O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

XVI - XVIII asrlar. XVI asrda dastlabki «Qahvaxonalar» ochilgan. Ular 
o‘sha davr madaniy va adabiy hayotining markazlariga aylangan. Yevropada 
dastlabki «Qahvaxonalar» 1652 - yilda va 1683 - yili Venada birinchi marta «Asal 
va Sut» qo‘shilgan qahva taklif qilingan. 1553-yilda Parijda birinchi marta 
«Restoran» ya’ni, «Turd Arjan» restorani ochilgan. Bu restoran keyingi ikki asr 
mobaynida o‘ziga xos muassasa bo‘lib qoldi. Chunki uning yagona vazifasi faqat 
ovqatlantirishdan iborat bo‘lgan. «Restoran» atamasining o‘zi keyinroq, XVIII 
asrning ikkinchi yarmida muomalaga kiritildi.
1789 - 1799 - yillardagi buyuk fransuz inqilobi davrida Fransiyalik mashhur 
oshpazlar boshqa davlatlarga chiqib ketishga majbur bo‘ldi. Yangi joyda ular 
restoran biznesi bilan shug‘ullandilar. Natijada «Restoran G‘oyasi» butun dunyoga 
tarqaldi.
XIX asr o‘rtalaridan «A la carte» taomnomasidan foydalanila boshlangan. 
Mijoz taklif qilingan ro‘yxatdan o‘ziga ma’qul taomni tanlash imkoniyatiga ega 
bo‘lgan.
1831 - yilda Nyu - Yorkda ochilgan mashhur «Delmoniko» restorani 
AQShdagi birinchi restoran xisoblanadi. O‘sha davrda AQShda restoran ishining 
rivojlanishiga fransuz an’analari katta ta’sir ko‘rsatgan. 1852 - yilga kelib 
AQShning birinchi klassli har bir mehmonxonasi o‘z fransuz bosh oshpaziga ega 
bo‘lgan. Taomnoma ham an’anaga ko‘ra fransuz tilida yozilgan, bu esa ingliz 
tilidagi mijozlar uchun qiyinchiliklar tug‘dirgan. «Delmoniko» restoranining 
sohiblaridan biri Jon Delmonikoning sa’y - harakati bilan birinchi marta ikki tilli 
taomnoma joriy qilingandi. Unda taomlarning fransuz va ingliz tilidagi nomlari 
qarama-qarshi joylashtirilib, yillar o‘tib bu an’ana butun duyoga keng tarqaldi. 
XVIII asr. Tarixchilarning fikricha, Amerikada karvonsaroylar Yevropaga 
nisbatan kech 1607 - yildagina paydo bo‘lgan. Tavernalarning birinchisi 1634 - 
yilda Nyu - Yorkda Golland kompaniyasi tomonidan «Taverna» ochildi. 
James 
Tovondoning birinchi kichik «Qovoqxona»lari paydo bo‘lgandi. O‘sha vaqtdan
boshlab kichik «Qovoqxona»si askarlar va tadbirkorlar uchrashuv markaziga 
aylangandi. Ular nafaqat shaharlarda, balki katta yo‘l bo‘ylarida va asosan 


11 
chorrahalarda 
ham 
qurilgan. 
Amerikaga 
Yevropadan 
ko‘chib kelgan 
ko‘chmanchilar o‘zlari bu qovoqxona, karvonsaroy hovlilarining qurilishi va 
boshqarish mahoratlarini yuz yillar davomida yig‘ilgan tajribalari asosida 
o‘rganishgan. 
Chunki 
o‘sha 
vaqtda 
inglizlarning 
mehmondo‘stligi 
g‘arbliklarnikidan ancha yaxshi xisoblangan.

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling