O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sut mahsulotlari barlari
- Disko barlar
- Ekspress barlar
- Pivo barlari
- Vino barlari
Ho‘l meva barlari - ovqatlantirish korxonalarining yangi bir turi bo‘lib,
ijtimoiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan, alkogol ichimliklar iste’molini kamaytirishni nazarda tutgan maqsadda tashkil etilgan. Bu xildagi barlar o‘ziga xos usulda binolarda joylashgan bo‘lib, oddiy ko‘rinishda jihozlanadi. Nomidan ham ma’lumki, bunday barlar asosan har xil turdagi sharbatlar va ichimliklarni, bundan tashqari qandolat mahsulotlarini ham taklif qiladi. Sut mahsulotlari barlari - o‘z mahsulotlar assortimenti bilan boshqa turdagi barlardan farq qiladi. Sut va sariyog‘ kokteyllaridan tashqari barning kundalik taomnomasida bir necha xil sutli taomlar, sut mahsulotlaridan tayyorlangan somsa va qandolat mahsulotlari hamda ichimliklar bo‘ladi. Disko barlar - kunduz kunlari kafe sifatida ish olib boradi, kechqurun esa bar xizmatini o‘taydi. Disko barlar alohida binolarda yoki mehmonxonalarning yarim yer to‘lalarida faoliyat ko‘rsatib, bunday barlarda orkestrlar, xonandalar va aktyorlar ishtirokida yoshlarning dam olish kechalari o‘tkaziladi. Disko barning zallari zamon talablariga javob beradigan darajada badiiy bezatilishi, raqs maydoni, umumiy ko‘rinishga mos yorug‘lik berilishi shart. 27 Tavsiya etiladigan taomlari asosan iste’molbop va tez xazm bo‘ladigan taomlardir. Bundan tashqari aralash ichimliklar, gazaklar va hattoki issiq taomlar ham taklif qilinadi. Ekspress barlar (tez xizmat ko‘rsatish) - savdo markazlarida, mehmonxona va temiryo‘l larda faoliyat ko‘rsatadi. Tik turib ovqatlanadigan bunday barlarda taomlar assortimenti cheklangan bo‘lib, mahsulotlar assortimenti bar vazifasiga mos tushadi. Masalan, buterbrod, qiymalangan go‘shtli taomlar, har xil qandolat va sut mahsulotlari, chanqoqbosdi ichimliklarni taklif qiladi. Pivo barlari - maxsus joylarda pivo qo‘yib sotiladi yoki shishalarda beriladi. Qo‘yib sotiladigan pivolar maxsus idishlardan yoki bevosita maxsus avtomatlar orqali qo‘yib sotilishi mumkin. Savdoda mevali va mineral suvlar bo‘lishi tavsiya qilinadi. Pivo barlari pivo sotish bilan birga issiq va sovuq gazaklarni ham taklif etadi, hattoki pivoga mos keladigan har xil tuzlangan taomlar, quritilgan baliq va boshqalar beriladi. Vino barlari - mehmonxonalar, restoran va kafelar qoshida faoliyat ko‘rsatib, asosan do‘stlar bilan uchrashish, mehmonlar kutish, suhbatlar qurishi uchun yaxshi joy sifatida mashhurdir. Gril barlar - savdo markazlarida, dam olish va odamlar gavjum ovqatlanish joylarida joylashgan bo‘ladi. Gril barlarda mijozlar tansiq va noyob taomlarni buyurtma qilishlari mumkin. Bunday barlarda eng ko‘p tarqalgan taomlardan qovurilgan baliq, jo‘ja, kabob va boshqalar taklif qilinadi. Gril barlarda taom mijozning ko‘z oldida tayyorlanadi va sotuvchining o‘zi xizmat ko‘rsatadi. Kafe - mijozlar ovqatlanishi va dam olishini ta’minlaydi. Kafelar firma va buyurtma taomlarini tayyorlash, mijozlarga yetkazib berishdek vazifani bajaradi. Taomlarning assortimenti cheklangan bo‘lib, tayyorlanishi uncha murakkab bo‘lmaydi. Kafelarda diskoteka xizmati mavjud bo‘lib, unda to‘ylar, yubileylar, oilaviy tushliklar, yangi taom va mahsulotlar ko‘rgazmasi ham o‘tkaziladi. Kafelar mahsulot assortimenti va mijozlar tarkibiga qarab ikki guruhga bo‘linadi: assortimenti bo‘yicha mahsulotlarni sotish - muzqaymoq kafesi, qandolatlar kafesi, sut mahsulotlari kafesi; 28 iste’molchilar tarkibi bo‘yicha - yoshlar kafesi, bolalar kafesi va b. Download 6.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling