O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
Xizmatlarni standartlash va sertifikatsiyalash
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
3. Xizmatlarni standartlash va sertifikatsiyalash
Iqtisodiyotning hozirgi rivojlanishi mahsulot va xizmatlar sifatiga yangi talablar qo‘yadi. Xizmat (mahsulot) sifati korxona faoliyatining muhim ko‘rsatkichlari qatoridan joy oladi. Sifatning oshishi korxonaning bozor sharoitida joy saqlashi va muvaffaqiyatini, texnik taraqqiyotning o‘sish sur’atlarini, innovatsiyalarni joriy qilinishi korxona tomonidan ishlatilayotgan barcha turdagi resurslar tejamini belgilab beradi. Xizmatlarga qo‘yilayotgan talablar iste’molchilar tomonidan bevosita his qilinadigan tavsiflar bilan bog‘liq va uni baholash ob’ekti xisoblanadi. Xizmatlarni taqdim etishga qo‘yilayotgan talablar xizmatlarni taqdim etishni tashkil qilish sifatiga, tegishli bo‘lgan tavsiyalarga bog‘liq. Xizmatga bo‘lgan talablarga bog‘liq tavsiflarga quyidagilar kiradi: Kutish vaqti, xizmatni taqdim etish vaqti, muddatning aniqligi; Xizmatning bajarilishi, xizmatning to‘liqligi, xisob kitobning aniqliligi; Ishonchlilik darajasi, xavfsizlik, his qilish tezligi, xushmomalalik, qulaylik, estetik holat va gigiyena (sifatning tavsifi). Ovqatlantirish sohasida xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘rsatkichlari quyidagilardan iboratdir: beriladigan taom issiq yoki sovuqligi va taom sifatini yuqori darajada tashkil etish; restoranda beriladigan taomlar assortimentining turli-tumanligi, ichimlik va boshqa mahsulotlar turi bo‘yicha mijozlarga mos kelishi; ovqatlantirish jarayonida xizmat ko‘rsatilayotgan mijozga nisbatan xushmuomalada bo‘lishi, taomnomadan mijozning o‘zi foydalanishi, mijozlar talab - ehtiyojlariga hushyor bo‘lib turishi lozim. Mijoz buyurtmasining bajarilish tezligi va ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng taom haqqini to‘lash usulini qo‘llash; taom iste’mol qilayotganda mijozlarga xizmat ko‘rsatish, vino va ichimliklarni ryumka, fujerlarga qo‘yish tartibi, xizmat ko‘rsatish jarayonida ofitsiantlar barcha qoidalarga rioya qilishi shart; 50 zaldagi tozalik va shinamlikni ta’minlash, zalning intereri mijoz didiga javob berishi, xizmat ko‘rsatiladigan mijozlarga zallarda boshqa sharoitlarni ham yaratishi zarur; shaxsiy gigiyena, tashqi ko‘rinish restoran kategoriyasiga javob berishi kerak. Ovqatlantirish sohasida taom va ichimliklarni o‘rnatilgan sertifikatsiya va standartlar asosida, belgilangan narxlarda iste’molchilarga yetkazish asosiy talablardan biridir. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xizmat sifati muammolarini hal etishda ko‘pchilik hollarda sifat standartlari tizimini shakllantirish egallaydi. U sifatni boshqarish tizimini tashkil etish va faoliyat yuritishga me’yoriy - huquqiy vazifasining asosi xisoblanadi. Download 6.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling