32
bino intererining oliy darajada bo‘lishi;
ko‘zni qamashtiradigan chiroy;
xizmat turlarining kengligi;
noyob assortiment;
ko‘ngildagidek buyurtma va firma taomlarining mavjudligi;
buyurtma va firma ichimliklarining keng assortimenti.
Ovqatlantirish korxonalarining luks toifasiga restoran va barlar kirib, ular
boshqa toifalardan binolarning noyob harakterdagi arxitekturasiga ega bo‘lishi,
zalning mijozlar uchun a’lo darajada bezatilishi hamda turli xildagi xizmatlari bilan
farq qilishi shart. Bunday talab an’anaviy arxitekturadagi
restoran va barlarga,
shuningdek, tematik restoran va barlarga ham tegishlidir. Zamonaviy jihozlarning
mavjudligi, turli musiqa
dasturlaridan keng foydalanish, qimmatbaho kumush,
billur, chinni idish - tovoq va anjomlarda taomlarning taqdim qilinishi (idish -
tovoq va anjomlar maxsus buyurtma bo‘yicha tayyorlanadi),
yorituvchi vositalar
restoran zalining arxitektura - badiiy bezagini takomillashtiradi hamda xizmatning
umumiy didli manzarasini namoyish qiladi.
Luks toifadagi restoranlarda buyurtma va firma taomlaridan tashqari
taomnomada yozilmagan taomlar buyurtmasini ham qabul qilish mumkin.
Restoranning taomlar assortimentida shirinliklar, ho‘l meva va sabzavotlar bo‘lishi
kerak.
Luks va oliy toifadagi restoran vitrinalari turli
badiiy manzarali fotosuratlar,
optik
yoritkichlar, rangli diapozitivlar bilan bezatiladi. Vitrinalarda korxonaning
xususiyatlari, oshxonaning o‘ziga
xos xususiyati, mijozlarga ko‘rsatiladigan
xizmatlar majmui aks etishi kerak.
Luks toifadagi restoranlarda albatta quyidagi qo‘shimcha xizmatlar bo‘lishi
shart:
bayram taomlarini tayyorlash va tadbirlarni tashkillashtirish;
uyga taom yetkazib berish va
buyurtmalar qabul qilish;
ma’lum muddatga joyni band qilish;
mijoz iltimosiga ko‘ra
taksi chaqirib berish;
33
gul va sovg‘alar sotish.
Do'stlaringiz bilan baham: