O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


 Taom yeyish madaniyati to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

3. Taom yeyish madaniyati to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. 
A) Mijoz o‘z o‘rnida yaxshi o‘tira bilishi, o‘zini to‘g‘ri, chiroyli tutishi, ovqat 
yeyish madaniyatiga rioya qilishi
B) O‘ng qo‘lda sanchqi bilan taom iste’mol qilishi
C) Taom iste’mol qilinib bo‘lgach, sochiqlarni tarelka ustiga qo‘yishi
D) Salfetkani o’rindiq suyanchig‘iga qo‘yishi
4. Stol atrofida o‘tirganda nimalar qilish mumkin emas? 
A) O’rindiqni stolga juda yaqin surish, shuningdek, ancha nariga jildirish 
mumkin emas. 
B) To‘g‘ri o‘tirish, bezovta bo‘lmaslik, o’rindiq suyanchig‘iga yyengilgina 
suyanib o‘tirish kerak.
C) Qo‘llarni ovqat kutayotganda tizza qo‘zlariga qo‘yib o‘tirish lozim. 
D) O’rindiq suyanchig‘iga yyengilgina suyanib o‘tirish kerak. 


74 
5. Go‘shtdan tayyorlangan issiq taomni iste’mol qilishda ishlatiladigan 
oshxona anjomlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang. 
A) Ovqatlanish jarayonida pichoq o‘ng qo‘lda, sanchqi chap qo‘lda 
ushlanadi.
B) O‘ng qo‘lda sanchqi ushlanadi.
C) Chap qo‘lda pichoq ushlanadi.
D) Hech qanday oshxona anjomisiz yeyiladi. 
 
Amaliy mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish uchun topshiriqlar: 
1- topshiriq: Ma’ruza mashg‘ulotida o‘tilgan «Dunyoning mashhur 
restoran zanjirlari» rejasi bo‘yicha o‘z iste’molchilarga ega bo‘lgan mashhur 
zanjirli restoranlar haqida ma’lumotlar to‘plang va taqdimotini tayyorlang. 
2 - amaliy topshiriq: Tasavvur qiling Siz ofitsiantsiz! 
Siz faoliyat yuritayotgan restoranga tug‘ilgan kun 
banketini o‘tkazish uchun buyurtma qabul qilinib, hammasi 
ko‘ngildagidek tashkil qilingan. Lekin banket egalari va 
mehmonlar aytilgan vaqtdan 1 soat kech kelishdi. 
Buyurilgan taomlar mehmonlar kech kelganligi sababli 
boshqa mijozlarga sotilgan. Mijoz aynan shu taomni 
buyurtma qilmoqda, biroq buyurilgan taomni tayyorlashga 
ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. Bu esa tushunmovchiliklarga sabab 
bo‘lmoqda. Restoran ofitsianti sifatida Siz bu muammoni 
qanday bartaraf etasiz? 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling