Ma’muriyat - mehnat jamoasining bir qismini tashkil qiladigan direktor,
boshliq, mansabdor shaxslardir. Ma’muriyat o‘z huquq va majburiyati doirasida
jamoa faoliyati ustidan rahbarlikni amalga oshiradi, mehnat jamoasi nomidan ish
qiladi, ularning manfaatini himoya qiladi va burchlarini bajarishi uchun javob
beradi. Mehnat jamoasi ma’muriyat bilan bir qatorda restoran boshqaruvida
qatnashadi.
Ovqatlantirish korxonalari mehnat jamoasining butun maqsad va vazifalari
bitta - birgalikda mehnat qilib mahsulot tayyorlash va uni iste’molchilarga yetkazib
berishdir. Mehnat jamoasi xo‘jalik masalalarini muhokama qilish, qarorlar qabul
qilish, mehnat jarayonini rejalashtirish va tartibga solish huquqiga ham egadirlar.
Restoran mehnat jamoasi tarkibiga guruhlar, zvenolar kiradi. Restoranlarda
tashkil etiladigan oshpazlar guruhsi va ofitsiantlar mehnat jamoasining asosiy qismi
xisoblanadi. Guruhlar majmuali va maxsus bo‘lishi mumkin.
Majmuali guruhlar oshpazlarni, oshxona yordamchi ishchilarini, idish -
tovoq yuvuvchilarni birlashtiradi. Bunday ishchilar sonini ko‘paytirib rejali
ishlatilsa, unumli natijalarga erishish mumkin.
79
Oshpazlar
boshlig’i
Ofisiantlar
Ofisiantlar
boshlig’i
Oshxona
idish – tovoq
yuvuvchisi
Zal farroshlari
Kiyim qabul
qiluvchi,
shveysar
Omborxona uchun
mas’ul shaxs
Do'stlaringiz bilan baham: |