O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Taom yeyish madaniyati - avvalo mijoz o‘z o‘rnida qulay o‘tira olishi, 
mijozlar o‘zini to‘g‘ri va chiroyli tutishi, taom yeyish madaniyatiga rioya qilishi 
lozim (1-rasm). 
Mijozlar stol atrofida o‘tirganlarida quyidagi asosiy qoidalarga rioya 
qilishlari tavsiya etiladi: 
 Stol atrofida to‘g‘ri o‘tirishi, bezovta bo‘lmaslik, o’rindiq suyanchig‘iga 
yyengilgina suyanib o‘tirishi kerak. O’rindiqni stolga juda yaqin surish, shuningdek, 
ancha nariga siljitish ham mumkin emas;
Qo‘llarni ovqat kutayotganda tizza ko‘zlariga qo‘yib o‘tirish maqsadga 
muvofiqdir. Qo‘llar bilan sochlarni to‘g‘rilash, peshona va bosh terlarini artish, 
qo‘llarni iyakka tirab o‘tirish, dasturxonni o‘zicha to‘g‘rilash, idish - tovoqlarni 
qo‘zg‘atish, sonini nazorat qilish tavsiya qilinmaydi. Taomni iste’mol qilayotgan 
paytda esa tirsakni stol ustiga tirab o‘tirish kerak emas; 


45 
Tanaffus 
Tanaffus 
Tanaffus 
Keyingi taomni 
kutyapman 
To’xtatildi.
Taom yoqdi. 
To’xtatildi.
Taom yoqmadi. 
To’xtatildi. 
To’xtatildi. 
To’xtatildi. 
1 - rasm. Taom yeyish madaniyati qoidalari
5
 
 Sochiqcha yoki salfetkani yozib tizza ustiga qo‘yib o‘tirish lozim. U 
kiyimni taom sachrashidan himoya qiladi. Taom yeyish jarayonida lablarni 
oshkora artmasdan, salfetkani yyengilgina lablarga bosish tavsiya etiladi, agar 
qog‘oz salfetkalar bo‘lsa, maqsadga muvofiqdir. Taom iste’mol qilingandan so‘ng, 
sochiqlarni tarelkaning o‘ng tomoniga, agar tarelkalar olingan bo‘lsa, uning o‘rniga 
tahlamasdan qo‘yilishi kerak; 
 Non tarelkalarda beriladi va qo‘l bilan olinadi. Kesilgan yoki sindirilgan 
bo‘laklari olinadi. Somsalar sindirilmay, butunligicha yeyiladi. Saryog‘ uchun 
sindirilgan va kesilgan non bo‘lagi o‘ng qo‘l bilan olinadi, pichoq bilan o‘ng 
qo‘lda saryog‘ suriladi. Maxsus pichoq bo‘lishi ham mumkin. Ishlatilayotgan 
5
http//www.chefs.uz/horeca /HORECA/oktyabr 2014 


46 
pichoqda surtilsa ham bo‘ladi, lekin undagi taom yuqi saryog‘ga o‘tmasligi kerak. 
Qiyom, jem, povidlolar tarelkaga olinadi, so‘ngra non bo‘lagiga surtiladi; 
 Buterbrod - qo‘l bilan olinadi, pichoq va sanchqi yordamida yeyiladi
 Hamma uchun umumiy taom qo‘yilganda mijozlar o‘z oldidan 
keraklisini tarelkasiga solib iste’mol qilish mumkin; 
 Kolbasa, vetchina tarelkaga solinadi, pichoq va sanchqi yordamida 
yeyiladi. Baliq, go‘sht, sabzavot gazaklari pichoq va sanchqi yordamida iste’mol 
qilinadi; 
 Bul’on va pyure - sho‘rva kosalarda suziladi va qoshiq bilan ichiladi. 
Taomni sovutaman deb kosa hamda qoshiqlarga puflash tavsiya etilmaydi. Uni 
qoshiq bilan aralashtirish va sovushini kutish kerak. Agar taom ichida yirik 
mahsulotlar bo‘lsa, qoshiq bilan bo‘lib yeyiladi. Kosa oxirida qolgan ozgina 
taomni olish uchun kosani qiyshaytirib qoshiq bilan olinadi; 
Go‘shtdan tayyorlangan issiq taomlar pichoq va sanchqi bilan yeyiladi. 
Ovqatlanish vaqtida pichoq o‘ng qo‘lda, sanchqi esa chap qo‘lda ushlanadi. 
Pishgan go‘shtni har kim o‘z xohishiga qarab kesadi. Lekin go‘shtning hammasini 
kesib, so‘ngra sanchqi bilan yeyish tavsiya etilmaydi. Oz - ozdan kesib iste’mol 
qilinsa, go‘sht sovumaydi. Kotlet, tefteli va boshqalarni pichoq bilan kesib o‘tirish 
shart emas, sanchqi bilan bo‘lib iste’mol qilish ham mumkin; 
 Ovqatlanish vaqtida pichoq va sanchqidan foydalanganda har ikkalasini 
qo‘ldan qo‘ymaslik kerak. Sanchqi bilan taom olinganda pichoq bilan rostlanadi, 
to‘g‘rilanadi, ammo pichoq bilan taom bo‘laklari sanchqi ustiga qo‘yilmaydi; 
 Parrandalar go‘shtini yeyishda pichoq va sanchqi bilan go‘shti suyakdan 
ajratilib, so‘ngra uni qo‘l bilan yeyish mumkin. Taomdan so‘ng qo‘l issiq suvda 
yuviladi. Ba’zida baliqli taomlar yeyishda pichoq ishlatilmaydi. Sanchqi bilan 
go‘shti suyakdan ajratiladi va birdaniga sanchqi bilan iste’mol qilinadi;
 Qush va baliq go‘shtlaridan ajratilgan suyaklar alohida tarelkaga 
solinishi kerak; 
 Baliqli taomlar uchun limon bo‘lagi berilsa, sanchqining orqa tomoni 
bilan siqib sharbati chiqariladi; 


47 
 Yumshoq taomlar, kartoshka, sabzavot va boshqalar pichoq bilan 
kesilmay sanchqi yordamida bo‘laklarga bo‘linadi. Kartoshkani bo‘lganda atalaga 
aylantirib yuborish yaramaydi; 
 Guruchli suyuq taomlar qoshiq bilan, quyuqlari esa sanchqi bilan 
yeyiladi; 
 Pishirilgan tuxumning po‘sti choy qoshiq bilan urib sindiriladi va 
tozalanadi, so‘ngra pichoq bilan kesib, iste’mol qilinadi. Qovurilgan tuxum esa 
sanchqi bilan yeyiladi. Agar tuxum vetchina bilan qovurilgan bo‘lsa pichoq bilan 
kesilib, sanchqi bilan yeyiladi. Omlet va kartoshka oladisini ikkita sanchqi 
yordamida yeyish mumkin. Pashtet odatda sanchqi bilan yeyiladi, ammo uni nonga 
surib iste’mol qilsa ham bo‘ladi; 
 Taomni shoshmasdan yeyish, taom iste’mol qilish jarayonida og‘izdan 
tovush chiqmasligi kerak. Taom yeyishda gavdani imkoni boricha to‘g‘ri tutish, 
tarelka ustiga yotib olmaslik lozim; 
 Taomni iste’mol qilish jarayonida lunjni to‘ldirib olish shart emas. 
Ovqatlanish vaqtida fujer yoki non olish zarur bo‘lib qolsa, pichoq va sanchqini 
bir-birining ustiga qo‘yib, ya’ni sanchqining uchli tomoni pastga, pichoqning o‘tkir 
tomoni chapga qaratib tarelkaga qo‘yish ham mumkin. Pichoq va sanchqilarning 
sop tomoni stolga, uch tomoni tarelka chetiga qo‘ysa ham bo‘ladi, ammo u holda 
uch tomonidagi suyuqlik dasturxonga oqishi yoki sidirilib tushib ketib, dasturxonni 
yoki mijoz kiyimini iflos qilishi mumkin; 
 Mijoz qoshiq, sanchqi va pichoqlarni yerga tushirib yuborsa, ofitsiant 
tezda uni tozasiga almashtirib berishi kerak. Atrofdagilarning diqqatini jalb 
qilmaslik uchun ovqatlanayotgan mijoz engashib, tushib ketgan narsa va 
anjomlarni olmasligi va ofitsiantdan uzr so‘ramasligi kerak. Ovqatlanib bo‘lgach, 
mijoz tarelkalarni o‘z oldidan nariga surib qo‘ymasdan, pichoq, qoshiq va 
sanchqilarni qoidaga muvofiq tarelkaga terib qo‘yishi lozim. Ularni tartibli qilib 
soplarini o‘ng tomonga parallel holda, sanchqilarning uchli bukilgan tomonlari 
yuqoriga qaratib qo‘yiladi; 


48 
 Mevalardan olma va noklarning po‘sti archiladi, o‘rtasi tozalanadi, 
tarelkalarga teriladi, uni qo‘l bilan yeyish mumkin; 
 Olxo‘ri, o‘riklarni pichoq bilan kesib danagidan ajratib yeyish ham 
mumkin yoki pichoq ishlatmasdan yeyish ham mumkin. Gilos, olchalarning 
danaklari og‘izdan qoshiqqa olib va tarelkaga solish mumkin. 
 Tarvuz va qovunlarni tilik, karch, kosa qilib yeyish o‘zbek xalqida azal - 
azaldan mavjud. Restoranlarda esa boshqacharoq ya’ni, tarvuz va qovunlar 
so‘yiladi, urug‘i ajratiladi, po‘chog‘i olib tashlanadi, so‘ngra karch qilib 
tarelkalarda beriladi va uni mijozlar sanchqi yordamida iste’mol qiladi. 
 Apelsinning po‘sti pichoq bilan olib tashlanadi, bo‘lakchalarga bo‘linib, 
tarelkaga teriladi, so‘ngra qo‘l yoki sanchqi yordamida yeyiladi. Mandarinning 
po‘sti qo‘l bilan ajratiladi, tilliklarga bo‘linadi, yeyilgach, urug‘i choy qoshiqda 
olinadi va tarelkaga solinadi. Bananning po‘stini yarmigacha archib, pastki 
tomonidan ushlab yeyish mumkin. Biroq uni butunlay po‘stini olib pichoq bilan 
kesib, sanchqida yeyilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
 Qulupnay mevalari dessert qoshiqlari bilan yeyiladi.
 Qand maxsus qisqich yoki qo‘l bilan olinadi. Choy yoki kofedagi qand 
choy qoshiq bilan aralashtiriladi, qand erigach, qoshiq tarelkaga qo‘yiladi. Kofe 
qo‘yilganda idish tarelkadan qo‘tarilmaydi. Stakanga choy quyilganda qoshiq 
stakandan olinmaydi. Choy quyib bo‘lingach, qoshiq olinadi. Choyda qandning 
erishini kutish kerak, kuch bilan qandni maydalash tavsiya etilmaydi. Kesilgan 
limon bo‘lagini choy yoki qaynagan suvga solish uchun maxsus sanchqidan 
foydalaniladi, qoshiq bilan ezilib, sharbati chiqariladi va qoldig‘i tarelkaga 
solinadi. 
 Tort va qandolat mahsulotlari uchun maxsus choy qoshiqlari, sanchqilar 
ishlatiladi. Agar tort bo‘laklari kichkina qog‘oz salfetkalarda bo‘lsa, tarelkalarga 
solib iste’mol qilish ham mumkin. Tort va kekslar katta bo‘lsa, bo‘laklarga bo‘lib 
iste’mol qilinadi. 
 Danakli kompot berilsa, sezdirmasdan danakni og‘izdan olib, tarelkaga 
qo‘yish mumkin. 


49 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling