O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Birinchi toifaga mansub restoranlarning vitrinalarini bezash luks va oliy 
toifadagi restoranlarga nisbatan oddiyroq bo‘ladi. Restoran zalida mijozlar uchun 
qulayliklar yaratish maqsadida turli ko‘rinishdagi manzarali elementlar va 


34 
zamonaviy jihozlar bilan bezatiladi. Restoranlarda jihozlarning asosiy turlari: ikki, 
to‘rt, olti va sakkiz kishi sig‘adigan stollar (to‘g‘ri burchakli, kvadrat, aylana va 
boshqa shakllarda), restoran o’rindiqlari, divanlar, ofitsiantlar uchun servantlar
guldonlar, xizmat uchun stollar mavjud bo‘ladi.
Birinchi toifadagi restoranlarda metalldan yasalgan idish - tovoq va 
anjomlardan foydalaniladi, oshxona idishlari zanglamaydigan po‘latdan hamda 
chinnidan yasaladi. Dasturxonlar, salfetkalar, qo‘l sochiqlar oq va rangli 
matolardan bo‘lishi mumkin. 
Firma taomi - maxsus ro’yxat bo‘yicha bir korxonada ishlab chiqariladigan 
taomga aytiladi. 
Hozirgi kunda ba’zi restoranlar faoliyatida oilaviy ovqatlantirish tajribasi 
amalga oshirilmoqda. Xizmatning bu turida maxsus taomnoma tuzilib, yosh bolalar 
inobatga olinadi. Taomnomadagi taomlar esa uncha qimmat bo‘lmasligi kerak. 
 
3. Ovqatlantirish korxonalarini joylashtirish tamoyillari 
 
Ovqatlantirish korxonalarini to‘g‘ri joylashtirish - aholini ish joyida, 
manzilida, dam olishida ovqatlantirishni to‘la ta’minlashdan iboratdir. 
Ovqatlantirish korxonalarini ochishda quyidagi holatlar xisobga olinadi:

aholi soni; 

uning tarkibi va ehtiyoj qobiliyati;

geografik joylashuvi; 

ishlab chiqarish korxonasi; 

aholi yashaydigan joylarning masofasi (uzoq - yaqinligi).
Shundagina ovqatlantirish korxonasidan aholi yaxshi foydalanishi mumkin. 
Aholi zich joylashgan yirik shaharlarda xalqning qaysi tomonga qarab ko‘proq 
harakat qilishi ham xisobga olinadi. Bundan tashqari faqat shu atrofda yashaydigan 
aholi, yaqin masofadagi korxona, muassasa xodimlarigina emas, balki tashrif 
buyuradigan mijozlar ham nazardan chetda qolmasliklari kerak. Aholi ehtiyojini, 
ularning harakat yo‘nalishlari va gavjum bo‘ladigan joylarini o‘rganish natijasida 


35 
yirik oshxonalar, tamaddixonalar, kafelar, barlar va restoranlarni aholining ishga 
layoqatli qismi, turli xildagi korxona va muassasa xodimlari, ko‘chadagi aholining 
harakatlarini xisobga olgan holda joylashtirish mumkin.
E’tiborga olinadigan jihatlardan yana biri aholining kundalik va davriy 
iste’mol ehtiyojidir. Kundalik ehtiyojda xaridorlar sotib oladigan mahsulotlar 
turlarini, ayniqsa, ovqat magazini xodimlari yaxshi bilishlari kerak. Bunday 
magazinlar shu hududda yashovchi aholiga juda qo‘l keladi. Bunda yaqin 
masofada mehnat qiladigan kishilar tez ovqatlanishi va kerakli mahsulotlarni 
uylariga olib ketishlari mumkin. Shuning uchun bunday magazinlar 5 - 10 
daqiqalik masofada, 500 metr radiusda joylashishi maqsadga muvofiqdir. Aholi 
zich joylashmagan shaharlarda magazinlargacha masofa 800 metrgacha bo‘lishi, 
xaridorlar 15 daqiqadan ortiq yurmasliklari kerak. 
Davriy iste’mol ehtiyojlari kafe va tamaddixonalarda, shuningdek, kichikroq 
restoranlarda ko‘proq uchraydi. Bunda xizmat ko‘rsatish radiusi 800m.dan 
oshmasligi kerak. Yirik restoranlar uchun bu masofa 1,5 - 2 km.ni tashkil etadi.
Tayyorlov korxonalari yarim tayyor va boshqa mahsulotlarini ta’minlash 
berishi uchun oshxona, kafe, restoranlar qulay joyda joylashgan bo‘lishi lozim. 
Yirik shaharlarda tayyor mahsulotlar sovutilib, tez muzlatilgan holda, shuningdek 
oliy darajada tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlovchi korxonalar 
tomonidan tayyorlab beriladi. Bu usul ovqatlantirish korxonalari xodimlari uchun 
ham, aholi uchun ham qulaylik yaratadi. 
Xulosa. Ushbu mavzu orqali ovqatlantirish korxonalarining turlari va 
tasniflanishi, uning faoliyati hamda toifalari haqida ma’lumotlarga ega bo’lish 
mumkin. Buning natijasida nafaqat talabalar, balki soha vakillari ham 
ovqatlantirish korxonalari faoliyatini yuritishlarida, qolaversa xorijiy turistlarga 
xizmat ko’rsatishda, yangi turlarni tashkil qilishda kerak bo’ladigan fikr va 
mulohazalarga ega bo’ladilar. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling