O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
Tashkiliy - ma’muriy usul boshqarish usullari tizimida alohida o‘rin tutadi. Bu
usullarga: boshqarish jihozining muayyan strukturasini tuzish; har bir boshqaruv bug‘inining funksiyalarini belgilash; kadrlarni to‘g‘ri tanlash; buyruqlar, farmoyishlar va qarorlar chiqarish, ularning bajarilishini nazorat qilish; topshiriqlar va ko‘rsatmalarni bajarmayotgan bo‘lim va xodimlarga nisbatan choralar ko‘rish. Tashkiliy - ma’muriy usul yuqori organlar hokimiyatiga va quyi organlarning buysunishiga asoslanadi. Shuning uchun ular ko‘pincha ma’muriy usullar deb yuritiladi. Yuqori ma’muriy organlar boshqariluvchi ob’ektning bajarishi majburiy bo‘lgan tartib - qoidalarni ishlab chiqadi, shuningdek, buysunuvchi organlarga farmoyishlar beradi. Tashkiliy usullar shu yo‘l bilan boshqarish tizimida ichki aloqalarning tarkib topishiga yordam beradi. Tashkiliy - ma’muriy usul boshqaruv organlarining o‘zaro aloqada ishlashini, boshqaruv munosabatlarini aks ettirib, bajaruvchi ob’ektlarga ma’muriy ta’sir ko‘rsatishning butun mexanizmini ifodalaydi. O‘z mohiyatiga ko‘ra ma’muriy boshqaruv bozorga xos bo‘lgan tartibga solish harakatiga to‘sqinlik qiladi. Biroq, rivojlangan bozor sharoitida ham boshqarishning ma’muriy usullari o‘z ahamiyatini saqlab qoladi va zarur bo‘lganda ulardan foydalaniladi. Ma’muriy usullardan: iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish; atrof - muhitni muhofaza qilish; xavfli texnologiyalardan foydalanish, zararli ishlab chiqarish mahsulotlarini chiqarib tashlashni ta’qiqlash; odamlar sog‘ligiga zararli mahsulotlar reklamasini ta’qiqlash kabi sohalarda. Boshqarishning tashkiliy - ma’muriy usuli ikki shaklda: 87 tashkiliy ta’sir ko‘rsatish usullari; farmoyish berish usullari. Tashkiliy - ma’muriy usulning bu ikkala shakli birgalikda qo‘llaniladi, bir - birini to‘ldiradi va rivojlantiradi. Har ikkala shaklning uyg‘unlashuvi ishlab chiqarish sharoitlarini xisobga olgan holda optimal bo‘lishi kerak. Boshqarishning tashkiliy – ma’muriy usulida qo‘llaniladigan bo‘yruq berish, nazorat qilish, jazolash usullari ko‘p hollarda tanqid qilinadi. Lekin keyingi vaqtlarda ma’lum bo‘ldiki, jamoada tartibni saqlash, ishlab chiqarishdagi intizom, javobgarlikni sezish aynan shu usulni qo‘llashda namoyon bo‘ldi. Bu usulda boshqaruvning ketma – ketligi yoki bir – biri orqali boshqaruvchilik xususiyatlari yo‘q qilindi. Ma’muriyat o‘z bo‘yrug‘i yoki ko‘rsatmalari bilan butun bir jamoaning bir me’yorda ishlashini taminlaydi. Lekin bu usulning kamchiligi shundan iboratki, tashkilot xodimlarining sustligi, befarqligi oqibatida rahbar o‘z xizmat vazifalarini, vakolatlarini suistemol qilishi mumkin. Shuning uchun ham tashkiliy – mamuriy boshqaruv usulini qo‘llaganda rahbardan tortib to oddiy xodimning huquqlari va burchlari ma’muriyat hamda jamoa o‘rtasidagi mehnat shartnomasida qayd qilinishi lozim. Download 6.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling