O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Ovqat - fabrikalar industrial usul bilan taom tayyorlaydi, alyumin yoki 
plastmassa lotoklar, polietilen plyonka, paketlarga joylaydigan korxona bo‘lib, 
odatda oshxona - fabrikalari yuqori darajada mexanizatsiyalashgan bo‘ladi.
Oshxona fabrika - yirik, mexanizatsiyalashgan korxona bo‘lib, o‘zi 
mahsulot ishlab chiqaradi, ovqat va qandolat mahsulotlarini tayyorlaydi. Bundan 
tashqari yarim tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi maxsus korxonalar 
magazinlarini yarim tayyor go‘sht, baliq mahsulotlari hamda sabzavotlar bilan 
ta’minlaydi. 
Ovqatlantirish kombinati - yirik birlashma bo‘lib, uning tarkibiga fabrikalar, 
oshxonalar, restoranlar, kafelar, tamaddixona va taom do’konlari kiradi. 
Ovqatlantirish kombinati boshqa korxonalar, chakana savdo, taom do’konlari 
uchun ham yarim tayyor mahsulotlarni tayyorlab beradi. Ovqatlantirish 
kombinatlari odatda yirik ishlab chiqarish korxonalari, birlashmalar, oliy o‘quv 
yurtlari qoshida tashkil etiladi. Tayyorlovchi fabrika odatda alohida binoda 
joylashgan bo‘ladi va yo‘lak bilan oshxonalarga birlashtiriladi.
Iste’molchilarning ovqatlanishga bo‘lgan talab va ehtiyojlarining oshishi 
xizmat ko‘rsatish darajasining takomillashishiga bevosita ta’sir qiladi. Natijada 
ovqatlantirish korxonalarining turlari va turli kategoriyalari vujudga kelib, ular 
xususiyatlariga ko‘ra tasniflanadi. 
Ovqatlantirish korxonasi - ma’lum turdagi korxona xizmatining o‘ziga xos 
xususiyatlari, mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmat sifatining darajasi va shart - 
sharoiti bilan belgilanadi.
Korxonaning turini belgilashda quyidagilar e’tiborga olinadi: 

realizatsiya qilinadigan mahsulotlar assortimenti, ularni tayyorlashdagi 
turli - tumanlik va murakkablik; 


24 

korxonaning moddiy texnik bazasi, injener - texnik jihoz va asbob - 
uskunalar bilan ta’minlanganligi, bino tizimi, arxitekturaviy loyihasi, bino intereri 
va ekstereri

xizmat ko‘rsatish usullari;

xodimlar malakasi; 

xizmat ko‘rsatish sifati, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning muomala 
madaniyati va axloq - odobi. 
Ovqatlantirish korxonalarining beshta turi mavjud bo‘lib, ularga asosan 
restoran, kafe, bar, oshxona va tamaddixonalar kiradi. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling