Oliy toifa nomi ham restoran va barlarga beriladi. Ushbu toifaga mansub
restoranlarning binolari noyob, zal intereri chiroyli, zamonaviy jihozlar, noyob
taomlar assortimenti, ko‘ngildagidek buyurtma va firma taomlari, shuningdek,
murakkab usullar asosida tayyorlangan alkogolli hamda alkogolsiz ichimliklari
bilan mashhurdir.
Restoran va xizmat xususiyatlari xisobga olingan holda idish - tovoqlar
tanlanadi. Qimmatbaho billur va chinnidan yasalgan har bir idish - tovoqda ishlab
chiqaruvchi korxona yoki restoranning tamg‘asi bo‘lishi shart. Bunday idish -
tovoqlardan banketlar, qabul marosimlarida ham foydalaniladi. Restoranda
foydalaniladigan matodan tayyorlangan sochiqlar, dasturxonlar, salfetkalar, qo‘l
sochiqlari zal xususiyatiga qarab buyurtma asosida tayyorlanadi. Bunday
buyumlarning har birida ham restoran tamg‘asi bo‘lishi kerak.
Oliy toifadagi restoranlarning banket zali, bari va kakteyl - xoli bo‘lib, ular
ham chiroyli bezatilgan bo‘lishi, restoran kabi talablarga javob berishi kerak. Luks
va oliy toifadagi restoran taomnomasi bosmaxonada chop etilishi zarur. Bu
restoranlar xorijiy mehmonlarga xizmat ko‘rsatadigan bo‘lsa, taomnoma ingliz,
fransuz, nemis tillarida yoziladi. Taomnomaning jildi, reklama afishalari, bukletlar,
varaqalar, tabrik - taklif qog‘ozlar va boshqa nashr reklamalari qalin va sifatli
qog‘ozlardan tayyorlanadi. Taomnomaning jildida restoran nomi va tamg‘asidan
tashqari restoranning mavzu yo‘nalishini ifodalovchi rasmlari ham bo‘lishi
mumkin.
Luks va oliy toifadagi restoranlarda orkestr chiqishiga mo‘ljallangan sahna
yoki joy ham bo‘ladi. Ansambl va teatr guruhlarining konsert dasturlari yoki
shoulari bilan mijozlarning yaxshi dam olishlariga sharoit yaratiladi. Luks
toifadagi restoranlarda yuqori sifatli maxsus stereofonik jihozlardan foydalaniladi
va har bir stolda ovozni bir me’yorda tartibga soluvchi asboblar o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |