O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Taom do’konlari - aholiga har xil taom va qandolat mahsulotlari, yarim 
tayyor mahsulotlarni sotadi. Sotiladigan mahsulotlarga oldindan buyurtmalar qabul 
qilishi mumkin. Yirik taom do’konlarida esa issiq ichimliklar va qandolat 
mahsulotlari sotadigan kafeteriylar tashkil etiladi. Taom do’konlari aholi 
yashaydigan binolarda va odamlar gavjum bo‘ladigan ko‘chalardagi alohida 


30 
uylarda joylashishi mumkin. Ular restoran, oshxona va boshqa korxona filiallari 
xisoblanadi. 
Choyxonalar - gazaklar va ikkinchi issiq taomlar, choy va salqin 
ichimliklar, sotib olingan non mahsulotlarini chegaralangan assortimentda, yuqori 
darajada 
texnologik 
ishlov 
berilgan 
taomlarni 
taklif 
qiluvchi 
hamda 
iste’molchilarga tez xizmat ko‘rsatuvchi korxonadir.
Qahvaxonalar - iste’molchilarga keng assortimentdagi qahva ichimligini 
tavsiya qiladigan maxsus korxona bo‘lib, dunyoga mashhur bo‘lgan ichimliklar 
ularning taomnomasida bo‘ladi: 

tabiiy qahva (filter coffee); 

kapuchchino qahvasi (coffee cappuccino): qaynagan sut ko‘pigiga o‘xshash 
ko‘pikka ega bo‘lgan kuchli qora qahva, ba’zan dolchin va maydalangan shokolad 
qo‘shiladi; 

lyuts qahvasi (coffee luz): kuchli meva likeri bilan; 

korretto qahvasi (coffee corretto): uzum arog‘i bilan; 

varshava qahvasi (coffee Warsaw style): pishirilgan sut va sut ko‘pigi bilan; 

turk qahvasi (Turkish coffee): qand bilan qo‘shib qaynatilgan; 

espresso qahvasi (coffee espresso): kuchli qora kofe.
Qahvaxonada mijozlar kofedan tashqari boshqa ichimliklar, sharbatlardan 
tortib to kuchli alkogol ichimligigacha ichishlari mumkin. Muqobil ichimlik 
sifatida taomnomaga qora, ko‘k va o‘t choylari kiritilishi mumkin: 

ko‘k choy (green tee); 

na’matak choy (rose - hip tea); 

yalpiz choy (mint tea); 

ko‘kat o‘t choy (herb tea); 

romashka choyi (comomile tea); 

muz bilan choy (iced tea); 

qora choy (black tea). 
Qahvaxonalarda gazaklar xuddi restoranlardagidek bo‘lib, taomlar ham 
taomnomaga kiritiladi. 


31 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling