu shuni bildiradiki, mablag‘ importchi mamlakatlarida foyda olish fondi cheklangan ekan, kapitalning xalqaro harakati, TMKning mamlakatda tengsizligi davom etaveradi. Mamlakatga qancha miqdorda mablag‘ olib kelinishi bir qator omillarga bog‘liq: foiz stavkasi (yuki) hajmi; investitsiyaning daromadliligi; iqtisodiyotning ochiqligi, kattalik va taqsimlanishning qaltisligi; qarzni to‘lash kafolati va o‘z vaqtida to‘lash. Jahon bozoriga kirish va unda yashab qolishi uchun kompaniya ma’lum oligopolistik ustunlikka ega bo‘lishi lozim. Bu mablag‘ bo‘ladimi, texnologiya yoki boshqaruv mahorati bo‘ladimi, ahamiyati yo‘q. Ular tufayli X(iks) mamlakatlardan kompaniya U (igrik) mamlakatdagi mahalliy firmalardan ishlab chiqarishda ustunlik qila oladi va yuqori daromad oladi. Biz bekorga birinchi o‘rinda transmilliy kompaniyalarga ta’rif berib o‘tganimiz yo‘q. Chunki xalqaro restoranlar zanjiriga kiruvchi har bir restoran transmilliy kompaniya (TMK) xisoblanadi. Download 6.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling