O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Restoran 
murakkab 
usullarda 
taomlarning 
keng 
assortimentini 
tayyorlaydigan ovqatlantirish korxonasidir. Bu kabi korxonalar mijozlarga 
buyurtma va firma taomlari, ichimliklar, tamaki va qandolat mahsulotlarini taklif 
qilib, mijozlarning yaxshi dam olishlari uchun yuksak darajada xizmat ko‘rsatadi. 
Restoranlar bir-biridan taklif qiladigan taomlar assortimenti, o‘rinlar soni va 
joylashgan joyi bilan farq qiladi. 
Shahar restoranlari - shahar ichida joylashgan bo‘lib, belgilangan ma’lum 
soatlardagina ishlaydi. Ular taom, gazak va ichimliklarning keng assortimentini 
taklif qilib, asosan tushlik va kechki taomlar tayyorlaydi. 
Temiryo‘l restoranlari - temiryo‘l, aerotemiryo‘l larda joylashgan bo‘lib, 
yo‘lovchilarga kechayu - kunduz xizmat qiladi. Bunday restoranlar taomnomasida 
taomlar, gazak va ichimliklar cheklangan bo‘ladi. 
Kema restoranlari - turistlar va yo‘lovchilarga xizmat qilishga 
mo‘ljallangan bo‘lib, nonushta, tushlik va kechki taomlar tayyorlanadi. 
Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish ofitsiantlar tomonidan amalga oshiriladi. Kema 
restoranlarida asosan qandolat mahsulotlari, turli xildagi ichimliklar hamda yo‘l 
uchun kerakli anjomlari sotiladi.
Yirik yo‘lovchi teploxodlari - bir yoki bir necha salon - restoranlarga, bufet, 
bar va jihozlangan oshxonalarga ega bo‘ladi. Salon - restoranlarda joylar soni 48 
o‘rindan 150 o‘ringacha bo‘lib, polga mahkamlangan stol - o’rindiq va servantlar 
bilan jihozlanadi.


25 
Vagon - restoranlar - uzoq masofalarga qatnovchi temiryo‘l poyezdlarida 
tashkil etiladi. Odatda bunday restoranlar bir kecha - kunduzdan ortiq safarga 
boruvchi yo‘lovchilar uchun xizmat qiladi. 
Kupe - bufetlar - bir kecha - kunduzdan kam yo‘l yuradigan poyezdlarda 
tashkil etiladi. Kupe-bufetlar uchun poyezdda 2 - 3 ta kupe savdo qilish va 
yordamchi xona sifatida ajratiladi. Kupe - bufet salondan to‘siq - vitrina bilan 
ajratilib, sovutgich shkaf va vagon osti qutilarga ega bo‘ladi. Asosan go‘sht 
mahsulotlari, pishirilgan tuxum, sut-qatiq mahsulotlari, non va qandolat 
mahsulotlari, issiq va alkogolsiz ichimliklar taklif qiladi. Yo‘lovchilarga bufetchi 
xizmat ko‘rsatib, taom tashuvchi ofitsiant boshqa vagonlardagi yo‘lovchilarga 
taomlar yetkazib beradi. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling