O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Xulosa. Ushbu mavzu orqali siz restoranlar va ovqatlantirish korxonalarining 
yuzi bo‘lgan taomnomaning mohiyati, tuzilishi va turlari haqida ma’lumotga ega 
bo‘ldingiz. Taomnoma restoranlar va ovqatlantirish korxonalariga tashrif 
buyuradigan har qanday mijoz yoki chet ellik turist uchun mo‘ljallangan bo‘lib, shu 
orqali kunlik yoki maxsus taomlar hamda ichimliklar haqida ma’lumotga ham ega 
bo‘lishi mumkin. Bu esa mijozlarga qulaylik va yangilik tug‘diradi. Shuning uchun 
taomnomani tuzishda bu kabi omillarni inobatga olish korxonaning muvafaqqiyatli 
faoliyat olib borishiga sabab bo‘ladi.
Tayanch so‘z va iboralar: taomnoma, taomnoma turlari, taomnoma mazmuni, 
taomnomani tuzish, taomnoma bo‘yicha xizmat ko‘rsatish, kafe taomnomalari
taomnomaga qo‘yiladigan talablar, turistlar uchun taomnomalar. 
 
Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish uchun savollar:
 
1. Restoran taomnomasining kelib chiqish tarixi haqida ma’lumotlar bering. 
2. Restoranlarda foydalaniladigan taomnomalarning mohiyatini tushuntirib 
bering. 
3. Restoranlarda taomnomalar qanday ahamiyatiga ega? 
4. Taomnoma tuzish tartibini tushuntiring. 
5. Taomnoma turlarini sanab bering. 
6. Taomnomaning qanday turlari mavjud? 
7. Taomnomani tuzishda qanday talablar qo‘yiladi? 
8. Xorijiy turistlar uchun mo‘ljallangan taomnomaning o‘ziga xos 
xususiyatlari nimalardan iborat? 


214 
Mavzu yuzasidan test savollari:
 
1. Karl IX ning saroyidagi ziyofat uchun mo‘ljallangan «1 - Taomnoma» 
qachon ishlab chiqilgan? 
A) 1571 - yilda 
B) 1470 - yilda 
C) 1600 - yilda 
D) 1671 - yilda 
2. «A la carte» taomnomasiga to‘g‘ri ta’rif berilgan javobni belgilang. 
A) Turistlarning o‘zlari tanlaydi. 
B) Turistlarga turistik firma tashkillashtiradi. 
C) Turistlar oldindan buyurtma berishadi. 
D) Mehmonxona tomonidan tashkillashtiriladi. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling