O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
Xalqaro restoranlar zanjirining hududlar bo‘yicha joylashuvi
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Subway» xalqaro restoranlar zanjiri
Xalqaro restoranlar zanjirining hududlar bo‘yicha joylashuvi
Nomi Ishlab chiqaradigan mahsuloti Bosh kompaniya Birinchi binosi joylashgan joyi Tashkil topgan yili Butun dunyodagi markazlari soni Applebee’s Qo‘zichoqning orqa qovurg‘asi Dine Equity, Ink. Dekatur, Gruziya 1980 2,033 Arby’s Go‘shtli sandvichlar Roark Sapital Group (majority) Boardman, Ogayo shtati 1964 3,342 Burger King Burger Burger King Corporation Mayami, Florida 1954 12,500 Kosta Coffee Kofe Whitebread London, Angliya 1971 3,401 Domino‘s Pitsa Domino‘s Pizza, Ink. Ypsilanti, Michigan 1960 11,600 62 Dunkin’ Donuts Shirin bo‘g‘irsoq DD IP Holder LLK. Kanton, Massachusets 1950 12,000 MsDonald’s Burger MkDonald’s Korporation San Bernardino, Kaliforniya 1940 36,000 Papa John’s Pizza Pitsa Papa John’s International Kentukki 1984 5,000 Pizza Hut Pitsa Yum! Brands Vichita, Kansas 1958 15,000 Subway Sub sendvich Doktor’s Assokiates Ink. Brijport, Konnektikut 1965 44,380 Taco Bell Tako Yum! Brands Dovney, Kaliforniya 1962 6,400 Yoshinoya Kosada tortiladigan mol go‘shti Tokiyo, Yaponiya 1899 1,300 Manba: en.wikipedia.org sayti ma’lumotlari Yuqorida keltirilgan restoran zanjirlari dunyoda mavjud xalqaro restoran zanjirlarining bir qismi xolos. Ushbu 5 - jadvalda butun dunyoda markazlari soni, tayyorlanadigan taomlari va restoran zanjirlari soni bo‘yicha AQSH va Yevropa 63 mamlakatlari ustunlik qiladi. Osiyo, O‘rta Osiyo davlatlarida ular kamchilikni tashkil qiladi. Bu esa ushbu hududlarda yangi yoki mavjud xalqaro restoranlar zanjirini tashkil etish imkoniyatlari yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Shuni ta’kidlash joizki, dunyoda mavjud xalqaro restoranlar zanjirlari asosan tez tayyor bo‘luvchi taomlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. Ulardan dunyoga mashhur bo‘lgan xalqaro restoranlar zanjirlari bilan yaqindan tanishib chiqamiz. «Subway» xalqaro restoranlar zanjiri (AQSH) «Subway» restoranlari soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. AQShda ochilgan ushbu restoran tez xizmat va franchayzing uslubida ishlaydi. Sotiladigan taomlarining asosini sendvich va salatlar egallaydi. Kompaniyaning rasmiy nomi «Doktorlar Assosatsiyasi» bo‘lib, 1965 -yil Frederick Adrian DeLuca tomonidan tashkil etilgan. 2017 - yil ma’lumotlariga ko‘ra dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida 44380 ta «Subway» restoranlari mavjud. «Subway» restoranlaridagi taomnoma bir davlatdan boshqa davlatga o‘zgarib boradi. Masalan, musulmon mamlakatlarida xizmat ko‘rsatuvchi restoranlarda cho‘chqa go‘shtidan foydalanilmaydi. Asosiy taom va mahsulotlar tarmoqdagi barcha restoranlarda bir xildir. Mijozlarga bir necha turdagi non, har xil mahsulotli sendvichlar (mol, tovuq, jo‘ja go‘shti, pishloq va turli xildagi tuzlangan yoki barra sabzavotlar) bir necha turdagi souslar taklif qilinadi. «Subway» restoranlarida sendvich va gazaklardan tashqari pitsa va shirinliklarni tanavvul qilish mumkin. Boshqa tez xizmat ko‘rsatuvchi restoranlardan «Subway» restoranining farqi shundan iboratki, unda qovurilgan kartoshka (fri) ni o‘z mijozlariga taklif etmaydi. «Subway» restoranlarida asosan standart alkogolsiz ichimliklar, issiq ichimliklardan kofe, choy va kakao, salqin ichimliklardan sharbat va boshqa ichimliklar taklif etiladi. 64 Shuningdek, «Subway» restoranlari nonushta uchun sendvichlar, inglizcha keks va yubqa nonni realizatsiya qiladi. Bundan tashqari «Subway» restoranlarida tayyorlanadigan pitsalar mijozlar orasida «shaxsiy pitsa» nomini olgan. 8 2 - rasm. «Subway» xalqaro restoranlar zanjiri Download 6.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling