O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


 Restoranda xizmat ko‘rsatish madaniyati


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

2. Restoranda xizmat ko‘rsatish madaniyati 
 
Ovqatlantirish korxonalarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish, tegishli axloqiy 
tartib - qoidalarga rioya qilish, zimmadagi vazifalarni bajarish - shu sohaning 
madaniyatini belgilab beradi. 
Ovqatlantirish korxonalarida madaniy xizmat ko‘rsatish quyidagi 
ko‘rsatkichlar va baholarga ega: 

xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning mijozlar bilan o‘zaro munosabatlari, 
ularning xizmat ko‘rsatish usullari; 


41 

xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ko‘rinishi, kiyim shakli va poyafzallari 
belgilangan talabga javob berishi, har bir xodimning shaxsiy gigiyena qoidalariga 
rioya qilishi

ovqatlantirish korxonalari binosining ichki ko‘rinishi (intereri), oshxona 
idish - tovoqlari va anjomlari, sochiq va dasturxonlarining sanitariya holati; 

ovqatlantirish korxonalari oshxonasining idish - tovoqlari va anjomlari
inventar va jihozlari bilan to‘la ta’minlanganligi; 

taom va ichimliklar, ovqat mahsulotlari assortimentiga rioya qilishi; 

mijozlarga tez xizmat ko‘rsatish; 

musiqa xizmatining sifati; 

qo‘shimcha xizmatlarning mavjudligi va b. 
Ovqatlantirish korxonalarida jumladan, restoranlarda xizmat ko‘rsatish 
darajasi quyidagilar asosida belgilanadi. 
Restoranning tashqi ko‘rinishi: 

nomi yozilgan lavhalar va ko‘rsatkichlar; 

qulay va manzarali ko‘rinishlar; 

restoranning old tomonini yoritish vositalari bilan bezatish va b. 
Mijozlarni kutib olish: 

xushmuomalalik bilan mijozlarni kutib olish va tez til topishish; 

doimiy mijozlarga alohida e’tibor berish; 

mijozlarga e’tibor va yon berish

xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning dimog‘dor bo‘lmasligi. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling