O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
Muammoni yechish yo‘llari: 1. Avval muammoni yaxshilab o‘rganib tahlil qiling. 2. Uning hal qilish yo‘llarini topishda har xil usullardan foydalaning. 3. Ushbu muammoni yechimini topishda biron restoran misolida ko‘rib chiqing. 39 3 - Mavzu: RESTORANLAR OVQATLANTIRISHNING ASOSIY TIZIMI SIFATIDA Reja: 1.Restoran biznesi haqida umumiy tushuncha 2. Restoranda xizmat ko‘rsatish madaniyati 3.Xizmatlarni standartlash va sertifikatsiyalash 4. Dunyoning mashhur restoran zanjirlari 1. Restoran biznesi haqida umumiy tushuncha Restoran biznesi bu - qadimgi davrlardan mashhur bo‘lib kelgan faoliyat turlaridan biridir. Restoran biznesi egasi yoki sohibi «restorator» deb nomlanib, bu so‘z fransuzcha «restaurateur» so‘zidan kelib chiqqan. Ovqatlantirish korxonalarida restorator shuningdek, marketing bo‘yicha direktor yoki korxonaning rahbarlik lavozimini ham bajarishi mumkin. Xuddi shuningdek, restorator o‘z korxonasi uchun bosh - oshpazni ishga yollashi yoki tanlashi mumkin. Ba’zi hollarda bosh - oshpaz yuqori malakali mutaxassis sifatida restoran ochib, o‘zi restorator bo‘lib faoliyat olib borishi mumkin. Xitoyliklar restoranlarni hozirgi kunda qanday holatda mavjud bo‘lsa, shundayligicha o‘ylab topishgan. U yerda Tang sulolasi davri (618 - 906 - yillar)da restoranlar mavjud bo‘lgan. Aynan shu mamlakatda bu biznes sezilarli darajada rivojlangan va ayrim qadimiy tashkilotlar hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Ulardan biri 1153 - yilda bunyod etilgan «Bucket Chicken House» restoranidir. Bunday joylar antik va Qadimgi Rimda ham mavjud bo‘lgan, ammo ular faqat turistlar uchun restoran xisoblanib, mahalliy aholi esa u yerga deyarli tashrif buyurishmagan, chunki u yerni o‘yin - kulgi joyi deb xisoblashmagan. Bir necha yuz yildan so‘ng XVIII asrga kelib, Yevropada ham restoranlar faoliyati boshlangan va o‘sha davrdan vaqtni maroqli o‘tkazadigan joy sifatida 40 qaralgan. Bunda mijozlar xohishiga ko‘ra taom buyurtirishi, restoranda suhbatlashishi va kechki vaqtini yaxshi o‘tkazish uchun kelishgan. Bunday restoranlar ichida eng qadimiysi sifatida Madridda joylashgan «Sobrino de Botin» ni aytish mumkin. Ushbu restoran 1725 - yilda ochilgan bo‘lib, aynan shu bilan G‘arbda restoran biznesi rivojining tarixi belgilangan. Ammo «restoran» atamasi keyinroq 1765 - yilda paydo bo‘lgan. Bu nomni hech ikkalanmasdan parijliklar o‘ylab topishgan, chunki aynan ular restoranga haqiqiy madaniyat koshonasi deb qarashgan va hozirgacha fransuz restoranlari mijozlar bilan gavjumdir. Restoran so‘zi lotinchada «qayta tiklash, mustahkamlash» degan ma’nolarini anglatadi. 1782 - yilda Fransiyadagi restoranlar zamonaviylari (hozirgi kundagilari)ga juda ham o‘xshash bo‘lgan: ular belgilangan vaqtda ishlagan; mijozlar alohida - alohida stollarda o‘tirishgan; mijozlar o‘zlariga taomnomadan foydalangan holda taom buyurishgan va boshqalar. Birinchi shunga o‘xshash joy «Grande - Taverne de Londres» restorani bo‘lgan. Download 6.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling