42
taomlar tayyorlanishi noyob va bezatilishining yuqori saviyada bo‘lishi;
mahalliy mahsulotlardan foydalanish;
taomning nomi uning ko‘rinishiga mos bo‘lishi;
mahsulot arzon va sifatli bo‘lishi;
dasturxonga qo‘yilgan taomlarning mazasi muattar hidiga mos bo‘lishi;
taomnomaga mos ichimlikning tanlanishi.
Xizmat darajasi:
ofitsiantlar buyurtirilgan taomga mos ichimlik tavsiya
etishni bilishi;
xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarda mutaxassislik darajasining yuqori bo‘lishi;
ofitsiantlarning taom va ichimliklar to‘g‘risida
chuqur bilimga ega
bo‘lishi;
restoran xodimlarining mijozlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi;
ofitsiant va xodimlarning mijozlarga sifatli taomlarni tavsiya
etishlari;
mijozlar bilan nizoli masalalarda tortishmasdan yon berishi.
Baho:
ofitsiant tomonidan beriladigan taom
narxi cheki mijoz uchun
kutilmagan hol bo‘lmasligi kerak;
iste’mol qilingan taom va ichimliklar narxi taom, ichimliklar va
xizmatning sifat darajasiga mos bo‘lishi lozim;
bir - biriga o‘xshash taomlar baholari
orasida uncha katta farq
bo‘lmasligi kerak;
buyurilgan taom bo‘yicha xisob - kitob mufassal va aniq bo‘lishi shart.
Madaniyat darajasiga baho berganda uning ko‘rsatkichlaridan biri
- xizmat
ko‘rsatish vaqtidir. Quyidagi 1 - jadvalda restoranda mijozlarga xizmat ko‘rsatish
vaqti berilgan.
Mijozlarning noroziligi o‘rtacha 10 daqiqa o‘tgandan so‘ng izhor etiladi.
Ikkinchi, uchinchi taomlar kutilayotganda bu 10 daqiqa e’tiborsizdir. Taom berish
oldidan yoki eng oxirida ham uning uncha ahamiyati yo‘q.