O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Xodimlarning restoran mijozlari bilan


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

2. Xodimlarning restoran mijozlari bilan 
muomala madaniyati 
 
Restoranlar 
tizimiga 
axborot 
texnologiyalarini 
kiritgan 
rahbarlar 
boshqarishning yuqori darajalariga erishmoqda. Bu usul mijozlar uchun ayniqsa, 
katta qulaylik tug‘diradi. Quyidagi ishlarni bajarish avtomatik tarzda amalga 
oshirilishi mo‘ljallanadi: 

tashrif buyurgan turistlarning ovqatlantirish jadvalini ishlab chiqish; 

buyurtmalar va ularning navbatdagilarini xisobga olib taomnoma tuzish; 

ishlab chiqarishni boshqarish; 

xizmatni boshqarish; 

yakka buyurtmalarni xisobga olish; 

xisob - kitob ishlarini olib borish. 
O‘z ish faoliyatida ofitsiant quyidagi tamoyillarga amal qilishi kerak:

kasbiy burchini yuqori darajada anglashi;

mehnatga ijodiy munosabatda bo‘lishi;

do‘stlarcha o‘zaro yordam muhitni yaratishi.


137 
Ofitsiant qobiliyatli kasb egasi va yuqori darajali mutaxassis bo‘lishi kerak. 
Mutaxassis shaxs bo‘lgan qobiliyatli ofitsiant quyidagi psixologik sifatlarga ham ega 
bo‘lishi lozim: 

xushmuomalalik; 

insonlar bilan til topishib ketadigan; 

chidamli, sabr - toqatli, ruhan tetik, bosiq, o‘zini qo‘lga oladigan

ziyrak, yaxshi xotira egasi; 

o‘zgalar kayfiyatini sezadigan; 

didli, nutqi ravon, so‘zlarni tushunarli aytadigan; 

shakl, rang, hajmni sezadigan; 

diqqatni o‘ziga va boshqalarga jalb qila oladigan; 

xisob - kitobni tez va aniq bajaradigan; 

odamlar xususiyati farqiga boradigan va b. 
Ofitsiant yaxshi psixolog bo‘lishi kerak, chunki restoranga tashrif 
buyuruvchilarning kayfiyatini tez tushunishi, ularga munosib muomalada bo‘lishi, 
tegishli xizmatni boshlashi kerak. O‘zini to‘g‘ri anglashi, o‘z hissiyotini ongli 
boshqarishi lozim. Ish bo‘yicha o‘z hamkasblarini yaxshi bilishi, bir - birini tushungan 
holda o‘rtoqlarcha munosabatda bo‘lishi kerak. 
Har bir mijozga nisbatan ofitsiant mehmondo‘stlik, ziyraklik, bosiq, odoblilikni 
o‘zida mujassam qilgan bo‘lishi shart. Agar mijozlar biron masala bo‘yicha boshqa 
stolga xizmat ko‘rsatayotgan ofitsiantga murojaat qilib qolsalar, ofitsiant so‘zsiz 
quloq solishi, imkoniyati bo‘lsa bajarishi, agar imkoniyati bo‘lmasa, o‘sha mijozga 
xizmat qilayotgan ofitsiantni chaqirib masalani hal qilishi zarur. Bordiyu, mijoz biron 
- bir narsadan norozi bo‘lib, shovqin-suron ko‘tarsa, ofitsiant muloyimlik bilan, 
gunohkor bo‘lmasa ham, kechirim so‘rab vazitni tinchitishi kerak.
Ofitsiant shunday ishlashi kerakki, zaldagilarning diqqatini o‘ziga jalb 
qilmasligi, mijozlar suhbatiga halaqit bermasligi idish - tovoqlarni ovoz 
chiqarmasdan, hamkasblarini baqirib chaqirmasdan, mijozlarga sekin va yoqimli 
ovozda javob berishi kerak.


138 
Ofitsiantning sherigi kerak bo‘lgan idishni ishlatib qo‘ygan bo‘lsa, ofitsiant 
nima qilishi kerak, zalda idishimni topib ber, deb janjallashishi kerakmi? Yo‘q, 
boshqa idish olib kelib xizmatni davom ettirishi zarur. Chunki u madaniyatli 
xodimdir.
Ofitsiant mijozlar bilan munosabatda juda xushmuomalali bo‘lishi talab 
qilinadi. Biron narsa olib kelib qo‘yganda «marhamat» deyishi, «kechirasiz, taom 
bersam bo‘ladimi» kabi so‘zlar bilan muomala qilishi kerak, agar mijoz qoshiq, 
sanchqi, salfetka va boshqalardan birontasini tushirib yuborsa, bunday paytda 
ofitsiant avval idish va buyumlarning o‘rniga tozasini olib kelib, so‘ngra pastga 
tushgan idish va buyumlarni olishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Pastga tushgan idish 
va buyumlarni zinhor mijoz olmasligi kerak. Odatda toza idish va buyumlarni 
ofitsiant patnis yoki tarelkada olib kelib berishi lozim. Ofitsiant narsalarni mijozga 
yaqin turgan qo‘li bilan uzatadi. O‘zbek odati bo‘yicha hamma vaqt o‘ng qo‘l bilan 
uzatish lozim va bu milliy an’anamiz talablariga mos keladi. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling