O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Standartizatsiyalash bu - bajarishi kerak bo‘lgan majburiy va tavsiya etilgan 
talablar, me’yorlar, qoidalar va xususiyatlarini ishlab chiqaradigan va yo‘lga 
qo‘yadigan faoliyat bo‘lib, u iste’mochining muqobil narxda sifatli xizmat, xavfsiz 
va qulay ish huquqlarini ta’minlaydi
6

Standartizatsiyaning maqsadi - keng va ko‘p ko‘lamda yo‘lga qo‘yilgan 
talablar yoki sohalarda optimal tartibga erishish, mavjud bo‘lgan va 
rejalashtirilayotgan potensial maslahatlarni hal qilish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Standartizatsiya maqsadlari umumiy yoki tor ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. 
Umumiy maqsadlar avvalambor tushuncha tarkibidan kelib chiqadi. Ularning aniq 
ta’rifi majburiy bo‘lgan talab standartlarini bajarish bilan bog‘liq. Ularga inson 
hayoti va sog‘ligi, mol - mulk xavfsizligi xizmatlarini ta’minlab beruvchi 
me’yorlar, talablar va qoidalarni ishlab chiqarish hamda ilmiy-texnika taraqqiyoti, 
hamma turdagi resurslar tejami, xo‘jalik ob’ektlarining xavfsizligi hamda turli 
xavflarni (tabiiy va texnogen harakatdagi) oldini olish bilan belgilanadi.
Tor (aniq) maqsadlarga - ma’lum bir faoliyat sohasiga, butun bir xizmat 
sohasiga, u yoki bu alohida korxona va aniq xizmatlarga qarashli bo‘ladi.
6
Baltabayev M.R., Tuxliyev I.S., Safarov B.Sh., Abduhamidov S.A. «Turizm: nazariya va amaliyot». Darslik, 
Toshkent, 2018.


51 
Standartizatsiya sohasi bu - bir - biri bilan bog‘liq bo‘lgan standartizatsiya 
ob’ektlari majmuidir. Masalan: standartizatsiya ob’ektlari bo‘lib, mehmonxona 
xizmatlari, mehmonlarni ro‘yxatga olish va joylashtirish xizmati, ovqatlantirish 
xizmati va b. 
Standartizatsiya har xil darajalarda masalan, geografik, iqtisodiy, siyosiy, 
mintaqaning standartlarini qabul qilishiga qarab ajratiladi. Bajarilayotgan 
darajasiga ko‘ra standartizatsiya turlari: 

xalqaro - har qanday davlatga tegishli bo‘lgan organlar uchun ochiq 
bo‘lgan faoliyat; 

mintaqaviy - faqat bir geografik, iqtisodiy, siyosiy davlatga tegishli 
bo‘lgan organlar uchun ochiq bo‘lgan faoliyat; 

milliy - aniq bir davlatga tegishli bo‘lgan standart. Bu standart har xil 
darajalarda davlat, sanoat, u yoki bu iqtisodiy sohalarda, birlashmalar, 
assosatsiyalarda va tashkilot darajalarida amalga oshirilishi mumkin. 
Bu turdagi standartlar mintaqaviy va milliy tashkilotlar tomonidan taqdim 
qilingan mutaxassislar yordamida amalga oshiriladi.
Standart bu - me’yoriy - texnik hujjat bo‘lib, u o‘z ichiga standartlashtirish 
ob’ektiga me’yorlar, qoidalar, talablar kompleksini oladi va tegishli organ 
(korxona) tomonidan tasdiqlanadi. Standart moddiy predmetlarga (mahsulot, 
moddalar, namunalar, etalonlar), xizmatga ishlab chiqarish mumkin, ammo qoida 
va talablar har xil tavsifda bo‘ladi. Standartlarda o‘lchov usullari 
reglametlashtiriladi. 
Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot (ISO) xalqaro darajada sifatga 
talabni ishlab chiqdi. Xalqaro standartlashtirishning asosiy belgilanishi bu - 
xalqaro darajada harakatdagi sifat tizimlarini takomillashtirish va yangilarini ishlab 
chiqarish va ularni sertifikatlashtirish uchun yagona metodik asosni yaratish 
xisoblanadi. 
1987 - yilda ISO 9000 seriyali standartlar joriy etildi. U standartlashtirishni 
yangi sifat darajasiga chiqardi. Ular sifat sistemasini baholash bo‘yicha 
shartnomalarga dunyoda tan olingan yagona yondashishni belgiladi va bir vaqtning 


52 
o‘zida mahsulot ishlab chiqarishlari va iste’molchilari o‘rtasidagi munosabatlarni 
tartibga soladi. Boshqacha qilib aytganda ISO standartlari ishlab chiqarish 
madaniyatiga aniq rioya qilingan holda iste’molchilarga qaratilgandir. 1994 - yilda 
ISO 9004 – 1-2-3-4 nomli standartlarining yangi versiyasi chiqdi. Unda katta 
e’tibor dasturli mahsulotlar ta’minoti, qayta ishlanadigan materiallar va xizmatlar 
sifatiga qaratiladi.
XXI asrning boshida ISO 90 dan ortiq davlatlarda joriy qilindi. Ushbu 
davlatlar hissasiga dunyo ishlab chiqarishining 95% to‘g‘ri keladi. Xalqaro 
standartlarining paydo bo‘lishi shunga imkoniyat yaratdiki, ularning asosida 
dunyoning ko‘pchilik hududlarida tovarlar, xizmatlar va ishchi kunini samarali 
ayriboshlashga imkon beruvchi yagona talablar ishlab chiqarila boshlandi. Xalqaro 
savdo - sotiq va inson faoliyatining hamma sohadagi faoliyati milliy standartlar 
muvofiqlashuviga hamda xalqaro standartlarning ishlab chiqarilishi va keng 
qo‘llanilishiga olib keldi. Sifat boshqaruvi dunyo tajribasi 1987 - yilning mart 
oyida qabul qilingan va 1994 - yilda yangilangan ISO 9000-9004 xalqaro 
standartlar paketida jamlangan. O‘zining klassik variantida ISO 900-9004 
standartlari sanoat uchun ishlab chiqarilgan edi, lekin ulardagi umumiy tizim sifati 
hammabop. Shuning uchun hozirgi kunda har xil turdagi korxonalar va tashkilotlar 
faol ravishda bu uslubdan foydalanilmoqda. Shuni qayd qilish kerakki, chet el 
mehmonxonalari va restoranlari o‘z sifat tizimlarini milliy va xalqaro sertifikatsiya 
tizimi asosida sertifitsiyalashtiradi, bu esa ularga raqobatbardoshlikni oshiradi.
Yuqori sifatli xizmat ishlab chiqarishning kafolatlaridan biri bo‘lib, ularni 
sertifikatsiyalashtirish xisoblanadi. Sertifikatsiya bu - xizmatlar haqiqiy 
tavsiflarining standartlar yoki texnik sharoitlar talablariga mos kelishini 
tasdiqlovchi harakatlar va jarayonlar yig‘indisidir. «Sertifikatsiya» so‘zi lotin 
tilidan tarjima qilganda «to‘g‘ri bajarilgan» degan ma’noni anglatadi. Xizmat 
«to‘g‘ri bajarilgan»ligiga ishonch hosil qilish uchun, xizmat qaysi talablarga 
mosligi va qanday qilib ishonchli dalillar olish kerakligi bilan belgilanadi
7
.
7
Baltabayev M.R., Tuxliyev I.S., Safarov B.Sh., Abduhamidov S.A. «Turizm: nazariya va amaliyot». Darslik, 
Toshkent, 2018. 


53 
Xizmatlarni sertifikatsiyalashtirish markaziy organda akkreditatsiya qilingan 
organlar amalga oshiradi. Organ xizmatlarini ikkitadan kam bo‘lmagan ekspert - 
audiyatorlarga ega bo‘lgan, mustaqil talablarga javob beruvchi tashkilot yoki 
korxonalar bajarishi mumkin. Sertifikatsiya tizimi milliy, xalqaro, mintaqaviy 
darajalarda amalga oshirilishi mumkin. Agar sertifikatsiya tizimi faqat aniq bir 
turdagi sohalar bilan shug‘illansa bu - bir turdagi sertifikatsiya tizimi bo‘lib, u o‘z 
tajribasida aynan shu turdagi xizmatlarga bog‘liq bo‘lgan tartiblar, qoidalarni ishga 
soladi. 
Setifikatsiya majburiy va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling