135
mijozlar bilan muomala qilganda o‘zini
tuta bilishi, professional etika
me’yorlariga amal qilgan holda muloyimlik,
xushmuomalalik, e’tiborli va ogoh
bo‘lishi;
mehmondo‘stlik muhitini yarata olishi;
mijozlar bilan muloqot qilganda mehribon va sabrli, irodali bo‘lishi,
ziddiyatli vaziyatlarning oldini olish qobiliyatiga ega bo‘lishi shart.
Kiyim qabul qiluvchi. Restoranga kirishda ustki kiyimlarni yechadigan joy
tashkil etiladi. U yerda xizmat ko‘rsatuvchi xodim mehmonlarning ustki kiyimlarini
va boshqa
buyumlarini qabul qilib oladi, kiyim osilgach, nomeri yozilgan jeton
beradi. Kiyimlarni iluvchi topshirilgan buyumlar uchun mas’ul xisoblanadi.
Jeton
qaytarilgach, topshirilgan buyumlar olib beriladi. Kiyim qabul qiluvchi ustki kiyimni
kiyishda mehmonlarga yordamlashadi. Uning vazifasiga yana mabodo kiyim
tugmalari va ilgichlari uzilgan bo‘lsa, tikib berishi ham mumkin, lekin bu ish uchun
xizmat haqi talab qilinmaydi.
Kiyim qabul qiluvchining eng muhim
vazifasi restoranga tashrif
buyuruvchilarning shaxsiy buyumlarini qabul qilib olish va saqlash qoidalarini
bilishdir. Mijozlarning bosh kiyimlari va boshqa buyumlarini qabul qilmaslik mumkin
emas. Restoranga tashrif buyuruvchi mijozlar agarda berilgan jetonini yo‘qotib
qo‘ysa, kiyim qabul qiluvchi tegishli hujjatlarni rasmiylashtiradi.
Shveysar. Restoran direktori tomonidan tayinlanib, u mehmonlarni kutib oladi,
eshiklarni ochib - yopib turadi, restoranga tashrif buyuruvchilarga axborot beradi.
Restoranning yopilishi oldidan kiruvchilarni to‘xtatadi. Mehmonlar iltimosiga ko‘ra
taksi chaqirib berish ham uning vazifasiga kiradi. Restoranga kirish qismi tozaligiga
qarab, oyna,
eshiklarni, polni artib tozalab turadi. Restoran eshigi atrofi va
tashqarisining ozodaligini ham nazorat qiladi. Signalizatsiya tizimini,
reklama
vositalari to‘g‘ri osilganini kuzatadi.
Shveysar quyidagilarni bilishi shart:
shveysar o‘z ishining mutaxassisi bo‘lishi;
ovqatlantirish korxonalariga tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish
qoidalarini bilishi;
136
restoran zallarining joylashishini yaxshi bilishi;
yong‘inga qarshi vositalarning qayerda o‘rnatilganligini bilishi;
eng yaqin joylashgan ovqatlantirish korxonalarini bilishi;
taksi, ichki ishlar, tez yordam va o‘t o‘chirish xizmatlari telefon
raqamlarini bilishi shart.
Ovqatlantirish korxonasidagi barcha xodimlarning
asosiy vazifasi mijozlarga
yuqori darajada xizmat ko‘rsatishdir. Mijozlar mazzali taomlar va ichimliklar bilan
yaxshi ta’minlansa, ular chin dildan minnatdorchilik bildirishsa - bu ovqatlantirish
korxonalar xodimlari uchun eng katta yutuq xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: