O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Ovqatlantirishning turlari bu - ertalabki nonushta, yarim pansion, to‘liq


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Ovqatlantirishning turlari bu - ertalabki nonushta, yarim pansion, to‘liq 
pansion doimo turistik xizmatlar ko‘rsatish tarkibida belgilangan bo‘ladi. Yarim 
pansionda (ikki marta ovqatlantirish) ertalabki nonushta va tushlik yoki kechki 
ovqatlantirish tashkil etiladi. Pansion - bu uch martalik ovqatlantirishdir. 
Qimmatbaho xizmat ko‘rsatish variantlarida butun kun davomida va hattoki 
tunda istalgan vaqtda, istalgan miqdorda ovqatlantirish hamda ichimliklar 
(spirtli ichimliklarni ham qo‘shib xisoblaganda) ichish imkoniyati mavjud 
bo‘ladi
Ovqatlantirish xizmatini tashkil etishda turistlarning sog‘ligini ham xisobga 
olish kerak. Noto‘g‘ri ovqatlantirish, yomon tayyorlangan taom zaharlanishga olib 
kelishi mumkin. Masalan, 40% gacha turistlar Misr va Hindistonga borganlarida 
diareyadan aziyat chekadilar. Ayniqsa, ko‘chadagi mayda sotuvchilar sotadigan 
suv va taomlar xavflidir. Ayrim toifadagi turistlar guruhida diniy belgilari bo‘yicha 
umumiy qabul qilgan cheklanishlar (cho‘chqa go‘shtini iste’mol qilmaslik, ro‘za 
tutish), vegetarianlarni o‘ziga xos talablari, bolalar ovqati kabi talablarni ham 
xisobga olish zarur. Ovqatlantirishga bo‘lgan bunday talablarning o‘ziga xosligini 
turistlarga tur sotib olayotganlarida aytilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Restoran biznesi faoliyatida xorijiy turistlarni qabul qilish muhimdir. Chunki 
xorijiy turistlarga odatda ovqatlantirishni tashkil qilish alohida zallarda yoki 
umumiy zalning chegaralangan qismida amalga oshirilib, ularga xizmat ko‘rsatish 
juda ham e’tibor va did bilan tayyorlangan joylarda tashkil etilishi lozim. Restoran 
biznesini tashkil qilishda binoning ichki va tashqi ko‘rinishi chiroyli hamda 
mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun tayyor bo‘lishi kerak. Turistlarning restoran 
hududida ovqatlantirish jarayoni restoran binosidagi savdo zallari va qo‘shimcha 
yordamchi xonalarni tartibga keltirish, stol va o’rindiqlarni to‘g‘ri joylashtirish
idish - tovoq va anjomlar bilan stollarni bezash hamda ofitsiantlarni ishga 
tayyorgarlik holatlari bilan belgilanadi.


17 
Shuningdek, mijozlarni turli xildagi xizmatlardan foydalanishlari uchun 
imkoniyatlarning mavjudligi, turistlarni qabul qilish va ularga sifatli xizmat 
ko‘rsatish maqsadida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning malakalari mijozlarga 
xizmat ko‘rsatishdagi qulayliklarni ham inobatga olish zarur bo‘ladi. 
Turizm sohasida turistlarga ovqatlantirish xizmatini tashkil qilish xizmat 
ko‘rsatishning muhim qismi ekanligi haqida yuqorida to’xtalib o’tdik. Shu sababli 
ham turistlar uchun xizmat ko‘rsatish turi ikki qismdan iborat: birinchidan, 
oshxona va boshqa oziq - ovqatlarning sifati hamda assortimenti, ikkinchidan, oziq 
- ovqat va xizmatlarni mijozlarga sotishda sifat jarayonini takomillashtirishdir. 
Sifat va assortiment ovqatlantirish korxonalarining turi va qaysi toifaga ega 
ekanligidan qat’iy nazar, barcha korxonalar uchun bir xil ahamiyatga ega ekanligi 
bilan baholanadi. 
Oziq - ovqat va xizmatlarni turistlarga sotish, ularning talablarini qondirish 
shartlaridan biri bu - o‘z vaqtida mahsulotlarni sotish hamda barcha talab qilingan 
xizmatlarni qondirishdan iboratdir. Masalan: mehmonxona yoki restoranlarda tez 
xizmat ko‘rsatish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, bularga buyurtma qilingan 
taomning mijozga o‘z vaqtida berilishi va o‘z - o‘ziga xizmat qilishi kiradi. 
Restoranlarda esa xizmat qilish sifati mehnat turlari ya’ni, xodimlarning qaysi 
lavozim bilan shug‘ullanishga bog‘liq bo‘ladi. Bularga ma’muriy xizmat, 
ofitsiantlar, garderobdagilar va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar kiradi. 
Ushbu xodimlarning o’z vazifalarini to’g’ri va sifatli bajarishlarida restoran 
servisi faoliyatining nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganishi, O‘zbekistonda faoliyat 
ko‘rsatayotgan ovqatlantirish korxonalarining turlari va vazifalari haqidagi 
bilimlarni egallashi sohani rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur 
faoliyatni yo‘lga qo‘yish esa soha mutaxassislarga bog‘liq bo‘lganligi tufayli, 
yuqori malakali kadrlarni tayyorlash hozirgi kunning muhim vazifalaridan biriga 
aylanmoqda. Ushbu vazifani amalga oshirishda mavjud oliy ta’lim muassasalarida 
mutaxassislik fanlari o‘qitilib, ularda kasb ilmiga taalluqli muammolar o‘z 
yechimini topmoqda. Shunday fanlardan biri «Restoran biznesi» fani ham o‘z 
o‘rniga ega bo‘lib, asosiy mutaxassislik fanlaridan biri xisoblanadi.


18 
Fanning maqsadi – talabalarda restoran biznesi, xizmat ko‘rsatish texnika va 
texnologiyasi haqidagi nazariy va amaliy bilimlarni kelajakdagi ish faoliyatlarida 
qo‘llash va talabalarni shu sohadagi mahoratlarini rivojlantirishdan iborat. 
Fanning vazifasi – talabalarga restoran biznesini tashkil qilishning nazariy 
asoslari, ularni restoranda xizmat ko‘rsatishning davlat hamda xalqaro zamonaviy 
standartlari va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning xizmat ko‘rsatish texnika va 
texnologiyasini o‘rgatishdan iborat. 
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi 
talablar qo‘yiladi. Talaba: 
– «Restoran biznesi» faniga kirish;
– ovqatlantirish korxonalari va ularning tasniflanishi;
– restoranlar ovqatlantirishning asosiy tizimi sifatida; 

restoranlar va ovqatlantirish korxonalarining tashkiliy boshqaruv 
tuzilmasi;
– restoran biznesida kadrlarni boshqarish; 

restoran biznesida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning vazifalari; 
– restoran biznesi faoliyatida sanitariya - gigiyena talablarning o‘rni; 

restoran biznesini rivojlantirishda reklamaning o‘rni haqida tasavvurga 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling