19
«Restoran biznesi» fani 5610300 - «Turizm (faoliyat yo’nalishlari
bo’yicha)», 5610200 - «Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish»
ta’lim yo‘nalishlarining II - bosqich bakalavrlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib,
mazkur fanni o‘rganish «Turizm: nazariya va amaliyot», «Ekskursiya xizmatlarini
tashkil qilish», «Xalqaro turizm: tajriba va amaliyot», «Ekoturizm»,
«Turopereyting», «Mehmonxona xizmatlarini tashkil etish», «Turizmni
rejalashtirish» kabi fanlar bilan uzviy aloqada olib boriladi.
Xulosa. Yuqoridagi fikr va ma’lumotlardan shuni aytish mumkinki,
ovqatlantirish korxonalari hamda restoranlarning paydo bo‘lishi uzoq tarixga ega.
Ushbu uzoq yillik tarix hozirgi kungacha ayrim ovqatlantirish
korxonalarida
saqlanib, shakllanib bormoqda. Bu esa ovqatlantirish korxonalari xizmatining
yanada rivojlanishida va yangi turlarni tashkil qilishda turtki bo‘lmoqda.
Tayanch so‘z va iboralar: milliy oshxona, ovqatlantirish turi,
xizmat
ko‘rsatish sifati, tavernalar,
ilk restoranlar, taomnoma, qahvaxonalar,
restoran
biznesi, restoran namoyondalari.
Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish uchun savollar:
1. «Restoran biznesi» fanining maqsadi va vazifalarini tushuntirib bering.
2. Ovqatlantirish korxonalarida restoranning o‘rnini izohlab bering.
3. Restoranning paydo bo‘lish tarixini tushuntirib bering.
4. Ilk restoranlar qachon paydo bo‘lgan?
5. Restoranlar paydo bo‘lishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatgan?
6. Ilk taomnoma qachon va qayerda paydo bo‘lgan?
7. Restoran asoschilaridan kimlarni bilasiz?
8. Turizm sohasida ovqatlantirish korxonalarining o‘rnini qanday
izohlaysiz?
Do'stlaringiz bilan baham: