O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Restoranda mijozlarga xizmat ko‘rsatish vaqti


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Restoranda mijozlarga xizmat ko‘rsatish vaqti 
 
Mazmuni 
Vaqt, daqiqa 
O’rtacha 
Tez 
Birinchi kelish 
4-5 
1-2 
Buyurtma bilan taom berish oralig’i 
8-10 
1-2 
Buyurtma bilan gazak berish oralig’i 
10-12 
5-10 
Gazak va asosiy taom berish oralig’i 
21-25 
15-25 
Buyurtma va dessert berish oralig’i 
6-8 
3-5 
Umumiy xisob – kitob varaqasini berish 
6-8 
1-2 
 
Madaniy xizmat tushunchasi bilan xizmat uchun choy chaqa berish 
tushunchasi aloqadordir. Choy chaqa berish restoran xizmatida odat bo‘lib qolgan. 
Lekin bu ko‘pgina muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi, natijada bir - biriga 
zid ikki xil qarashni keltirib chiqaradi. Birinchidan, ofitsiantlarga ma’lum 
miqdorda moddiy manfaat bazasi bo‘lib xizmat qilsa, ikkinchidan, ofitsiantlarning 
ko‘proq choy chaqa olishga bo‘lgan e’tiborini kuchaytiradi. Bu esa restoran 
mijozlarining noroziligiga sabab bo‘ladi. 
Butun dunyo restoranlarida ofitsiant mijozlar ovqatlanib bo‘lganidan so‘ng 
choy chaqa haqida eslatishi juda yomon illat xisoblanadi. Hozirgi kunda 
ofitsiantlar restoranlarda mijozlardan choy chaqa so‘rash holatlari uchrab turadi. 
Ba’zi restoranlarda ofitsiantlar xizmat haqi uchun xisob-kitobga 15% qo‘shimcha 
qo‘shadi. Ammo ofitsiant hech qachon mijozlarga choy chaqa haqida gap 
ochmasligi lozim. Restoran mutaxassislari fikricha, agar ofitsiant «xasis 
mehmonlar» haqida o‘z doirasida gap yuritar ekan, demak, u bu sohada ishlashga 
loyiq emasdir. 
AQShda choy chaqa berish qoidaga aylangan. Hatto ba’zi amerikaliklar 
choy chaqa miqdorini ko‘rsatuvchi jadval olib yuradilar, ofitsiantni ovora qilmay, 
choy chaqa summasini o‘zlari aniqlab to‘lab ketaveradi. Ko‘pchilik restoran va 


44 
kafelarda ofitsiant oyligining 95% ini mijozlardan olinadigan choy chaqa tashkil 
qiladi. 
Restoran xodimlari mijozlarning yaxshi dam olishlarini ta’minlash va 
xodimlar orasida choy chaqa sababli nizolar chiqishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. 
Chet el restoranlarida choy chaqa masalasiga turlicha yondashadilar. Ba’zilarida 
choy chaqa ofitsiantlar orasida teng bo‘linadi. Bu ko‘pincha o‘ntagacha ofitsiant 
ishlaydigan restoranlarda bo‘ladi. Ba’zilarida esa, ofitsiant choy chaqaning 
yarimini o‘ziga olib qoladi, yarmini bosh ofitsiant, ichimlik sotuvchi va 
boshqalarga beradi. Ba’zi hollarda choy chaqaning bir qismini zal menejeriga
bosh ofitsiantga, garchi ularning maoshlari yuqori bo‘lsada beriladi.
Ba’zi restoranlarda ochiq aytilmasa ham choy chaqa qoldirish uchun imo - 
ishora qilinadi. Cheklarda quyidagicha yozuv bo‘ladi: «Xizmat haqi taomlar 
bahosiga qo‘shilmagan». Ammo xizmati oliy darajadagi restoranlarda bunday 
harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ovqatlantirish korxonalarida xizmat qilish madaniyati mijozlarning taom 
iste’mol qilish madaniyati bilan uzviy bog‘liqdir. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling