O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Avtoturistlar uchun restoran - katta yo‘l chorrahalarida, yirik avtobekatlarda 
joylashadi, turistlar bunday restoranlarda ovqatlanadi va dam oladilar. 
Bar - kichkina restoran, ilgari mayxona nomi bilan atalgan. Keng 
assortimentda har xil ichimliklar sotiladi. Shu bilan birga barda taomlar, gazaklar, 
qandolat mahsulotlari ham taklif etilishi mumkin. Barlarning vazifasi - mijozlarga 
yaxshi xizmat ko‘rsatish, zamonaviy dizayn, sog‘lom muhitda ko‘ngildagidek dam 
olish sharoitlarini yaratish, shuningdek, musiqa va sanoatkorlar chiqishi, 
videoeshittirishlar tashkil qilishdir.
Barlar odatda ma’muriy - madaniy va savdo markazlarida, restoran va kafe, 
mehmonxonalar qoshida faoliyat olib boradi. 
Assortimentiga qarab barlar quyidagi turlarga bo‘linadi: pivo, vino, sut - 
qatiq, kokteyl - xoll va kokteyl - barlar. Kokteyl - xoll kokteyl - bardan zalining 
kattaligi, jihozlanishining turli - tumanligi bilan farqlanadi. 
Binolarning tuzilishiga ko‘ra barlar quyidagicha joylashadi: 

vestibyullarda - bu yerda kishilar uchrashadilar va suhbatlashadilar; 

restoran barlari - bino ichida va zalda joylashadi

yordamchi barlar - mehmonxona qavatlarida joylashadi; 

banket barlari - banket zallarida joylashadi; 

mini barlar - mehmonxonaning mehmonlar uchun mo‘ljallangan 


26 
xonalarida joylashadi. 
Hamma barlarda stereofonik ovoz chiqaradigan jihozlar, televizor, o‘yin 
avtomatlari ham bo‘lishi kerak. Bundan tashqari 50 nafardan ko‘p kishiga 
mo‘ljallangan raqsga tushish maydoni ham bo‘lishi mumkin. 
Alkogol ichimliksiz barlar ommaviy dam olish joylarida tashkil etilib, har xil 
kasb egalari, yoshlar uchrashadigan joydir. U yerda asosan alkogolsiz ichimliklarni 
ichishadi. Did bilan bezatilgan, musiqa xizmatining a’lo darajada yo‘lga 
qo‘yilganligi tufayli bunday barlar tezda ko‘zga tashlanadi va dam oluvchilar 
uchun qulay joy bo‘lib xizmat qiladi. 
Salat barlar - maxsus peshtaxta bilan jihozlangan joy bo‘lib, asosan turli 
xildagi sabzavot va go‘shtli salatlarni taklif qiladi. Bunday barlarning o‘ziga xos 
jihati shundaki, unda har bir mijoz xuddi «shved stoli» usulidek taomlarni o‘zi 
idishlarga solib oladi.

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling