O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


 Xizmatlarni standartlash va sertifikatsiyalash


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

3. Xizmatlarni standartlash va sertifikatsiyalash 
 
Iqtisodiyotning hozirgi rivojlanishi mahsulot va xizmatlar sifatiga yangi 
talablar qo‘yadi. Xizmat (mahsulot) sifati korxona faoliyatining muhim 
ko‘rsatkichlari qatoridan joy oladi. Sifatning oshishi korxonaning bozor sharoitida 
joy saqlashi va muvaffaqiyatini, texnik taraqqiyotning o‘sish sur’atlarini, 
innovatsiyalarni joriy qilinishi korxona tomonidan ishlatilayotgan barcha turdagi 
resurslar tejamini belgilab beradi. 
Xizmatlarga qo‘yilayotgan talablar iste’molchilar tomonidan bevosita his 
qilinadigan tavsiflar bilan bog‘liq va uni baholash ob’ekti xisoblanadi. Xizmatlarni 
taqdim etishga qo‘yilayotgan talablar xizmatlarni taqdim etishni tashkil qilish 
sifatiga, tegishli bo‘lgan tavsiyalarga bog‘liq. 
Xizmatga bo‘lgan talablarga bog‘liq tavsiflarga quyidagilar kiradi: 

Kutish vaqti, xizmatni taqdim etish vaqti, muddatning aniqligi; 

Xizmatning bajarilishi, xizmatning to‘liqligi, xisob kitobning aniqliligi; 

Ishonchlilik darajasi, xavfsizlik, his qilish tezligi, xushmomalalik, 
qulaylik, estetik holat va gigiyena (sifatning tavsifi). 
Ovqatlantirish sohasida xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘rsatkichlari 
quyidagilardan iboratdir: 

beriladigan taom issiq yoki sovuqligi va taom sifatini yuqori darajada 
tashkil etish; 

restoranda beriladigan taomlar assortimentining turli-tumanligi, ichimlik 
va boshqa mahsulotlar turi bo‘yicha mijozlarga mos kelishi; 

ovqatlantirish jarayonida xizmat ko‘rsatilayotgan mijozga nisbatan 
xushmuomalada bo‘lishi, taomnomadan mijozning o‘zi foydalanishi, mijozlar talab 
- ehtiyojlariga hushyor bo‘lib turishi lozim. Mijoz buyurtmasining bajarilish tezligi 
va ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng taom haqqini to‘lash usulini qo‘llash; 

taom iste’mol qilayotganda mijozlarga xizmat ko‘rsatish, vino va 
ichimliklarni ryumka, fujerlarga qo‘yish tartibi, xizmat ko‘rsatish jarayonida 
ofitsiantlar barcha qoidalarga rioya qilishi shart; 


50 

zaldagi tozalik va shinamlikni ta’minlash, zalning intereri mijoz didiga 
javob berishi, xizmat ko‘rsatiladigan mijozlarga zallarda boshqa sharoitlarni ham 
yaratishi zarur; 

shaxsiy gigiyena, tashqi ko‘rinish restoran kategoriyasiga javob berishi 
kerak. 
Ovqatlantirish sohasida taom va ichimliklarni o‘rnatilgan sertifikatsiya va 
standartlar asosida, belgilangan narxlarda iste’molchilarga yetkazish asosiy 
talablardan biridir. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xizmat sifati muammolarini hal etishda 
ko‘pchilik hollarda sifat standartlari tizimini shakllantirish egallaydi. U sifatni 
boshqarish tizimini tashkil etish va faoliyat yuritishga me’yoriy - huquqiy 
vazifasining asosi xisoblanadi. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling