O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
Birinchi toifaga mansub restoranlarning vitrinalarini bezash luks va oliy
toifadagi restoranlarga nisbatan oddiyroq bo‘ladi. Restoran zalida mijozlar uchun qulayliklar yaratish maqsadida turli ko‘rinishdagi manzarali elementlar va 34 zamonaviy jihozlar bilan bezatiladi. Restoranlarda jihozlarning asosiy turlari: ikki, to‘rt, olti va sakkiz kishi sig‘adigan stollar (to‘g‘ri burchakli, kvadrat, aylana va boshqa shakllarda), restoran o’rindiqlari, divanlar, ofitsiantlar uchun servantlar, guldonlar, xizmat uchun stollar mavjud bo‘ladi. Birinchi toifadagi restoranlarda metalldan yasalgan idish - tovoq va anjomlardan foydalaniladi, oshxona idishlari zanglamaydigan po‘latdan hamda chinnidan yasaladi. Dasturxonlar, salfetkalar, qo‘l sochiqlar oq va rangli matolardan bo‘lishi mumkin. Firma taomi - maxsus ro’yxat bo‘yicha bir korxonada ishlab chiqariladigan taomga aytiladi. Hozirgi kunda ba’zi restoranlar faoliyatida oilaviy ovqatlantirish tajribasi amalga oshirilmoqda. Xizmatning bu turida maxsus taomnoma tuzilib, yosh bolalar inobatga olinadi. Taomnomadagi taomlar esa uncha qimmat bo‘lmasligi kerak. 3. Ovqatlantirish korxonalarini joylashtirish tamoyillari Ovqatlantirish korxonalarini to‘g‘ri joylashtirish - aholini ish joyida, manzilida, dam olishida ovqatlantirishni to‘la ta’minlashdan iboratdir. Ovqatlantirish korxonalarini ochishda quyidagi holatlar xisobga olinadi: aholi soni; uning tarkibi va ehtiyoj qobiliyati; geografik joylashuvi; ishlab chiqarish korxonasi; aholi yashaydigan joylarning masofasi (uzoq - yaqinligi). Shundagina ovqatlantirish korxonasidan aholi yaxshi foydalanishi mumkin. Aholi zich joylashgan yirik shaharlarda xalqning qaysi tomonga qarab ko‘proq harakat qilishi ham xisobga olinadi. Bundan tashqari faqat shu atrofda yashaydigan aholi, yaqin masofadagi korxona, muassasa xodimlarigina emas, balki tashrif buyuradigan mijozlar ham nazardan chetda qolmasliklari kerak. Aholi ehtiyojini, ularning harakat yo‘nalishlari va gavjum bo‘ladigan joylarini o‘rganish natijasida 35 yirik oshxonalar, tamaddixonalar, kafelar, barlar va restoranlarni aholining ishga layoqatli qismi, turli xildagi korxona va muassasa xodimlari, ko‘chadagi aholining harakatlarini xisobga olgan holda joylashtirish mumkin. E’tiborga olinadigan jihatlardan yana biri aholining kundalik va davriy iste’mol ehtiyojidir. Kundalik ehtiyojda xaridorlar sotib oladigan mahsulotlar turlarini, ayniqsa, ovqat magazini xodimlari yaxshi bilishlari kerak. Bunday magazinlar shu hududda yashovchi aholiga juda qo‘l keladi. Bunda yaqin masofada mehnat qiladigan kishilar tez ovqatlanishi va kerakli mahsulotlarni uylariga olib ketishlari mumkin. Shuning uchun bunday magazinlar 5 - 10 daqiqalik masofada, 500 metr radiusda joylashishi maqsadga muvofiqdir. Aholi zich joylashmagan shaharlarda magazinlargacha masofa 800 metrgacha bo‘lishi, xaridorlar 15 daqiqadan ortiq yurmasliklari kerak. Davriy iste’mol ehtiyojlari kafe va tamaddixonalarda, shuningdek, kichikroq restoranlarda ko‘proq uchraydi. Bunda xizmat ko‘rsatish radiusi 800m.dan oshmasligi kerak. Yirik restoranlar uchun bu masofa 1,5 - 2 km.ni tashkil etadi. Tayyorlov korxonalari yarim tayyor va boshqa mahsulotlarini ta’minlash berishi uchun oshxona, kafe, restoranlar qulay joyda joylashgan bo‘lishi lozim. Yirik shaharlarda tayyor mahsulotlar sovutilib, tez muzlatilgan holda, shuningdek oliy darajada tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlovchi korxonalar tomonidan tayyorlab beriladi. Bu usul ovqatlantirish korxonalari xodimlari uchun ham, aholi uchun ham qulaylik yaratadi. Xulosa. Ushbu mavzu orqali ovqatlantirish korxonalarining turlari va tasniflanishi, uning faoliyati hamda toifalari haqida ma’lumotlarga ega bo’lish mumkin. Buning natijasida nafaqat talabalar, balki soha vakillari ham ovqatlantirish korxonalari faoliyatini yuritishlarida, qolaversa xorijiy turistlarga xizmat ko’rsatishda, yangi turlarni tashkil qilishda kerak bo’ladigan fikr va mulohazalarga ega bo’ladilar. Download 6.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling